Eng so’ngi fikr texnalogiyasi. Talabalar soni nechta bo’lishidan qatiy nazar, nazariy materilni o’zlashtrishga samaralidir. Uni qo’lashda birinchi: hamma o’quv materiallar malumotlari berib bo’linadi, darsning oxrida 5-10 daqiqa qolganda o’quvchilarga shunday deyiladi:
Keling hozir ichimizda eng “ boy” kim ekanligini aniqlaymiz.
Bu inson eng so’ngi fikr egasidir, siz bugungi o’tilgan mavzudan faqat bittadan fikrni ketma-ket aytasiz, boshqangiz davom etirasiz, agar fikr takrorlansa siz o’yindan chiqasiz. Oxirida fikrlar tugaganda (yoki muayan vaqt tugaganda) eng oxirgi fikr egasi rag’batlantiriladi;
“Topshiriqni tez va to’g’ri bajara olasizmi?” texnologiyasi.
”Topshiriqni tez va to’g’ri bajara olasizmi?” texnologiyasini qo’llash.
”Topshiriqni to’g’ri tez va to’g’ri bajara olasizmi?” texnalogiyasini fan va mavzudan kelib chiqib nomini o’zgartirish mumkun.
”Topshiriqni tez va to’g’ri bajara olasizmi?” texnologiyasini qo’llashda yakka tartibda yoki guruhlarga bo’lib o’tkazish mumkun. Asosiy maqsad o’quvchilarni mavzuga qiziqtirish, dars jarayonini zavqli o’tkazish, yangi mavzuni oldingi mavzular bilan umumlashtirilgan holda yangi malumotlarga ega bo’ldirish, o’zlari iloji boricha mustaqil ravishda dastur tuzishni hamda mantiqiy fikirlashga o’rgatishdan iborat. Bu texnalogiyada istagigingiz bo’yicha yakka holda yoki guruhlarga bo’lgan holda o’tkazishingiz mumkun.
Misol uchun: O’quvchilarga malum bir mavzu doirasidagi masala beriladi. Bu masalani o’quvchilar dasturi hamda algoritimini to’g’ri tuzishlari kerakdir. Bu texnalogiyani qo’llash asosan dasturlashga ixtisoslashgan fanlariga tegishli mavzularni o’tishda qulay hisoblanadi. Ushbu texnalogiyani maruza hamda amaliy darslarda qo’llash mumkun.
Texnalogiya agar o’quvchilarni guruhlarga bo’lib, ikkita yoki undan oshiq guruhga bo’lingan bo’lsa ularga berilgan masalaning darajasini qiyinlashtirib tuzish mumkun. Bunda guruhlar o’z guruhi azolari bilan o’zara fikir almashgan holda tuziladi. Qo’yilgan ball esa guruh azolariga teng beriladi.
Guruh qilib o’tkazilganda:
Yutuq taraflari: o’quvchilar o’zaro ishlashga o’rganishadi, vaqt tejaladi.
Kamchiligi esa, qay bir o’quvchi qanday bilim darajasida ekanligini bilish qiyin.
Yakka tartibda o’tkazilganda esa:
yutuq taraflari: har bir o’quvchilarni mavzu bo’yicha bilim darajasini bilish mumkun.
Kamchilik tarafi esa vaqt ko’p sarflanadi, har bir tuzilgan dasturni ko’rib chiqish qiyinlashadi.
Baholashni osonlashtirish uchun berilgan topshiriqni javobi bitta yechimli bo’lishiga etibor qaratish lozim. O’qituvchi talabalarni ichida eng faol qtnashgan talabalarni rag’batlantirishi mumkun.
Guruhlar o’rtasida to’plangan ballar teng bo’lib qolsa qo’shimcha savollar guruhlar o’rtasida beriladi. Qaysi bir jammoa savolga to’g’ri va tez javob bersa o’sha guruhga ball qo’shiladi. Natijada yutgan guruh aniqlanadi va baholanadi.
Talabalarni va o’quvchilarni baholash fan dasturi asosida va tizimdan kelib chiqib baholanishi mumkun.