Sharq renessansi (Movarounnahr va Xuroson IX-XII asrlar)’’


Sharq mutafakkirlari ilmiy merosining G



Download 173,36 Kb.
bet7/9
Sana09.03.2022
Hajmi173,36 Kb.
#486881
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DURDONA QODIROVA DIPLOM ISHI so`nggisi

2.2. Sharq mutafakkirlari ilmiy merosining Garb fanlari taraqqiyotida
tutgan orni

IX-XII va XIV - XV asrlarda ro‘y bergan Sharq Uyg‘onish davri shunday mutafakkirlarni yaratdiki, ularning qilgan ishlari, ilm–ma’rifat sohasida yaratgan kashfiyotlari hanuz butun insoniyat tomonidan tan olinib kelinmoqda. Arab–musulmon mutafakkirlari deganda aynan arab millatiga xos millat vakilini tushunmaslik kerak. Islom ta’limoti yoyilgan barcha hududlarda ilm ahli shakllangan arab madaniyati ta’siri ostida o‘sha davr ruhiga ko‘ra, asosan arab va forsiy tillarda ijod etishgan. Arab–fors tillarida ijod etgan mutafakkirlarning katta kismi O‘rta Osiyo, Eron va Ozarbayjonda yashab o‘tganlar. Abu Nasr Farobiy, Yusuf xos Hojib, Muhammad al- Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Abdurahmon Jomiy , Alisher Navoiy va Ulug‘bek kabi o‘nlab mutafakkirlarning nomini keltirish mumkin. Arab–musulmon mutafakkirlari o‘z faoliyati davomida islom mafkurasidan oziqlangan holda dunyoviy ilm sir– asrorlarini o‘rgandi, rivojlantirdilar. Arab–musulmon mutafakkirlari islom mafkurasi targ‘ibotchisi sifatida o‘z asarlarida, xayotiy faoliyatlari davomida ezgu amallarni bajardilar. Jumladan, Abu Nasr Farobiy o‘z ilmiy izlanishlari orqali Aflotunning qonunlar, davlat va jamiyatga oid qarashlarini izohlab berdi va musulmon dunyosini jahon siyosiy tafakkuri g‘oyalari bilan tanishtirishga erishdi.U o‘z ta’limotida baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan fazilatli shahar va shu baxtga erishish maqsadida birlashgan fazilatli jamoa g‘oyasini ilgari surdi.1


Uning qarashlari reaksion ruhoniylar tamonidan qattiq qoralanadi. Uni dinsiz, xudosizlikda ayblashdi, so‘ngroq uning asarlari yondirildi. Ammo uning ilg‘or ratsionalistik va gumanistik g‘oyalari Ibn Sino, Ibn Rushd, Nizomiy, Umar Xayyom, Maymonid, Rodjer Bekon, Spinoza kabi allomalarning siyosiy dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Farobiy asarlari ayniqsa, Yaqin Sharqda chuqur o‘rganildi. Yevropaliklar unga Alfarobus degan nom berdi. Uning asarlari jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilindi.
Jahon ilm ahli oldida mutafakkir Ibn Sinoning xizmatlari katta. Uning ijtimoiy–siyosiy g‘oyalari asosini inson tashkil etadi. U insonni ijtimoiy jonzot , deb ta’riflaydi. Uning fikricha, jamiyatning barqarorligi shu jamiyat a’zolari uchun bir xil mazmunga ega bo‘lgan qonun va adolatli huquqning mavjudligiga bog‘liqdir. Jamiyatning barcha a‘zolari o‘zlari va jamiyat uchun zarur ijtimoiy - foydali faoliyat bilan band bo‘lsa, shu jamiyatda taraqqiyot yuz beradi. Jamiyatdagi ijtimoiy adolatning ustunligi odamlar o‘rtasida kelajakga ishonchni uyg‘otadi. Barcha kishilarning shoh va sultonga aylanishi yoki hammaning qashshoqlardan iborat bo‘lishi norealdir. Bunday vaziyat tabiiy va ijtimoiy qonun – qoidalarga tubdan ziddir.
Ibn Sino, Beruniy, Yusuf xos Xojib va boshqa bir qator Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida zulm va adolat, ma’rifat va jaholat g‘oyalarini chuqur tahlil etdilar. Ular davlatni adolatli va adolatsiz davlatga bo‘ladilar. Ularning fikricha, adolatsiz davlatda hokimiyat o‘zboshimchalik va zo‘ravonlikka asoslanadi, uni ilmdan uzoq, johil hukumdorlar boshqaradi. Bunday davlatlar xalqni talash bilan shug‘ullanadi. Tajovuzkor urushlar olib borib, o‘zga xalqlarni ham asoratga soladilar. Bunday davlatda ilm – fan, taraqqiyot jaholat sari yuz tutadi. Qomusiy mutafakkirlar fikriga ko‘ra, zo‘ravonlikka, johillikka asoslangan hokimiyat abadiy emas, qachondir adolatparvar kishilar faoliyati bilan o‘z o‘rnini adolatli davlatga bo‘shatib beradi.
VII-XI asrlar orasida Ispaniyadan tortib to Xitoy chegaralarigacha bo‘lgan xalifalik hududlarida arab tilida yaratilgan ilmiy-falsafiy yutuqlar, texnik va tabiiy fanlar rivoji samarasini o‘zlashtirib, hayotga tatbiq etish uchun G‘arbiy Yevropa xalqlariga kamida besh yuz yil zarur bo‘ldi. Yevropa madaniyati, ilm-fani, falsafasi va adabiyoti rivojini to‘g‘ri anglab yetish uchun Sharq renessansining Yevropaga ta’sirini aniqlamoq lozim.
Irlandiyalik arabshunos olim M. Uott “Islomning O‘rta asr Yevropasiga ta’siri” asarida boshqa yevropalik olimlardan farqli o‘laroq, quyidagi haqiqatni tan olgan edi: “Yevropaliklar musulmon madaniyatidan, … ayniqsa, falsafa va tibbiyot sohasida, o‘zlarining qanchalik qarzdor ekanliklarini his qilganlaricha yo‘q. Ko‘pincha musulmonlar madaniyatining ijobiy ta’siri va ko‘lamini pasaytirish, hatto tamoman esga olmaslikka urinamiz. Bizning musulmonlar bilan yaxshi munosabatimiz ularning oldida qanchalik qarzdor ekanligimizni tan olishga majbur qiladi. Buni yashirish yoki tan olmaslik sohta g‘ururdan boshqa hech narsa emas”1. Yevropaliklar Sharq xalqlarini qanchalik mensimay, o‘zlarini baland olmasinlar, ularga madaniyat, san’at, adabiyot, yashash tarzi, kiyinish va hokazolar Sharqdagi yuksak madaniyat ta’siridan o‘tganligi ayni haqiqat.
Professor M.M.Baxtin “So‘z estetikasi” asarida xalqlarning madaniy aloqalari haqida quyidagilarni yozgan: “Madaniyat sohasining chegarasi bo‘lgan, ichki maydonga ega yaxlit bir joy deb tushunib bo‘lmaydi. Madaniyat sohasida chegaralangan ichki joy bo‘lgan emas va yo‘q ham. Uning, madaniyatning hammasi chegaralarda joylashgan, chegaralar hamma jabhada har bir daqiqada o‘tadi, madaniyatning muntazam birligi madaniy hayot atomlariga borib taqaladi, uning har bir tomchisida quyoshdek ifodalanadi. Har bir madaniy hodisa chegaralarda yashaydi; uning jiddiyligi va muhimligi ana shunda, madaniyat chegaradan chetda bo‘lsa u tayanchini yo‘qotadi, balandparvoz, puch, quruqlashadi, ayniydi va nihoyat o‘ladi”2.
Darhaqiqat, hech qachon, hech bir xalq boshqalardan uzilib qolgan holatda taraqqiy etishi, o‘zining maxsus madaniyatini yaratishi mumkin emas. Antik davrdagi sharq va g‘arb madaniy aloqalari, ayniqsa, o‘rta asrlardagi jarayon yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi.
O‘ta yuksak madaniyat, ilm-fan, dunyoviy adabiyot, san’at ta’sirini hech qanday yo‘l bilan to‘sib qo‘yish mumkin emas edi. Shuning uchun sharq madaniyatining Yevropa madaniyatiga ta’sirini rad etuvchi yoki kamsituvchilarning fikrlariga mutlaqo qo‘shilib bo‘lmaydi.
Agar sharq mutafakkirlarining yaratgan asarlaridan foydalanib Yevropa ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida nimalarni olgani ro‘yxatini tuzsak, uzundan-uzoq bo‘lar edi. Masalan, davlat tuzumi, qonunchilik, ilm-fan, falsafiy konsepsiyalar, texnika, adabiyotda badiiy shakl va mazmun, me’morchilik, tasviriy san’atdan tortib to kundalik hayotda mayda-chuyda buyumgacha sharq xalqlari madaniyatining ta’siri yaqqol sezilib turadi.
Masalan: Ko’plab cholg‘u asboblari nomlari asli arabcha ekanligiga e’tiborni qaratishning o‘ziyoq kifoya - lyutnya (“al-ud”dan), gitara (“qitar”dan), rebek (“rabab”dan), litavr (“at-tabla”dan) kelib chiqqan1. Musiqa nazariyasi haqida sharqda yaratilgan risolalarning ba’zilari (Forobiy asarlari) lotin va yahudiy tillariga o‘girilgan edi.
Yana bir sezilarli va jiddiy hodisa mazmuni shundaki, sharq mutafakkirlari Yevropaga unutilayozgan antik zamon donishmandlarining yozma merosini qaytarib bergan edi. Bu narsa ayniqsa Qadimgi Yunoniston faylasuflari asarlariga taalluqli bo‘lib, ular ilk xristian Yevropasi tomonidan rad etilgan va aynan Arab xalifaligi tashkil topganidan so‘ng dastlab suryoniy (oromiy), keyin arab va nihoyat lotin tiliga tarjima qilingan edi. Binobarin, bu narsa Abu Nasr al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino va boshqa Sharq faylasuflarining antik zamon mutafakkirlari asarlariga yozgan ajoyib sharhlari bilan yevropaliklar tanishib chiqqanidan keyin ro‘y bergan edi. Sharq mutafakkirlarining madaniy merosi Yevropaga al-Andalus orqali yetkazib berilgan, bunga esa, ko‘plab omillar maydon hozirlab sharoit yaratib bergan edi:

  • Andalusiyada bir necha madaniyatlar aralashib ketishi va o‘zaro bir-biriga singishi;

  • Arab tilini nainki musulmonlar va xristian mosarablari, qolaversa yahudiylar va yarim orol shimolidan bo‘lmish ko‘plab xristianlar ham bilishi;

  • Aholining arab dunyosining boshqa qismlariga qaraganda savodxonligi va ma‘lumotining yanada yuksak darajada bo‘lishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan edi.

Zamonasining o‘qimishli, fanlarning turli sohalaridan yaxshigina xabardor bo‘lgan Gerbert ayniqsa, matematika fanining bilimdoni bo‘lib, uning buyrug‘iga ko‘ra arab raqamlari deb ataluvchi raqamlar (1, 2, 3 va h.k.) Yevropa mamlakatlarida joriy etilgan. Aslida bu raqamlarni Muhammad Muso al-Xorazmiy hind raqamlari asosida ishlab chiqqan edi. Silvestr II buyrug‘igacha Yevropa mamlakatlarida o‘ta noqulay rim raqamlaridan (XXXXIV va hokazo) foydalanganlar. Biroq, Silvestr buyrug‘i bilan qabul qilingan arab raqamlarining afzalligini yevropaliklar XIII asrdagina anglab yetganlar va hayotga tatbiq etganlar. Bir mahallar Bijayya (Jazoir)da Piza savdo koloniyasiga rahbarlik qilgan rohib pizalik Leonardo Fibonachchi arablardan o‘nlik raqamlarni o‘rganib, uning afzalliklari haqida 1202-yilda risola yozadi. Shu tariqa Leonardoning kitobchasi tufayli yevropaliklar arab raqamlarining afzalligini anglaganlar. Bu narsa Yevropada matematika va astronomiya taraqqiy etishiga ta’sir o‘tkazdi. Raqamlar bilan birga Yevropaga yangi so‘zlar ham kirib keladi – fransuzcha chiffre, nemischa ziffer, inglizcha cipher, ruscha sifra so‘zlari arabcha “sifr” – “bo’shliq” degan so‘zdan olingan.1
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy jahon fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomadir. Uning ko‘p qirrali ilmiy mе’rosi jahon miqyosida, xususan, O‘zbеkistonda ham o‘rganilgan. Zеro, u «Bayt al-hikma»dagi Markaziy Osiyo olimlarining eng mashhuri bo‘lgan. Yevropada «Alxorismus» va «Algorthmus» nomlari bilan mashhur bo‘lgan buyuk matеmatik, astronom va gеograf. U o‘z ilmiy faoliyatining katta qismini Bag‘doddagi «Bayt al-hikma»da o‘tkazgani tarixdan ma'lum. Mazkur dargoh xalifa al-Ma'munning shaxsiy e'tibori ostida bo‘lib, ma'lum muddat al-Xorazmiy tomonidan boshqarilgan. Shu sababdan ham al-Ma'mun bilan al-Xorazmiy orasida nihoyatda Yaqin munosabatlar bo‘lgan. Xalifa al- Xorazmiyni olim sifatida qadrlagan, «Bayt al-hikma» kabi markazni boshqarish ishlarini unga ishonib topshirgan va u yеrda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarga har jihatdan ko‘mak bеrgan.
Ibn an-Nadimning «al-Fixrist» kitobida al-Xorazmiy haqida quyidagi ma'lumotlar kеltiriladi: «Al-Xorazmiy. Uning ismi Muxhammad ibn Muso, asli Xorazmdan. U o‘zini al-Ma'munning «Bayt al-hikma»siga bag‘ishlagan falakiyot ilmining bilimdonlaridan edi. Odamlar astronomik tadqiqotlar boshlashdan avval va undan so‘ng ham al-Xorazmiyning «as-Sind hind» nomi bilan ma'lum bo‘lgan birinchi va ikkinchi zijiga (ikki astronomik jadvallariga) tayanganlar. U quyidagi asarlarning muallifidir: «Zij kitobi»ning ikki, ya'ni birinchi va ikkinchi tahrirlari, «Quyosh soati kitobi», «Usturlob bilan qilinadigan amallar», «Usturlob yasash amali kitobi» va «Tarix kitobi». Ilmiy adabiyotlardagi ma'lumotlarga qaraganda, al- Xorazmiy xalifa Ma'mun va undan kеyingi xalifalar davrida bir qancha ilmiy ekspеditsiyalarda ishtirok etgan. Jumladan, u 830-yili kitob yig‘ish maqsadida G‘arbiy Hindistonga, so‘ngra esa Rumga (Rim) va nihoyat, Volga daryosining quyi oqimidagi o‘lka - Xazaristonga ham tashrif buyurgan. Bundan tashqari, ba'zi tadqiqotlarda al-Xorazmiy Kashmir va Raqqa oralig‘ida yеr mеridianining bir darajasini o‘lchashda ishtirok etgan, dеb qayd qilinadi. Xafiz Tukan esa, bu fikrni tasdiqlash uchun еgarli asos yo‘q, dеb hisoblaydi. Bizning nazdimizda al-Xorazmiy bu tadbirda ishtirok etgan, chunki bu o‘lchashlarda «Bayt al-hikma»dagi atoqli olimlarning ko‘pchiligi qatnashgan1.
Al-Xorazmiy o‘zidan avvalgi hind va yunon ilmlarini puxta o‘zlashtirgan, ularga ijobiy yondashgan va rivojlantirgan. U hozirgi zamon riyoziyot fanining bir qancha tarmoq va konsеptsiyalarining asoschisidir. Jumladan, u zamonaviy algеbra fanining birinchi ta'sis etuvchisi hisoblanadi. Al-Xorazmiy mazkur fanni muayyan bir tizimga solibgina qolmay, balki bu fandagi oddiy, murakkab chiziqli va kvadrat tеnglamalarning tahliliy yеchimini ishlab chiqdi. Yevropada birinchilardan bo‘lib lotin tiliga o‘girilgan asar bu – “Zij” risolasidir. Ushbu asar ilk marotaba 1126-yilda Batlik Adelard tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan.
Hozirda butun dunyoda qo‘llaniladigan algеbra so‘zining o‘zi olimning mashhur «Al-jabr val-muqobala»sidagi «al-jabr»dan olingan bo‘lib, Yevropada «algеbra» shaklida yozilgan va talaffuz qilingan. Kеyinchalik bu so‘z fanda ana shu tarzda o‘rnashib qoldi. Al-Xorazmiy sinus funktsiyali trigonomеtrik jadvallarning rivojiga ham katta hissa qo‘shgan bo‘lib, kеyinchalik bu amaliyot tangеns funktsiyasining ekspropolyatsiyasini vujudga kеltirdi. U takomillashtirgan ikki hato orqali hisoblash uslubi, muallifni diffеrеntsiatsiya kontsеptsiyasiga boshlab kеldi. Olim konussimon kеsmalarning gеomеtrik holatini takomillashtirdi.
«Al-jabr val-muqobala» asari 1145-yilda Segoviya shahrida Toledo maktabining hamkor tarjimoni Chesterlik Robert tomonidan ilk marotaba lotin tiliga o‘girilgan1.
Al-Xorazmiy 0 (nol)ni rasmiy ravishda muomalaga olib kirdi va shu tufayli hozir foydalanilayotgan sonlarning o‘nlik pozitsion hisoblash tizimi butun dunyoga tarqaldi. Muallifning sonlar tizimi haqidagi asarlaridan biri Yevropada «Algoritm» yoki «Algorizm» nomi bilan tanilgan va bundan zamonaviy algoritm, algorizm so‘zi kеlib chiqqan. U hisob fanidagi qator masalalarni, jumladan, kasrlar bilan bajariladigan amallarni hisoblashni yangi pog‘onaga ko‘tardi.
Al-Xorazmiy riyoziyotdan tashqari, falakiyot ilmida ham so‘nmas iz qoldirdi. Uning matеmatika, astronomiya va gеografiya fanlaridagi ilmiy mеrosi qator tadqiqotchilar, jumladan, A.Axmеdov tarafidan o‘rganilgan. So‘nggi yillarda al-Xorazmiyning ilmiy mеrosiga zamonaviy fan yutuqlari nuqtai nazaridan yondashilishi, olim ijodining naqadar bеnazir ekanligini yana bir karra isbot etadi. Butun dunyo Xorazmiyning ilm-fan rivoji yo‘lidagi hissasini yuksak qadrlaydi, uni voyaga yetkazgan zaminga alohida ehtirom bilan qaraydi.
Hozirgi kunda internet va axborot texnologiyalar asrida va algoritmlash tushunchalari “axborot” kabi inson faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bordi. Negaki, algoritmsiz insoniyatning bugungi hayotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Algoritm bo‘lmasa, yer va fazodagi apparat va mashinalar ishlamay, transport halokatlari yuzaga keladi, barcha tehnologik jarayonlar ishdan chiqadi. Nomaqbul holatlarning yuz bermayotganligining asosiy sababi esa, buyuk bobomiz al-Xorazmiyning ilmiy tasavvuridan genetik kelib chiqqan algoritm tushunchasining umri boqiyligidadir. Shu tariqa, 1958-yilda Parijda inson va kompyuterlar orasida muloqot vazifasini bajaruvchi algoritmik til ALGOL (algorithmic language) yaratildi. Aytish joizki, Algolni rus tilida Alxoyaz(alxorezmiyski yazik) va o‘zbek tilida Alxotil (al-Xorazmiy tili) deb ham yozsa bo‘ladi1.
Yillar mobaynida algoritmik til o‘z rivojlanishida to‘xtab qolmay, uning negizida qancha algoritmik tillar paydo bo‘ldi, (Hozirgi kunda 500ga Yaqin algoritmik tillar mavjud) yuz yillar davomida yaratilgan algoritmlar shajarasi tuzildi. Global internet tarmog‘i ham, asosan, HTML, Java va boshqa algoritmik tillarda ishlaydi.
Ahmad al-Marvaziy Bag‘dod ilmiy maktabida faoliyat ko‘rsatgan yi­rik astronom va matеmatiklardan yana biri Ahmad al- Marvaziy bo‘lib, u «Habash hisobchi» laqabi bilan tanilgan. Uning ismidagi al-Marvaziy so‘zi muallifning o‘rta asrlarda hozirgi Turkmanistonning Bayram Ali shahri Yaqinidagi Marvdan ekanini ko‘rsatadi.
Olimning hayoti va ba'zi asarlari o‘rta asr mualliflaridan Ibn an-Nadim, Ibn al-Kiftiy va Xoji Xalifalar tomonidan zikr etiladi. Jumladan, Ibn an-Nadim uni yuz yildan ortiq yashagan, dеb ma'lumot bеradi va muallif to­monidan yozilgan yеtti kitobning nomini kеltiradi.
Ibn al-Kiftiy esa Ahmad al-Marvaziyning asli Marvdan bo‘lib, xalifa al-Ma'mun va al-Mo‘tasim zamonida Bagdodda faoliyat ko‘rsatganini aytadi. Fan tarixiga oid bibliografik kitoblarda olimni 770-870-yillar mobaynida yashab o‘tgan, dеb taxmin qilinadi.
Ahmad al-Marvaziy «Astronomik jadvallar», «Damashq ziji» (bu zij Bag‘dod shahri uchun tuzilgan) va «al-Ma'munning sinalgan jadvali» asarlarining muallifidir.
Ibn al-Kiftiy, al-Marvaziy «Shoh uchun zij» nomli yana bir kichik hajmdagi risolaning ham muallifi, dеb ko‘rsatadi. Bu risola yuqorida zikr etilgan zijlarning birortasi bo‘lishi ham mumkin. «Damashq ziji» hozirda Istanbulda saqlanmoqda. Muallif o‘zining bu asarini o‘sha davrda «Sindhind» nomi bilan mashhur bo‘lgan hind astronomik jadvallarini qayta ishlash asosida yozgan. Undagi ba'zi masalalar Ibrohim al-Fazariy, Muhammad al-Xorazmiyning zijlaridan farqlanadi.
Olimning Bag‘dod shahri uchun yozgan ikkinchi «Zij»i Bеrlinda saqlanadi. Abu Rayxon Bеruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» va «Gеodеziya» asarlaridagi ma'lumotlarga qaraganda, bu kitob kеyingi davr astronomlari tarafidan hurmat bilan tilga olingan. Uchinchi «al-Ma'munning sinalgan jadvali»ga kеlsa, bu astronomik jadvallar o‘z vaqtida katta shuhrat qozongan. Avvalgi boblarda ta'kidlanganidеk, xalifa al-Ma'mun bir guruh olimlarga, yunon astronomlarining kitoblarida kеltirilgan ma'lumotlarni tajri­balar asosida qaytadan tеkshirib chiqish vazifasini yuklagan va tajriba samarasi o‘laroq, «al-Ma'munning tеkshirilgan ziji» asari dunyoga kеldi. Unda o‘sha davr astronomiyasining barcha yutuqlari o‘z aksini topgan. Mazkur «Zij» o‘rta asr manbalarida ba'zan Yahyo ibn Mansurga, ba'zan esa Ahmad al-Marvaziyga, yoyinki o‘sha davrning boshqa astronomlari qalamiga mansub, dеb kеltiriladi. Bundan asarning yaratilishida ko‘pchilik ish­tirok etgan bo‘lishi kеrak, dеgan xulosa kеlib chiqadi. Mutahassislar al-Ma'mun «Ziji»ni Yahyo ibn Mansur boshlab, Ahmad al-Marvaziy Yaqinligi bo’lishi kеrak, dеb taxmin qiladilar.
Umuman, al-Marvaziy al-Ma'mun davrida olib bo­rilgan tajriba va ilmiy tadqiqotlarda eng faol ishti­rok etgan olimlardan bo’lgan.
Ahmad al-Farg’oniy Yevropada Alfraganus nomi bilan tanilgan Abul- Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy o’rta asrlarning eng ko’zga kuringan allomalaridan edi. Olimning ilmiy shuhrati va tadqikqotchilik mahorati haqida mashhur fan tarixchisi Fuad Sеzgin fransiyalik Pеrri Duxim fikrlariga tayangan holda shunday mulohaza yuritadi:
«XIII asr Parijdagi Arastu maktabining yеtakchi namoyandasi Robеrt Grossеtеst o’zining «Summa Philosophiae» asarida Batlamyusning qalamiga mansub dеb ko’rsatgan narsalarning barchasi amalda al-Farg’oniydan olingan. Biz buni davom ettirib, yana shuni takidlaymizki, XIII asrdan boshlab XIV asrning boshlarigacha yashagan italiyalik astronomlar Batlamyusga ishora bеrganlarida, to’laligicha al-Farg’oniyning kitobidan foydalanganlar1. Biz huddi shu manzarani Ristoro D'Arеzzo va uning «Delia composizione del mondo» asari misolida ham kuzatishimiz mumkin. Uning asaridagi barcha fikrlar al-Farg’oniyning kitobidan olin­gan. Vaholanki, bu muallif’ «Al-majistiy» asari bilan mutlaqo tanish emasligiga qaramasdan, uning muallifi bo’lmish Batlamyusga ishoralar bеradi. Al-Farg’oniyning italiyalik mashhur shoir Dantе Alligеriga ta'siri shundaki, shoir o’zining «II Convivo» («Bazm») kitobida Batlamyusning astronomiyaga oid barcha qrashlarini al-Farg’oniyning risolasidan oladi. Va nihoyat, mеn shuni eslatib o’tishim zarurki, mashhur rеnеssans olimi Rеtimontan ham o’zining 1464 yili Paduadati ma'ruzalarini al-Farg’oniyning kitobiga asoslangan holda yozgan».
Ahmad al-Farg’oniyning ismi fan tarixida mashhur, lеkin, uning hayoti va ilmiy faoliyati haqidagi ma'lumotlar juda oz, noaniq bo’lib, ko’proq taxminlarga asoslangan. Olimning tug’ilgan yili mantiqiy hisoblar bilan 797 yoki 798 yillar, dеb qabul qilingan. O’rta asr manbalarida Ahmad al-Farg’oniy haqida quyidagi ma'lumotlar saqlangan.
Ibn an-Nadim o’zining «al-Fixrist» asarida olimning ismi Muhammad ibn Kasir al-Far’oniy bo’lib, u fozil astronom va bu sohadagi yеtuk olimlardan ekanini zikr etadi hamda uning qalamiga mansub «Al- majistiy»ning qismlari (boblari)» va «Quyosh soatini yasash haqida kitob» risolalarini kеltiradi. Bu еrda «Al-majistiyning qismlari (boblari)» nomi bilan al­lomaning «Astronomiya ilmi asoslari» asari nazarda to’tiladi.
Ibn al-Kiftiy (1173-1248) Ahmad al-Farg’oniyning xalifa al-Ma'mun tasarrufidagi astronomlardan biri ekanini ta'kidlash bilan bir qatorda, olimning «Falakiyot ilmiga kirish va yulduzlarning harakati» risolasini yozganini aytib o’tadi. Muallifning ko’rsatishicha, al-Farg’oniyning o’ttiz bobdan iborat ushbu asari, «Al-majistiy» kitobining mohirona uslub va tushunarli sharhlar bilan yaratilgan qisqartmasidan iborat. «Falakiyot ilmi asoslari va samoviy harakatlarnnig usullari». Muallifning eng mashhur kitobi sanalgan bu risola Dublin, Istanbul, Lеydеn, Moskva, Oksford, Sankt-Pеtеrburg, Qoxira kutubxonalarida mavjud. Bundan tashqari, xuddi shu risola boshqa nomlar bilan quyidagi kutubxonalarda ham saqlangan:
«Boblar (kismlar) kitobi: «o’ttiz bobdan iborat «Al-majistiy»ga kirish». Bu nusxa Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasida saqlanadi. «Al-majistiy» Prinsеtonda saqlanadi.«Falakiyot» Parijda saqlanadi. «Falakiyot ilmi asoslari» Qoxirada saqlanadi.
«Falakiyot ilmiga kirish» Madalat (Marokash)da saqlanadi. «Shaharlar va davlatlarning nomlari» Tеxronda saqlanadi.
«Handasa va hisob yordamida shimoliy va janubiy asturlobni yasash uchun komil kitob». Risolaning nusxalari Turkiya, Bеrlin, London, Parij, Tеxron, Mashhad va Qoxirada saqlanadi. «Yetti iqlimning hisobi» Qoxira va Gotada saqlanadi.«Asturlobni qo’llash haqida kitob» Rampurda saqlanadi. «Al-Fargoniy jadvallari» Patnada saqlanadi1.
«Jadiy diamеtri uchun al-Farg’oniy jadvallari» Manisa (Turkiya)da saqlanadi.
«Oy yerning ustida yoki ostida joylashgan vaqtni aniqdash haqidagi risola» Qoxirada saqlanadi. «Quyosh soatini yasash haqida kitob» Qoxira va Xalabda saqlanadi.
«Al-Xorazmiy zijini tushuntirish». Ushbu risola bizgacha еtib kеlmagan.Al-Farg’oniy asarlarining eng mashhuri «Astronomiya ilmi asoslari» bo’lib, u 30 bobdan iborat. Ahmad Farg‘oniyning “Astronomiya asoslari” nomli asari 1137-yilda Sevilyalik Ioann tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan. So‘ng asar 1493-yilda Ferrarada, 1537-yil Nyurenbergda, 1546-yil Parijda qayta-qayta chop etiladi. Asar keyinchalik 1175-yilda ikkinchi marta lotin tiliga o‘giriladi. Nihoyat, asar 1669-yilda Yakob Gollius tomonidan Amsterdamda yangi lotin tilida va haqiqiy arab tilidagi nusxasi bilan chop etiladi. Bu tarjima 1986-yilda Fuad Sezgin tomonidan qayta nashr qilinadi. Jorj Sartonning ma’lumotiga ko‘ra “Astranomiya asoslari” asari XIV asrda fransuz tiliga o‘girilgan bo‘lib, ushbu tarjima asarning italyancha tarjimasiga ham asos bo‘lgan1
Ingliz matematik va astranom olimi I.Safrabosko 1233-yilda al-Farg‘oniy va al-Battoniyga asarlari asosida “Sfera” asarini yozadi. Shunga qaramay ushbu asar “Sfera” bilan birgalikda XV asrgacha amalda foydalanilib kelingan.
Ingliz fizik va astranom olimi Vilyam Englishmen sayyoralarning yerdan uzoqligini qiymatini al-Farg‘oniyning asaridan olgan, xuddi shuningdek, Rojer Bekon ham sayyoralarning bir-biridan uzoqligi va diametrlari qiymatini al-Farg‘oniyning asarlari orqali olgan.
Allomaning Yer sharsimon shaklda ekanligi borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o‘tib amalda isbotlagan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb “Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg‘oniy hisoblarining to‘g‘riligiga to‘la ishonch hosil qildim”, deya dastxat qoldirgan. O‘n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga al-Farg‘oniy nomi berilgan.
YUNESKO qaroriga muvofiq 1998-yilda Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi xalqaro miqiyosda nishonlandi. Bu buyuk ajdodimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, xalqimiz ilmiy salohiyatining yana bir e’tirofi bo‘ldi.
Ushbu bobga xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, IX-XII asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri bo‘lgan. Mazkur davr mobaynida ijod qilgan ko‘plab mashhur ulamolar, ularning kashfiyotlari, yozib qoldirgan boy ilmiy mеrosi, vujudga kеlgan ilmiy maktablar va muassasalar, ularda amalga oshirilgan turli tajribalar, yaratilgan muhandislik asbob-uskunalari, qurib bitkazilgan gidro-inshootlar va boshqalar yuqorida bеrilgan bahoning haqqoniy ekaniga shubha qoldirmaydi.
O‘sha davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi esa sodir bo’lgan madaniy yuksalishning asosiy ta'minlovchi va harakatlantiruvchi kuchlaridan biri edi. Bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo‘lgani bilan izohlanadi.
Umuman olganda Markaziy Osiyolik ko‘plab olimlarining IX-XII asrlar mobaynida xalifalikning poytaxti bo‘lmish Bag‘dod shahrida faoliyat ko‘rsatib, ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shganlaridan dalolat bеradi. Ularning salmoqli xizmatlari antik olimlar erishgan yutuqlarni qaytadan tiklanishi, riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, gеografiya kabi bir qator ilmlarga fan sifatida asos solinishi hamda ularni yangi fikr va g‘oyalar bilan boyitishda namoyon bo‘ldi. Ta'kidlash joizki, Markaziy Osiyolik olimlarning Bag‘dodda faoliyat olib borishi, insoniyat fani tarqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdi. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Bakr ar-Roziy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr al-Forobiy, Ahmad as-Saraxsiy, Ahmad as- Sag‘oniy kabi olimlarning ismlari butun dunyoda chuqur ehtirom bilan tilga olinadi. Darhaqiqat, Markaziy Osiyo olimlari antik ilmlarning qayta tiklanishida ishtirok etdilar, o‘z asarlari bilan qator tabiiy-ilmiy fanlarni bir tizimga solib, fan sifatida shakllantirdilar va ularni yangi fikrlar, g‘oyalar bilan boyitdilar. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Markaziy Osiyo zamini еtishtirib bеrgan mutafakkirlarning Bag‘doddagi ilmiy faoliyati juda kеng, sеrqirra va sеrmahsul bo‘lgan. Bu o‘z navbatida, allomalarning umumiy soni bir nеcha barobar ko‘p bo’lganini anglatadi.
______________________________________________


Xulosa

Inson yaralibdiki, xalqlar hech qachon bir-biridan ajragan, uz qobig‘iga berkingan holda yashagan emaslar. Insoniyat erishgan hayotning turli tomonlaridagi ulkan g‘alabalar faqat hamkorlik, boshqa xaqlar yutuqlaridan foydalanish, ilg‘orlarga yetib olish va uzib ketishga intilishning mahsulidir.


Islom ta’limotida din aqidalari va bilim, ilm-fan shunchalik chambarchas bog‘langan ediki, bunday holatni hech qachon va hech qaysi diniy ta’limotda uchratmaymiz.Sharq renessansi turli sohalar – me’morchilik, miniatura, musiqa, xattotlik va kitobat san’ati, amaliy san’at, ilm-fan hamda adabiyotni qamrab oldi. Bu sohalar IX-XII asrlarda misli ko’rilmagan darajada taraqqiy etdi.
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasida madaniyat yuksalishi parvoz bosqichga chiqqanligi to‘g‘risida gap borar ekan, ayni shu hudud jahonni hayratga solgan buyuk mutafakkirlarni yetishtirib berganligi, ilm-ma’rifat, betakror kashfiyotlar beshigi tarixda «Musulmon madaniyati», «Arab madaniyati» deb nomlangan tushunchalar bilan baholangani bejiz emas. O‘rta asr tarixchilari va sayyohlari ushbu davrda Markaziy Osiyoda iqtisod, savdo o‘sganligi, ko‘rkam shaharlar qad ko‘targanligi, ilm-ma’rifat gurkirab rivojlanganligi haqida ma’lumot beradilar. Monumental me’morchilik, tasviriy san’at, musavvirlik va musiqa san’ati beqiyos darajada rivojlangan, kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan. O‘sha paytda «Buxoroda baland tosh devorlar bilan o‘ralgan saroylar, turli rasmlar bilan bezatilgan mehmonxonalar, mohirlik bilan barpo etilgan bog‘lar, hiyobonlar, hovuzlar» mavjud bo‘lganligi haqida manbalarda qayd etiladi.Uyg‘onish davri madaniyatining buyuk namoyondalari o‘z ijod, izlanishlarida bevosita qadimgi madaniyat merosga tayandilar. Avval Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi yunonlar, rimliklar, mesopotamiyaliklar, hindistonliklar va xitoyliklarning madaniyati bilan yaqindan tanish bo‘lganligi, bu tillarni yaxshi bilganliklarini qayd etgan edik. Yurtni xarobaga aylantirgan, madaniy yodgorliklarni xonavayron qilgan, ilm ahllarini quvg‘in etgan (Ibn Qutayba) arab bosqiniga qaramay, qadimgi boy madaniyat izsiz yo‘qolmadi. Islom butun madaniyatga, tilga, udum-an’analarga ma’lum darajada O‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘lsada, uning mohiyati o‘zgarmadi. Bu xalqimizga xos ezgulik, mehr-shafqat, insonparvarlik, hayr-muruvvat, oqko‘ngillik, bag‘rikenglik, ilmga tashnalik, o‘zga xalqlarga ishonch ehtirom fazilatlaridir. Yunon, Hind, Xitoy madaniyatini juda yaxshi bilgan Markaziy Osiyoning ilm ahligina o‘zga xalqlarni boshqalar madaniyati bilan yaqindan tanishtirishi mumkin edi. Shuning uchun ham mashhur matematik al-Xorazmiy hindlarning hisob tizimini, Farobiy Yunonistonlik Arastuning falsafiy ta’limotini, Ibn Sino Gippokrat tibbiyotini yangi davrda yangi bosqichga ko‘tardi, Imom al-Buxoriy islomiy ta’limotni asosladi. Uyg‘onish davrida milliy madaniyatni yuksaltirishga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan Somoniylar shajarasining birinchi hukmdorlari milliy madaniy qadriyatlarni barqaror etmasdan turib to‘la davlat mustaqilligiga erishish mumkin emasligini angladilar. Jumladan, ona yurt madhi bu davrda shu darajaga ko‘tariladiki, zardushtiylik eslanmay qoldi. Arab yozuvida badiiy ijodni ta’qiqlamagan holda, somoniylar oddiy xalq anglaydigan tilda yozgan mualliflarni to‘la qo‘llab-quvvatladilar. Somoniylar nafaqat adabiyot ahliga, barcha olimlarga homiylik ko‘rsatib, Sheroz kutubxonasi bilan raqobat darajasida bo‘lgan ulkan kutubxonani asosladilar. Ulug‘ alloma ibn Sinoning hotirlashicha, kutubxona ko‘pxonali bo‘lib, xonalarning birida arab kitoblari, she’rlari boshqasiga fiqhga oid kitob tahlangan. Shu tartibda har bir xonada fanning ma’lum sohasiga doir kitoblar jamlangan .
Kitob yozishning kuchayishi, hattotlik san’atining, uni bezash, naqshlar bilan ko‘rkam qilish musavvirlik san’atining rivoj topishiga olib kelgan.Umuman bu davrda qo‘lyozmalarni ko‘chirish, tayyorlash, to‘plash madaniy hayotning muhim sohasiga aylangan. Ma’lumki, asar faqat qo‘lda bir nusxadangina yozilar edi. Bosmaxonalar esa bir necha asrdan so‘nggina paydo bo‘lgan. Yozilgan asarni nusxasini ko‘paytirish, boshqalarga yetkazish, undan nusxa olish zarur edi. Shuning uchun nusxa ko‘chirish, asarni ko‘paytirishga katta e‘tibor berildi. Asta-sekin maxsus nusxa ko‘chirish san’ati va hunari shakllandi, shu tufayli bir joyda yozilgan asarlarni boshqa shahar, o‘lkalarida tarqatish imkoni vujudga keldi. Maxsus nusxa ko‘chirish bilan shug‘ullanuvchilar, husnixat sohiblari paydo bo‘lib, ular buyurtma yoki sotish uchun asarlardan nusxa ko‘chirish bilan shug‘ullanganlar. Kitobdan nusxa ko‘chirish, kitob savdosining keng yo‘lga qo‘yilishi hamda ma’rifat ahlini tinimsiz faoliyati tufayli Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bag‘dod, Damashq singari shaharlarda katta kutubxonalar vujudga keldi. Bozorlarda kitob rastalari ko‘paydi, kitob savdosi, uni tarqatish bilan shug‘ullanuvchilar faoliyati kengaydi. Markaziy Osiyoga Bag‘dod, Misr, Eron va Ispaniyaning turli shaharlaridan qo‘lyozmalar keltirilib, yurtdoshlarimizning qo‘lyozma asarlari boshqa o‘lkalarga olib ketiladigan bo‘ldi.
Darhaqiqat, Markaziy Osiyo olimlari antik ilmlarning qayta tiklanishida ishtirok etdilar, o‘z asarlari bilan qator tabiiy-ilmiy fanlarni bir tizimga solib, fan sifatida shakllantirdilar va ularni yangi fikrlar, g‘oyalar bilan boyitdilar. Umuman, bu davr olimlari hech qachon tor doiradagi millatparast bo‘lmaganlar, ular insoniyatga xizmat qilganlar. Haqiqatdan ham amalda shunday bo‘ldi. Sharq olimlari yaratgan ilm-fan Yevropaga o‘z ta’sirini o’tkazdi. Bu ta’limotlar boshqa iqtisodiy, ijtimoiy sharoitda yanada rivoj topdi va umuminsoniy sivilizatsiyaga xizmat qildi.
Yevropada sharq madaniyatining ta’siri ilm-fan va san’atdagina emas, balki jamiyat hayotining turli sohalari, kundalik hayotning ikir-chikirlarigacha bo‘ldi. Bu haqda professor U.M. Uott shunday deydi: “Musulmon madaniyatining G‘arbiy Yevropaga ta’siri, o‘ylaganlaridan ancha ortiq bo‘ldi. Islom o‘zi erishgan moddiy madaniyat, texnikaviy kashfiyotlar ila G‘arbiy Yevropa bilan faqatgina sheriklashib Yevropada ilm-fan rivojini rag‘batlantiribgina qolmay, Yevropani
diniy e’tiqodi yagona bo‘lgan turli millat, xalq vakillarining aql-zakovati, idroki, bilimi, ma’naviy boyliklari bir maqsadga qaratilganligi va islom dinining birlashtiruvchi kuchi tufayli ilm-fan va madaniyat bobida umuminsoniy g‘alabaga erishildi.
______________________________________________



Download 173,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish