O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
Tarix yo‘nalishi
12.439 -guruh bitiruvchisi
Qodirova Durdona Xolmirza qizining
“Sharq renessansi
(Movarounnahr va Xuroson IX-XII asrlar)’’
mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar:
t.f.n. dotsent T.Qo‘chqorov
Farg‘ona – 2016
MundarIja
Kirish……………………………………………………………………………………………………..3-10
I bob. Sharq renessansi, uning mazmun - mohiyati va vujudga kelishi.....................................................................................................................11-30
1.1 Sharq uyg‘onishi davri tushunchasi va uning mohiyati………………....................11
1.2 Sharq renessansining vujudga kelishiga ta’sir etgan omillar……..……………...17
II bob. Sharq renessansining dunyo tafakkuri taraqqiyotiga
qo‘shgan hissasi………………………………………………………………………..31-37
2.1 Ilmlar rivojida Xorazm Ma’mun akademiyasining roli ………………..…..……..31
2.2 Sharq mutafakkirlari ilmiy merosining g‘arb fanlari taraqqiyotida tutgan
o‘rni……………………………………………………………….……………………………………38
Xulosa……………………………………………………………..……………….......…………………51-53
Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxati .......................................................54-56
______________________________________________
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng Vatanimiz tarixini o‘rganish va tadqiq etish, o‘zlikni anglashga qiziqish ortdi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan”1.
Shubhasiz, tarix shohidligi shaxs kamoloti uchun saboq bo‘lib, insonga tegishli ta’lim-tarbiya beradi. Tarix saboqlari esa, xalqni o‘z ozodligi hamda istiqlolini ko‘z qorachig‘idek asrashga, uning mazmun-mohiyatini chuqur anglab etishga undaydi.
XXI asrga kelib sobiq sovet hukmronligi yillarida kommunistik mafkura tazyiqi bilan soxtalashtirilgan tarixni qayta o‘rganish, tarixiy haqiqatni tiklash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zotan, haqqoniy tarixni bilmasdan turib, o‘zlikni anglash mumkin emas2. O‘z navbatida haqqoniy tarixni o‘rganish va tarixiy merosni tiklashda inson tarixiy xotirasining o‘ziga xos o‘rni bor. Tarixiy xotira bu – hayot mazmunini, avlodlar o‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini anglash demakdir3.
“Tarix xotirasi, - deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi.
“Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbayiga aylanmoqda”4.
Umuman olganda, mavzuning dolzarbligi shundaki, yot g‘oya va mafkuralarning milliy ma’naviyatimizga ta’sirini oldini olishda, milliy ma’naviyatimizni yanada rivojlantirishda, boy tariximizni dunyoga namoyon qilishimiz, O’rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududi ham sivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lganligini yana bir dalil bilan isbotlash, Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosini o‘rganish orqali milliy ma’naviyatimizni o‘rganishdagi muammolarni aniqlashni, ularning yechimini topishni, kuchli jamiyat qurishga doir xulosalar, takliflar va tafsilotlarni shakllantirishda eng muhimi hech kimdan kam bo‘lmagan zukko aqlan yetuk jismonan baquvvat avlodni rivojlantirishda dolzarb vazifa sifatida belgilab berdi. Bu borada Prezidantimiz I. Karimovning “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch”1 asarida ham barkamol shaxs tarbiyasida ma’naviyatning boy tarixiy merosning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |