2. O'limning psixologik bosqichlari.
Elizabet Kyubler Rossning bayonicha og'ir kasallar ruhiy holati noturg'un
bo'lib, asosan 5 bosqichda kechadi:
Birinchi bosqich-mavjud faktni qabul qilmaslik va inkor etish bo'lib,"faqat
men emas","bo'lishi mumkin emas","bu saraton emas" degan noroziliklar bilan
kechadi. Kasalda kelajak haqida qurquv, zo'riqish va bezovtalik paydo bo'ladi.
Bu davrga xos o'zgarishlardan biri bemor turli usullar bilan, zamonaviy
tekshiruvlardan o'tib mavjud kasallikni inkor qilishga, qo'yilgan tashxis
xatoligiga ishonishni xohlaydi va undagi kasallik unchalik ham qo'rqinchli
emasligiga, halokatli tugamasligiga ruhiy jihatdan ishonishga tirishadi. Yana
ba'zi hollarda, bemorlar kasalligi haqida eshitib o'zini boshqacha tuta boshlaydi:
ular befarq, tushkunlikka tushgan, umidsiz bo'lib qoladi. Keyin esa "Men tez
orada tuzalib ketaman"-deb o'zini ishontira boshlaydi. Bu individual ruhiy
himoya bo'lib, bemorni turli zo'riqishlarni yengib o'tishiga yordam beradi.
Afsuski ko'pchilik ruhshunoslar takidlashicha, bu bosqichda, bemorlar turli og'ir
110
holatlarni ifodalovchi tushlar ko'radi( qora tuynuk,oxirida eshik mavjud bo'lgan
qop-qora tunnel...).
Ikkinchi bosqich-norozilik bosqichi. Turli hil tekshiruvlar ham kasallikni
mavjudligini tasdiqlasa, birinchi hislar o'tib ketadi va bemorlarda norozilik hissi
paydo bo'ladi va mavjud holatga qatiy iztirob rivojlanadi.
"Nega aynan men?","Nega boshqalar yashaydi, men esa o'lishim
kerak?","Nega shunchalik erta, meni hali qilishim kerak bo'lgan shuncha
ishlarim borku?" va boshqalar. Shunday qilib, bu bosqich bemor uchun ham
,uning yaqinlari uchun ham juda og'ir bo'lib, deyarli barcha kasallarda
kuzatiladi. Bemor shifokordan qancha umri qolganligini tez tez so'rab, unga
murojaat qiladi ,unda reaktiv depressiya simptomlari rivojlanadi, suitsidal
hayollar va harakatlar paydo bo'lishi ham mumkin. Albatta bu bosqichda
bemorga, malakali psixolog, logoterapiya kerak bo'ladi, bemor yaqinlari ham
ruhiy ko'makka juda muhtojdir.
Uchinchi bosqich- umrni uzaytirish haqida iltimoslar va iltijolar davri.
Bemorlar bor haqiqatni qabul qiladilar, lekin «Hozir emas, yana ozroq bor" deb
umid qiladi. Hatto avval xudoga ishonmaydiganlar ham endi unga iltijolar bilan
murojaat qila boshlaydi. Qalblarida ishonch paydo bo'ladi. G’ayriy tabiiy
kuchlarga ishona boshlaydilar. Sanab o'tilgan uch bosqich- krizis bosqichidir.
To'rtinchi bosqich- reaktiv depressiya davri bo'lib, aybdorlik hissi, arazlar,
o'ksinish va qayg'u bosqichidir. Bemor aniq o'layotganini his qiladi.Bu davrda
boshqalarga yetkazilgan og'riqlar ,qilgan ahmoqona ishlari, boshidan
kechirganlarini eslaydi. Lekin bemor tinchiydi, o'limni qabul qiladi, barcha
hayotiy muammolarni esdan chiqaradi va o'z ichki dunyosiga sho'ng'ib ketadi.
Beshinchi bosqich-o'z o'limini qabul qilish bosqichi. Bemor to'liq
tinchlanadi.Yaqinlashayotgan o'limni tik qarshi oladi, atrofga qiziqishi so'nadi,
hissiyotlari faqat o'lim onlariga tayyorgarlik bilan band bo'ladi.
Tavsiflangan bosqichlar-faqat ma’lum sxema xalos. Har doim ham bu
ketma-ketlikda bo'lavermaydi. Ba'zan 2 -bosqichdan 1 -bosqichga,3-
111
bosqichdan 2-bosqichga qaytishi mumkin va hokazo. Kutilmagan o'limda,
albatta , bu bosqichlar bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |