Sharq renessansi (Movarounnahr va Xuroson IX-XII asrlar)’’


Tadqiqotning davriy chegarasi



Download 173,36 Kb.
bet2/9
Sana09.03.2022
Hajmi173,36 Kb.
#486881
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DURDONA QODIROVA DIPLOM ISHI so`nggisi

Tadqiqotning davriy chegarasi. Markaziy Osiyo xalqlarining fani va madaniyati turli tarixiy jarayonlar davrida ulardagi siyosiy va iqtisodiy tuzumning mohiyatiga qarab, ba’zan gurkirab-yashnagan rivojlangan bo‘lsa, ba’zan esa susayish kabi holatlar kuzatiladi. Misol uchun, Markaziy Osiyo fani tarixida IX-XII asrlarni yirik madaniy yuksalish, XIII asrning boshi XIV asrlarni mo‘g‘ullar istilosi tufayli inqirozga yuz tutish, undan keyingi Amir Temur davrini esa, nafaqat yo‘qotilgan mavqeini yana tiklash, balki yangi cho‘qqilarni egallash davri deb atash mumkin2.
Darhaqiqat, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo fani va madaniyati bashariyat sivilizatsiyasining muhim va ajralmas qismi sanaladi.
Biz mazkur bitiruv malakaviy ishda IX-XII asrlarda Sharqning madaniy yuksalish jarayonlarida Markaziy Osiyo ahamiyati xususida fikr yuritmoqchimiz. E’tirof etish joizki, Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy tarixida qadimgi Yunoniston, Hindiston, Parfiya, Eron, Arabiston, Xitoy va mahalliy xalqlarning madaniy an’analari hamda ilm-fan sohasidagi yutuqlari o’zaro uyg‘unlashib bir-birini boyitganligi natijada esa, yuksak sivilizatsiya shakllanganligi ko‘zga tashlanadi.
IX-XII asrlarga kelib musulmon dunyosidagi ilm-fan va madaniyatning yuksalishida Movarounnahr va Xuroson olimlarining fanning turli sohalaridagi ijod na’munalari alohida ahamiyatga egadir. Ular ilmiy merosining Musulmon renessansi yoki Sharq uyg‘onishida tutgan o‘rnini o‘z ishimizda yangi manbalar asosida yoritishga harakat qilamiz.
Mavzuning o‘rganilish darajasi. Mazkur muammo bitiruv malakaviy ish mavzusi sifatida jumladan, Movarounnahr va Xuroson hududi IX-XII asrlarda nisbatan kam o‘rganilgan. Shuning uchun ham mazkur masala bo‘yicha yosh tadqiqotchilar tomonidan davomli izlanishlar olib borilmoqda.
Sharq madaniyati, tarixi, bu hududda yetishib chiqqan olimlar faoliyatini to‘rt guruhga ajratish mumkin:
Birinchi guruhga g‘arb arabshunos va sharqshunos olimlarining Markaziy Osiyolik allomalar, xususan, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy, Forobiy kabi qomusiy olimlarimizning hayoti va boy ilmiy merosi bo‘yicha olib brogan tadqiqotlarini kiritishimiz mumkin. Bunda, ayniqsa, Markaziy Osiyolik olimlar ijodini tadqiq etgan o‘rta asr tadqiqotchilari batlik Adelard, kremonalik Gerard, sevilyalik Ioannlarni,amerikalik fan tarixchisi G.Sarton, fransuz arabshunos olimi Karra de Voo, R.Erlanje, G.Farmer, amerikalik olim K.Bosfort, E.Videman kabi g‘arb tadqiqotchilarining xizmatlari beqiyosdir.
Ikkinchi guruhga chor Rossiyasi va sobiq Sovet Ittifoqi davrida yaratilgan tadqiqot ishlarini kiritish mumkin. Bunda, ayniqsa, A.M.Beliniskiy, P.G.Bulgakov, Y.N.Zavadovskiy, A.I.Irisov, A.A.Semyonov, M.E.Masson, T.I.Raynov, S.N.Tolstov, I.Y.Krachkovskiy, A.P.Yushkevich, A.P.Yershov, B.A.Rozenfeld, M.A.Sal’e, G.P.Matvievskaya, B.A.Uspenskiy, Y.X.Kopelevich, kabi rus olimlari, bundan tashqari, U.I.Karimov, A.B.Xalilov, Y.G‘.G‘ulomov, H.Hasanov, S.H.Sirojiddinov, V.K.Qobulov, A.Ahmedov, T.N.Qori-Niyoziy, Y.Ahmedov, I.M.Mo‘minov, singari o‘zbek olimlarining allomalarimiz ijodi bilan bog‘liq tadqiqotlarini misol qilishimiz mumkin.
Uchinchi guruhga esa, mustaqillik davrida yurtimiz olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar va ular asosida yaratilgan asarlarni, turli ilmiy anjumanlar materiallarini, davriy nashrlardagi maqolalarni kiritishimiz mumkin.
To‘rtinchi guruhga esa, hozirda O‘zbekiston bilan do‘stona munosabat bog‘lab, tariximiz va madaniyatimizni o‘rganishda katta ishlar olib borayotgan, xorijlik olimlar faoliyatini kiritishimiz mumkin. Masalan: Sharq renessansi davri Hindistonning akademik va madaniy doiralari tomonidan ham chuqur o‘rganilmoqda. Indira Gandi nomidagi Milliy madaniyat markazining ilmiy rahbari, IV-XV asrlardagi Markaziy Osiyo yozma manbalarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha uzoq yillardan buyon samarali ish yuritib kelayotgan professor Mansura Haydar xonim, taniqli amerikalik tarixchi, arxeolog, antropolog, Jon Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi, 22 ta kitob va 200 dan ortiq ilmiy maqola muallifi – professor Frederik Starr janoblarining 2009-yilda “Markaziy Osiyoning yangitdan kashf etilishi” deb nom olgan essesi AQShda ommaviy axborot vositalarida chop etilgan yilning eng yaxshi materiali sifatida e’tirof etilgan. Xitoy Fan va texnologiyalar universitetining tarix va arxeologiya fakulteti rahbari, professor Shi Yunli esa astronomiya tarixi sohasida dunyoga taniqli mutaxassisdir. Uning o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo, Xitoy, Koreya va Yevropada astronomiya taraqqiyotini qiyosiy-tahliliy o‘rganish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari katta shuhrat qozondi. Evropada taniqli vrach, sog‘liqni saqlashning zamonaviy tizimini tashkil etish sohasida tan olingan ekspert, doktor Mark Bonnelning fidokorona faoliyati katta hurmat va ehtiromga sazovordir. U rahbarlik qilayotgan “Abu Ali ibn Sino – Fransiya” uyushmasi Fransiya va Yevropada Ibn Sinoning madaniyat, falsafa va tibbiyot sohasidagi ilmiy asarlarini ommalashtirishga beqiyos hissa qo‘shmoqda.
Quyida biz bu davr tarixi, aniqrogi sharq xalqlari tarixi, fani va madaniyati bilan shug‘ullangan bazi xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning asarlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak.
Shveysariyalik sharqshunos Adam Mets o‘zining “Musulmon renessansi” asari bilan mutaxasislarga yaxshi tanish. Uning kitobi bir necha tillarga, xususan, rus va arab tillariga ham tarjima qilingan. Mazkur asar IX-X asrlarda musulmon Sharqida yuz bergan madaniy rivojlanishning tarixiga bag‘ishlangan, va umuman, shu davrdagi sharq fani va madaniyatini yorituvchi noyob qomus hisoblanadi. Asarda muallif qo‘llagan asosiy g‘oya, IX-X asrlarning musulmon Sharqidagi uyg‘onish (renessans) davri ekanini ko‘rsatishga intilish deyish mumkin. Shuning uchun ham u o‘z asarini “Musulmon renessansi” deb ataydi.
A.Metsning kitobi Sharq xalqlari ijtimoiy hayotining deyarli barcha qirralarini tarixiy manbalar asosida yoritib beruvchi muhim fundamental tadqiqot hisoblanadi.
O‘rta asr Sharq xalqlari madaniyatini o‘rganishda avstraliyalik Gustav fon Gryunebuamning xizmatlarini eslab o‘tish joiz: uning 1970-yili Londonda nashr etilgan “Klassik islom” kitobida sharq xalqlari tarixi va madaniyatiga doir muhim ma’lumotlar aks etgan. Muallif qalamiga mansub “Zamonaviy islom: madaniy o‘zlikni anglash bo‘yicha tadqiqotlar” hamda uning rahbarligi va bevosita ishtiroki natijasida yuzaga chiqqan to‘plamlardan, “Musulmon sivilizatsiyasida umumiylik va har xilliklar” ham muhim ahamiyatga ega.
Amerikalik mashhur fan tarixchisi Jorj Sartonning “Fan tarixiga kirish” nomli fundamental ishi qimmatli ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan. Asarda o‘rta asr fani rivojiga o‘z xissasini qo‘shgan ko‘pgina olimlar va tarjimonlar ijodiga keng o‘rin berilgan.
Maks Meyerxofning “Fan va tabobat” nomli maqolasida o‘rta asr sharq xalqlari madaniy taraqqiyotining dolzarb masalalariga to‘xtab o‘tiladi.
Yana bir ingliz olimi Donald Xill IX asr poytaxt – Bag‘dodda fan va texnikada yuz bergan muhim jarayonlarni tahlil qilgan.
So‘nggi yillarda yaratilgan “Abbosiylar davridagi arab adabiyoti, dini, ta’limi va fanining tarixi” va ayniqsa “Arab fanlari tarixi bo‘yicha ensiklopediya” kitoblarini muhim tadqiqotlar sirasiga kiritish mumkin. Ularda sharq xalqlari ijtimoiy hayotining barcha sohalari, xususan, abbosiylar davridagi fan va madaniyat tarixiga oid eng muhim masalalar o‘z yechimini topgan.
Umuman olganda, IX-XII asr fani va madaniyatini o‘rganishda A. Braun, F.Vyustenfeld, A.Kremer, O. Sayili, G.Le. Strenj, D. Surdel, R. Morelon, J.Saliba, D.King, E. Kennedi, G. Xudonard-Roshe, R.Rashed, Mariya- Tereza Debarxot, Donald Xill, J. Anavati, E.Savaj-Smit, F. Mishe, Mahdiy Muhsin kabi xorij olimlarining asarlari, tadqiqotlarining o‘rni beqiyos.
O‘rganilayotgan davr siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-madaniy hayotdagi yuksalish masalalarini yoritilishiga rossiyalik sharqshunoslar V.V. Bartold, O.G.Bolshakov, B.A. Rozenfeld, I.Yu.Krachkovskiy, Ye.E. Bertels, A.B.Xalidov, A.P. Yushkevichlar ham asarlarida katta hissa qo‘shgan.
Mazkur tadqiqotga oid arab tilidagi izlanishlar orasida Jurji Zaydonning “Islom sivilizatsiyasi tarixi”, Hasan Ibrohim Hasanning to‘rt jilddan iborat “Islomning siyosiy, diniy, madaniy va ijtimoiy tarixi” Said ad- Diyujiyning “Bayt al- hikma”, Ahmad Farid ar-Rifa’iyning “Al -Ma’mun davri” , Said ash- Shahhat Zag‘lulning “Suryoniylar va musulmon madaniyati”, Qadriy Hafiz Tukanning “Riyoziyot va falakkiyotga doir arab ilmiy merosi”, Abd al- Mun’im Majidning “Musulmon sivilizatsiyasining o‘rta asrlardagi tarixi”, Muhammad Abd ar-Raxmon Marhabanning “Arab fani tarixi bo‘yicha to‘plam” va Hidr Axmad Ataullohning “Abbosiylar davrida Bayt al-hikma” kabi asarlari o‘sha davr tarixini yorituvchi muhim manbalar qatorida turadi. Albatta, bu asarlarda Movarounnahr va Xuroson hududidan yetishib chiqqan olimlar, sharq madaniyati va tarixi haqida ham qimmatli ma’lumotlar berilgan.

Download 173,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish