Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish quyidagi darajalarda amalga oshirilishi mumkin:
Butun ta’lim davri darajasida;
Bir o‘quv yili darajasida;
Bir smestr darajasida;
Bir oy darajasida;
Bir xafta darajasida;
Bir kun darajasida;
Nazariy darsning bir soat darajasida: Ko‘pincha xar xil vaqt darajalari uchun mo‘jallangan rejalar bir vaqtning o‘zida qo‘llaniladi. Maqsadlar va mazmunlarni rejalashtirish odatda maxsus bir soxa bo’yicha bo’ladi va uni ta’lim beruvchining o’zi to’zadi. Buning uchun tanlangan maxsus soxa bir necha mavzularga yoki material soxalariga bo’linadi. So’ng metodlar va rejalashtiriladi.
Ta’lim beruvchining didaktik xattixarakatlar modeli:
Ta’lim beruvchi kim?
Qanday maqsadlarga erishishlari kerak?
Mazmunni qanday tanlash kerak?
Qanday metodlar yordamida o’qitishi kerak?
Ta’lim oluvchilar kim?
Natijalar qanday o’lchanadi?
Ta’lim beruvchining didaktik xatti harakatlari
O’qishni qanday tashkillashtirish kerak?
Qanday shart sharoitlar yaratilishi kerak?
Yuqorida tasvirlangan ta’lim beruvchining didaktik xatti-xarakatlari modeli bir
maxsus soxani rejalashtirish maqsadida qo’llanishi mumkin. nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni to’g‘ri rejalashtirish uchun, ta’lim beruvchi o‘zining vaziyatidan boshlashi lozim, ya’ni «Mavzuni ilm-fanning eng so‘nggi zamonaviy talablariga muvofiq o‘rgata olamanmi yoki buning uchun men yana aloxida tayyorlanishim kerakmi?» xamda «Biror ishlab chiqarilgan nazariy dars rejasi yoki amaliy mashg‘ulotlarning rejasi bormi?» degan savolga javob berishi kerak. Bundan keyin, ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini aniqlab olishi lozim. Buning uchun quyidagi asosiy savollar qo’yilishi lozim:
Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun ta’lim
oluvchilarning dastlabki bilimlari qay darajada?
• Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun qanday shart-sharoitlar
mavjud?
• Qanday o‘quv mazmunlar o‘rgatilishi ko‘zda tutilmoqda?
Rejalashtirish uchun Yuqoridagi savollarni o‘rganib chiqish, nazariy dars va amaliy mashg‘ulotning boshqa barcha tayyorlash xarakatlariga asosdir. Bu tushunchalar va savollar o‘rtasidagi bog‘liklikni quyida ko‘rsatilgan omillar aniq ko‘rsatadi.
Maqsadlar: Nima uchun ?
Xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot oldindan belgilangan maqsadlarga rioya qilishi lozim. Odatda O‘quv dasturi asosida belgilashimiz mumkin bo’lgan aniq bir maqsadga erishilishi lozim. Maqsadlar yozma ravishda
nazariy dars rejasiga kiritiladi va maqsad erishilgan-erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida tekshiriladi va mustaxkamlanadi.
Mazmunlar: Nima ?
Belgilangan o‘quv maqsadlarga muvofiq ravishda bilimlar soxaning mazmuni (shu jumladan ko‘nikmalar va o‘zini tutish tarzlari) belgilanadi. Bu mazmunlar bir tomondan kerakli dastlabki bilimlarni (nazariy dars mazmunini) va boshqa tomondan topshiriqlarni bajarish uchun kerakli maxsus bilimlarni (amaliy
mashg‘ulot mazmunini) inobatga olishi kerak.
Metod: Qay tarzda ?
Agar maqsadlar va mazmunlar aniq bo‘lsa, aynan shunday metodlar tanlab olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni o‘lchanadigan natijalarga aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda "an’anaviy" va "interfaol metodlar" deb atalgan metodlar ta’lim beruvchi tomonidan tanlab olinadi va qo‘llanadi.
SHaroitlar: Nimalar yordamida ?
SHaroitlar deganda, birinchi navbatda moddiy-texnik shart-sharoitlar tushuniladi. Bir tomondan, moddiy-texnik sharoitlar: ya’ni binolar, sinfxonalar, o’quv ustaxonalar, laboratoriyalar, ularning jixozlanganlik darajasi, instrumentlar, chiqim materiallarning umumiy xolati va xokazolar, chunki ular ma’lum sifat standartlariga javob berishi kerak. Boshqa tomondan esa, o‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular o‘quv jarayondagi bilimlarni o‘zlashtirilishiga yordam beradi, o‘quv maqsadlariga mo‘ljallangan ko‘plab o‘quv vositalari mavjud. Lekin gap vositalarning ko‘pligida emas, balki muayyan o‘quv maqsadiga erishish uchun ma’qul keladigan vositalarni tanlab olishdadir.
Tashkillashtirish: Bu qanday amalga oshiriladi ?
Yuqorida aytilgan xamma narsalar vaqt omilini inobatga olgan xolda tashkil qilinishi kerak. CHunki xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot uchun aniq vaqt me’yorlari bor va aynan shu vaqt doirasida o‘quv maqsadlarga erishish lozim. Buning uchun nafaqat puxta reja, balki unumli tashkillashtirish xam kerak. Vaqt davri, vaqt davomi va o’quv joyi - tashkillashtirish jarayonida belgilanadi. O’rgatish va o’rganishni tashkil qilishning xilma-xil imkoniyatlari mavjud. Natijalar: Maqsadga erishildimi ?
Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotning oxirida maqsadlarga erishilgan erishilmaganligi tekshirilishi kerak. Buning uchun baxolash vositalari, metodlari va
mezonlari belgilanishi lozim. Buning imkoniyatlari - mashqlar, ogzaki va yozma
testlar xamda imtixonlar. Ular ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari, bilim, ko’nikma va malakalarini baxolash imkoniyatini yaratadi.
O‘qitish va o‘qish sikli: nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish omillariga asoslangan bo‘lib, nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlar rejalashtirish, amalga oshirish xamda xulosa chiqarish bosqichlariga taluqli didaktik xatti xarakatlarni tushuntiradi.
Bu siklda nazariy dars va amaliy mashg‘ulot bir-biridan ajratilmaydi.
1-bosqich:
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotga nisbatan inobatga olinishi kerak bo‘lgan mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni o‘rganish. SHu o‘rinda 3 xil taxlil, ya’ni adresatlar (ta’lim oluvchilar) taxlili, shart-sharoitlar taxlili va maxsus soxa (mazmun) taxlili amalga oshirilishi lozim. Bu taxlillar odatda boshlanishida, natijalari esa keyinroq kerak bo’ladi.
1.Dastlabki shart-sharoitlarni o’rganish
2.O’quv maqsad va o’quv mazmunini belgilash
6. Bilim va ko’nikmalarni baxolash
O’qitish va O’qish sikli
5. Nazariy dars va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish
3. Nazariy dars va amaliy mashg’ulot rejalarini ishlab chiqish
4.O’quv didaktik materiallarini tayorlash
2-bosqich:
O‘quv dasturi asosida o‘quv maqsadlarni belgilash yoki aniqlash. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot uchun maxsus o‘quv maqsadlar belgilab olish.
3- bosqich:
Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot rejasini to’zish. Bu rejada barcha mazmunlar, mavzular, rejalashtirilgan metodlar, tanlab olingan o‘quv-didaktik materiallarga muvofiq xolda o‘quv vositalar xamda umumiy vaqt taqsimoti aks etadi. Bu rejada nafaqat ta’lim beruvchining xatti-xarakatlari, balki ta’lim oluvchilarning rejalashtirilgan xatti-xarakatlari xam ko‘rsatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
4-bosqich:
O‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash, chunki ular amalga oshirish bosqichining asosiy dastlabki shartlaridan biridir. Agar tayyor materiallar bor bo‘lsa, ularning orasidan to‘g‘ri keladiganlari tanlab olinadi. Agar tayyor o‘quvdidaktik materiallar yoki o‘quv vositalar bo‘lmasa, ular ishlab chiqarilishi kerak.
Odatda bosma o‘quv vositalar, masalan tarqatma materiallar, slaydlar va topshiriq varaqalari kerak bo‘ladi, ularga qo‘shimcha ravishda esa matnli o‘quv adabiyotlari ishlatiladi. Xuddi shunga o‘xshab darsdan oldin plakat loyixalari va plakatlarning o‘zi ishlab chiqiladi.
5-bosqich:
Rejalashtirish va tashkillashtirish asosida nazariy dars va amaliy mashg‘ulotni amalga oshirish (o‘tkazish). Bu degani, barcha o‘quv vositalari bilan jixozlangan sinfxona xamda, kerak bo‘lsa, ustaxonada joylashgan o‘quv burchagi va vaqt etarlicha bo‘lishi kerak.
6-bosqich:
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot davomida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni baxolash. Bir tomondan, bu - ta’lim oluvchilar kerakli bilimlarni o‘zlashtirib olganliklarining nazorati. Ya’ni «Ta’lim oluvchilar maqsadga erishishdimi?» degan savolga javob berilishi kerak. Boshqa tomondan esa, ta’lim beruvchi uchun o’z-o’zini xamda ishining sifati qanday bo’lganligi tekshirish. Ya’ni «Men oldimga qo’ygan maqsadlarimga erishdimmi?» degan savolga javob berilishi kerak. Ikkala xolda xam o‘lchanadigan natijalar bo‘lishi muximdir.