Darsni rejalashtirish – kutilayotgan o‘quv natijalariga erishish maqsadida o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish: ta’lim metodlarini tanlash, tarqatma materiallar va o‘quv ditaktik vositalar tayyorlash. Barcha imkoniyatlarni xisobga olgan xolda, bir marta to’zilgan rejada o‘zgartirishlar bo‘lmasligiga xarakat qilishi kerak. Ta’lim beruvchi uchun rejalashtirish o‘quv jarayonini boshqarishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik deganidir. Ta’lim oluvchi uchun rejalashtirish, u bo‘lajak o‘quv jarayoni to‘g‘risida va ta’limdan nimalarni kutishi mumkinligi xaqidagi aniq tasavvurga ega bo‘lishi deganidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |