5.Qariyalar asab tizimidagi o’ziga xos o’zgarishlar
Asab tizimi -organizm qarishida miya og’irligi kamayadi, pushtalar
yupqalashadi, egatchalar kengayadi, qorinchalar bo’shliqlari kattalashadi,
neyronlarda distrofik va atrofik o’zgarishlar ro’y beradi. Markaziy nerv
sistemasidagi yoshga bog’liq o’zgarishlar oqibatida qarilik belgilari namoyon
bo’ladi: psixikada, oliy nerv faoliyatida, aqliy va jismoniy qobiliyatining
pasayishi, organizm ichki faoliyati buzilishi, xotira pasayishi kuzatiladi.
I.Pavlovning fikricha, qarilikda miyadagi qo’zgalish va tormozlanish
jarayonlarining bir-biri bilan almashinishi sustlashadi, shartli reflekslar paydo
bo’lishi qiyinlashadi. Shartsiz reflekslar xarakteri xam o’zgaradi, analizatorlar
faoliyati pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |