Sharq renessansi (Movarounnahr va Xuroson IX-XII asrlar)’’


Sharq renessansining vujudga kelishiga ta’sir etgan omillar



Download 173,36 Kb.
bet5/9
Sana09.03.2022
Hajmi173,36 Kb.
#486881
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DURDONA QODIROVA DIPLOM ISHI so`nggisi

1.2 Sharq renessansining vujudga kelishiga ta’sir etgan omillar

Hech qachon hech qaysi xalq, elat boshqa xalqlardan uzilib qolgan, o‘z holicha yashagan emas, aks holda hech qanday taraqqiyot bo‘lmagan bo‘lar edi. Movarounnahr va Xurosondagi IX-XII asrlardagi sharq renessansi ham ana shunday taraqqiyot yo‘lidan bordi. Sharq renessansi yoki madaniyatining shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi bir qancha omillar sabab bo‘lgan:


Birinchidan, Arab xalifaligi xalqlarining yagona islom diniga e’tiqod qilganligi. Arablar Markaziy Osiyoni egallagach, mahalliy xalqning madaniyati yakson qilindi, mahalliy dinlar ta’qiqlandi, olimlar quvg‘in qilindi, xatto yozuv arab yozuvi va tiliga o‘zgartirildi1. Yangi islom dini yangi madaniyatning mafkuraviy asosini belgilab berdi va xalifalikning barcha xalqlarini uni yaratishga jalb etdi. Bunda musulmonlarning muqaddas kitobi “Qur’oni Karim” va undan keyingi o‘rinda turuvchi hadislar hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Negaki, hech qaysi dinda bilim olish dindorlardan astoydil talab qilinmaydi. Islom hadislarida “Har bir muslim va muslima tug‘ilishidan to boshi go‘rga kirguncha bilim olishga intilishi kerak” yoki “Garchi Xitoyda bo‘lsa ham ilm izla” deb islomga e’tiqod qo‘ygan bandalarga ko‘rsatma beriladi2.
Ikkinchidan, Arab istilolari natijasida xalifalikka birlashtirilgan turli mamlakat xalqlarining ilg‘or madaniyati imkon qadar bir-birini boyitdi. Bu o‘rinda yagona davlat tili – arab tilining faqat xalifalikni tashkil etgan xalqlar o‘rtasida aloqa tiligina bo‘lib qolmay, adabiyot va ilm-fan tiliga ham aylanganligi katta rol o‘ynagan. Buyuk allomalar qaysi xalq vakillari bo‘lmasin, arab tilida ijod qilganlar. Bu omil xalifalik tarkibidagi turli xalqlarga bir-birining madaniyati yutuqlaridan foydalanishga imkon yaratgan. Xalifalik madaniyatini faqat arablar emas, xalifalik tarkibiga kirgan barcha xalqlar yaratganligi ushbu omilda to‘la-to‘kis o‘z tasdig‘ini topadi. Arablar nafaqat bo‘ysundirilgan xalqlar madaniyatini o‘zlashtirdilar, balki, uni yanada boyitib, katta hududlarga yoyilishiga zamin hozirladi3.
Uchinchidan, Arab xalifaligida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti turli darajada bo‘lgan mamlakatlar va xalqlarning bir davlatga birlashuvi, ular o‘rtasida yaqin aloqalarning o‘rnatilishi, iqtisodiy hayotning ravnaq topishi ichki va tashqi savdo aloqalari rivojiga turtki bergan. Bu omil o‘z navbatida o‘zaro madaniyat almashinuviga ham shart-sharoit yaratgan. Savdo va hunarmandchilik, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar turli muammolarni keltirib chiqardi. Ularning yechimini topish ilm-fanning rivojiga ehtiyoj tug‘dirdi.
Tortinchidan, Arab xalifalari olimlar, shoirlar, san‘at vakillarini o‘z homiyliklariga olganlar. Xalifalarning bu xatti-harakatini homiylik deb emas, balki butun jamiyat bilan birgalikda haq yo‘ldan borish deb ham tushunish mumkin. Xalifalarning ilm-fan, madaniyat rivojiga homiylik qilishi shubhasiz, ilm-fanning yuksak darajada taraqqiy etishini ta’minlagan.
Beshinchidan, Arab xalifaligida iqtisodiyotning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida fanning turli jabhalarida, ayniqsa, riyoziyot, falakkiyot, geodeziya, kimyo kabi amaliyot bilan bog‘liq sohalarda chuqur bilimlarga ehtiyoj sezila boshladi. Bundan tashqari, musulmonchilik urf-odatlariga rioya qilish: namoz o‘qish, ro‘za tutish, xaj amalini o‘tash, qiblaning yo‘nalishi, quyoshning chiqishi va botishi hamda savdo-sotiq ishlari uchun shaharlar orasidagi masofalar, kimsasiz cho‘llarda savdo karvonlarini boshqarishda yulduzlar joylashuvidan foydalana bilishni talab qilar edi. Bu kabi kundalik ehtiyojlar, tabiiy fanlarni o‘rganishni va tadqiq qilishni taqozo etar edi1.
Oltinchidan, bunday madaniy yuksalish o‘z-o‘zidan vujudga kelgan emas. Binobarin, ming yillar davomida jaxon savdo yo‘llari chorrahasida hisoblangan Markaziy Osiyo mintaqasida azaldan o‘ziga xos boy madaniyat mavjud bo‘lgan. Yuqorida zikr etilgan tarixiy holatga binoan, o‘rta asrlarda ham ilg‘or madaniyat, il-fan, aynan shu hududda rivojlangani, keyinchalik Bog‘dod akademiyasining shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgani tabiiy holdir. Rus olimi B.I Marshak bu haqda shunday deb yozadi: “Bu davr O‘rta Osiyo, Eron, Xuroson madaniyati, fani, adabiyoti va san’atining arablar tomonidan bosib olingan mamlakatlarga o‘ta keng tarqalgan va bu madaniyat arablar tomonidan o‘zlashtirilgan davr edi. Siyosiy hokimiyat arablar qo‘lida bo‘lgani bilan madaniy hukmdorlik ular tomonida edi. Arab yilida yozgan barcha olim va shoirlar bekorga Movarounnahr va Xurosondan chiqmagan edi. Hatto xalifalikda davlatni idora etish usuli Eron davlati, Sosoniylar tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida qurilgan edi”2.
Yettinchidan Arab xalifaligi tarkibidan Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Xorazmshoxlar kabi mustaqil davlatlar birin-ketin ajralib chiqqan va bularda ham ma’rifatparvar hukmdorlar faoliyatini ko‘rishimiz mumkin. Somoniylar davrida ayniqsa, ilm-fan rivoji yuksak cho‘qqilarga ko‘tariladi. Bir tomondan hududning tarixiy sharoiti bunga imkon tug‘dirsa, ikkinchi tomondan islom falsafasi qadimgi dunyo g‘oyaviy boyliklarini o‘zlashtirishni osonlashtirdi va tabiiy fanlarning taraqqiyotiga yordam berdi. Buxoro Markaziy Osiyoning siyosiy va madaniy markaziga aylangan, shaharda ko‘plab maktab, madrasa va masjidlar tashkil etilgan. Buxorodagi Somoniylar saroyi kutubxonasi Sharqdagi kutubxonalarning eng yirigi hisoblangan1.
Bundan tashqari, uzoq o‘tmishdan buyon Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan qit’alar aro Buyuk Ipak yo‘li faqat savdo-sotiq yo‘li bo‘libgina qolmay xalqlar, mintaqalar o‘rtasida ishlab chiqarish, dehqonchilik, san’at, adabiyot qo‘yingki, moddiy va ma’naviy hayotning bir mintaqadagi yutuqlarini boshqa mintaqalarga istab-istamay tarqatganlar. Savdo yo‘lining markazida joylashgan Movarounnahr uning hamma yutuqlaridan to‘liq bahramand bo‘lgan. Bu holat yurtimizning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ravnaqini ta’minlagan2.
Bir tomondan, Arab xalifaligi davrida davlat markazida aql va idrok tarafdorlari, kadariylar, mutaziliylar, tabiatshunoslar, erkin fikrlovchi olimlar, faylasuflar, bid’atchi mazxablar tarafdorlari tomonidan rasmiy diniy mafkuraning ta’qibiga uchragan edilar. Mutavakkilning maxsus buyrug‘i bilan avval Qur’on nurrisidagi har qanday bahslarga chek qo‘yilgan bo‘lsa, keyinchalik Qur’onni yaratilgan deyishga jur’at etadigan har qanday kishi kofir va o‘limga mahkum deb e’lon qilingan edi. Arastu falsafasiga, tabiatshunoslik fanlari va mantiqni o‘rganishga qattiq qarshi turilgan. Bu fanlar ilohiyotchilar fikricha mutaziliylar, tabiatshunos olimlar va faylasuflarning diniy mavqeyidan turib talqin qilishlarining va erkin fikrlilikning kuchayishining bosh sababchilari edi. Shuning uchun ham ular Arastu va uning musulmon izdoshlarining falsafa, mantiqqa doir asarlarini, sharh va tadqiqotlarini yig‘ishtirib oldilar, omma oldida namoyishkorona yengdirdilar, ularning o‘zlarini ta’qib va quvg‘in qildilar, zindonlarga tashladilar. Diniy mazhablar, falsafiy ta’limotlar bilimdoni Shaxrizuriy bunday deb yozadi: "Falsafa - bu buzilish va aqlsizlik manbaidir, oqyalik va adashishning asosidir, dindan chiqaradigan va bid’atga yuz tutiladigan joydir. Mantiq esa falsafa ostonasidir, yomonlik ostonasi yomonlikdir1. Shuning uchun ham uni o‘rganish va undan ta’lim berishga qozikalon tomonidan ruxsat yo‘q. Mantiq so‘zlaridan shariat asoslarini o‘rganishda foydalanish esa kechirib bo‘lmaydigan qabihlikdir. Sulton musulmonlarni bu shaytonlarning yomonligidan himoya qilishi, ularni maktablardan chetlashtirishi, surgun qilishi, ularning hunari bilan kimki shug‘ullansa, jazolanishi kerak, agarda kimda-kim faylasuflar aqidalariga ochiqdan-ochiq e’tiqod qilsa, ularni o‘ldirish yoki bo‘ysunishga majbur qilish kerak, toki ularning fanlaridan asar qolmasin…" Shu davrlardan boshlab, xalifalik markaziy nohiyalaridagi madaniyat, ilm-fan, falsafa, dunyoviy adabiyot va san’at ahli, me’morlar, muhandislar, hattotlar, hunarmandlar tohiriylar, safforiylar, somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahr, Xuroson va Eronga ko‘cha boshladilar.
Boshqa tomondan esa, nisbatan mustaqil siyosat yurgizayotgan tohiriylar, safforiylar va somoniylar ba’zi tushunarli siyosiy va mafkuraviy mulohazalar bilan madaniyat, ilm-fan, falsafani rivojlantirish, hind, yunon fani, falsafasidan tarjimalar qilish, qo‘lyozmalar ko‘chirtirish, ularga oid tadqiqotlar yozish, rasadxona va hastaxonalarda, kimyogarlarning tadqiqotlar va tajribalar o‘tkazishlari uchun har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berish, bu ishlar bilan shug‘ullanadigan kishilarni har tomonlama rag‘batlantirishga imkon berdilar. Ular diniy-falsafiy, bid’atcha maslahatlar, mazhablar va oqimlarga nisbatan sabr-toqatlilik, betaraflik, keng fikrlilik, kelishuvchilik va hatto xayrihohlikdan iborat "ma’rifatparvar hokimi mutlaq" siyosatini yurgizar edilar.
Tohiriylar sulolasining asoschisi xalifalik markaziy armiyasining bosh qo‘mondoni Amir Tohir ibn al-Husayn o‘z o‘g‘li mamlakati, davlati va xalqi farovonligi, madaniyati, ma’rifati, ravnaqi yo‘lida ilm-fan, falsafa bilan shug‘ullanish ma’lumot olishning barcha eshiklarini barchaga barobar qilib ochib qo‘yishni maslahat beradi. "Olimlar bilan ko‘prok birga bo‘l, ular bilan maslahatlashib tur va doimiy muloqotda bo‘l” - deb yozadi Tohir o‘z o’g‘liga. Umuman mazkur vasiyatnoma arab-musulmon madaniyatining o‘ziga xosligini, bu madaniyatning ijtimoiy zaminlari aholining juda keng qatlamlari, tabaqalari hayoti, turmush tarzi va ruhiy olamini qamrab olganligini, uni aks ettirishi, undan kelib chiqishi, unga bog‘liqligi, ratsionalizm va insonparvarlikning eng oliyjanob ezgu, ma’naviy qadriyatlar sifatida yuksak nufuzga ega ekanligini, ilm-fan va insonning erkin irodasi va aqliga sig‘inish bilan, maktab, madrasa tahsilining nihoyatda dunyoviy va demokratiik ma’rifatparvarlik, insonparvarlik yo‘nalishiga ega ekanligi, yuksak nazariy va metodik darajada tashkil etilganligini yaqqol ko‘rsatadigan dalil bir tarixiy hujjatdir.
Amir Tohir o‘z o‘g‘li Abdullohga samimiy bir mo’min musulmon bo‘lishini, Olloh ta’lo Qur’onda va Rasul akram Muhammad (s.a.v.)ning hadislardagi ko‘rsatmalariga sidqidillik bilan rioya qilishni uqtiradi. Va ayni paytda podshoman deb”kekkayish", - "menga hokimi mutlaqlik ato qilingan, mening amrim vojib, xohlaganimni qilaman" - deb o‘zingdan ketishdan o‘zingni saqla degan o‘gitni beradi". Ayniqsa beva-bechoralar, haqsiz soliqlar borasida o‘z arz-dodini senga yetkazish yo‘lini topa olmaydiganlar, ojizu-notavon, zabunlar, o‘z haqin qanday ajratib olishni bilmay yurganlar xolidan xabardor bo‘l... Baxtsizlikka duchor bo‘lgan yetim-yesir, bevalar haqida g‘amxo‘rlik qil, ularga davlat xazinasidan maosh tayin qil, kasallarga ular orasida Qur’onni yaxshi biladigan, uning ko‘p poralarini yod olganlarga davlat xazinasidan nafaqa puli ber. Og‘ir xastalikka duchor bo‘lgan musulmonlarga alohida boshpana uylar bergin. Ularga qarab turadigan kishilarni va ularning kasallarini davolaydigan ularning barcha injiqliklarini ko‘taradigan va ado qila oladigan tabiblarni tayinla, zero bu ishlar davlat xazinasini behuda sovurishdan asraydi1. Demak, Amir Tohir, eng xudojo‘y ish taqvodorlik, uzlatga ketish emas, balki jamiyatda adolat o‘rnatish, xalqqa g‘amxo‘rlik qilish, yer yuzidagi hayotning mohiyatini insonparvarlik nuqtai-nazaridan tushunishni hamma narsadan yuqori qo‘ yadi. Shunisi hayratli va ibratomuzki, Amir Tohir o‘zining arab xalifaligining markaziy hokimiyatiga qarshi zimdan olib borgan siyosatini yurgizishda o‘z xalqi unga qanday madad berganligini doimo yoddan chiqarmagan. Shuning uchun ham u xalqning ahvolini qisman yengillatish bilan cheklanmasdan jamiyat, davlatning ravnaqi xalqning naqadar emin-erkin yashashida, boyib-kuchayib, gullab-yashashi uchun sharoit yaratib berishida, uning savodxonligini ko‘tarishida, maktab, madrasa, ilm-fan, ma’rifat eshiklarini aholining barcha tabaqa va qatlamlari uchun ochib qo‘ygan edi. Ilm-fan eshiklarini xoslarga ham, omilarga ham birdek ochib qo‘yish lozim, ilm fanning o‘zi johillar qo‘lida qolmagay - degan edi ma’rifatparvar amir.
Amir Tohir vasiyatnomasi podshozodalar uchun istisno xolni ifodalamay, o‘sha davr jamiyatida ma’rifat, bilim olish ilm-fan bilan shug‘ullanishga intilish jamiyatning ancha-muncha keng qatlamlari uchun hayotiy zaruriyatga aylanganligini, hatto aholining anchayin nochor, qismi ham ilm olishga intilganliklari va eng muhimi o‘sha davr jamiyati sharoitlarida bunga moddiy va boshqa imkoniyatlar topa olganligini ham ifodalaydi. Akademik V. V. Bartold o‘zi­ning "Mo’g’ullar bosqini davridagi Turkiston" nomli mashhur asarida yuqoridagi masalaga o‘rta asr manbalari asosida batafsil to‘xtalib, qishloqda yashovchi bir bevaning ikki o‘g‘lini Samarkand madrasalariga o‘qishga yuborib, ularning butun madrasa tahsili davomida o‘qishini o‘zining tikuvchilik kasbidan tushgan daromadi bilan ta’minlab tura olganligi to‘g‘risida xabar beradi1.
O‘rta asr mualliflari qoldirgan ko‘pgina manba’larda xalifalik markaziga ketib qolgan ko‘pgina Movarounnahr va Xurosonlik olim, faylasuflarning tohiriylar, somoniylar va keyinroq Xorazmshohlar tomonidan maxsus chaqirib olib kelinganliklari va ularning o‘z vatanlaridagi islomdan oldingi madaniyat, ilm-fan va falsafa ravnaqini va mahalliy ilmiy-falsafiy an’analar, maktablarni qaytadan tiklashda qatnashganliklari, jonbozlik ko‘rsatganliklari to‘g‘risida xabarlar beriladi. Xususan Nizomiy Aruziy, Samarqandiy, Roziy va Forobiy kabi olimlar tohiriylar va somoniylar tomonidan chaqirib olib kelinganliklari, o‘z yurtlarida ilm-fanni, falsafani o‘rganishni kuchaytirishda, islomdan oldingi mahaliy ilmiy-falsafiy va madaniy an’analar, maktablarni qaytadan tiklash va ravnaq toptirishida favqulodda rol o‘ynaganliklari haqida xabar beradi . Beruniy va Ibn Sino kabi mutafakkirlar butun hayotlari davomida Movarounnahr, Xuroson va Eron hududida yashab, o‘z ilmiy va falsafiy maktablarini yaratdilar1. Somoniylar "Sharq Arastusi" - O‘rta va Yaqin Sharq xalqlarining arab-musulmon madaniyati, fani va falsafasining asoschilaridan biri Turkistonlik buyuk faylasuf Abu Nasr Muhammad Ibn Muhammad Ibn Tarxon Ibn O‘zlag‘ al-Forobiy at-Turkiy(873-950yy.)ni ham Damashqlikdalik paytida chaqirtirib olib kelganliklari to‘g‘risida ba’zi ma’lumotlar saqlanib qolgan. Mazkur ma’lumotlarga ko‘ra qadim inson falsafasidan qilingan ko‘pgina tarjimalar, ularga yozilgan sharhlar nihoyatda qiyin tushuniladigan va o‘zaro ziddiyatliklari tufayli, ularni maxsus tahrir qilib, talqin qilib berish uchun somoniy amirlardan biri Forobiyni Buxoroga taklif etgan. Forobiy ana shu tahrir jarayonida dunyoga mashhur " Ikkinchi ustod"(al-muallim-us-sani-ya’ni Arastudan so‘ng insoniyatning ikkinchi ustozi) ta’limi "at-Ta’lim -us-sani" ("Ikkinchi ustod ta’lim")ni qadimgi Yunon, Arastu falsafasining eng to‘g‘ri, muxtasar bayonini yozgan2.
Agarda biz, mazkur voqe’adan qariyb 70-80 yillar o‘tgach, ash-Shayx-ur-Rais Ibn Sinoning Arastuning eng fundamental shoh asari "Mo ba’ad at-tabiyya"(ya’ni "Tabiatdan so’ng keladigan narsa haqida" - "Meta-fizika”)ni Forobiyning "At-Ta’lim-us-sani" asari yordamidagina tushuna olganligi to‘g‘risidagi o‘z tarjimai-holidagi ochiq e’tirofiga diqqat qilsak, Forobiyning ilmiy, madaniy, falsafiy qarashlari ayniqsa uning Fozil shahar (al-Madinat-ul-Fozila), Komil inson (al insani Kamil)to‘g‘risidagi siyosat madaniyatiga oid ta’limotlarining butun o‘rta asr Turkiston jahon fani falsafasi, madaniyati va san’ati taraqqiyotiga qanchalik kuchli, sezilarli ta’sir ko‘rsatganligini tasavvur qila olamiz.
Albatta tohiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar va bosh hukmdorlar o‘zlarining "ma’rifatparvar hokimi mutlaq" siyosatlarini yurgizishda eng avvalo o‘zlarining sinfiy-tabaqaviy manfaatlarini o‘z hukmronliklarini har tomonlama mustahkamlash, ko‘klarga ko‘tarib maqtash, o‘z qudratlarini boshqalarga namoyon qilish, keng xalq ommasini bu qudratdan qo‘rqish hayiqib turishiga o‘rgatishni ko‘zlaganlar. VIII–XIII asrlarda, yuqorida ta’kidlab o‘tilgandek, rivojlangan feodal jamiyat, yirik shaharlar, savdo markazlari vujudga kelib, ular dunyoviy madaniyat, ilm-fan falsafiy fikr san’atu-xalq hunarmandchiligi va amaliy san’ati keng ko‘lamda rivojlanishi uchun imkoniyat beradigan ijtimoiy va ma‘naviy taraqqiyot o‘choqlariga aylangan edilar. Ana shunday o‘ziga xos markazlar Xalab, Harron, Kufa, Basra, Damashq va Bag‘dodda ham Buvayxiy va Kakvayxiylada xukum surgan Balx, Hamadon, Seiston, Mozandaronda ham , Jurjon, Ray, Nishopur, Tus, Marv, Omulda ham, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz, Shosh, O‘tror, Farob, Axsikat, O‘zgan, Taroz, Bolosog‘un, Qorashahar va umuman Qoshg‘arning eng uzoq va chekka joylarida ham paydo bo‘lgan edi .
Yagona din, til, madaniyat, turmush tarzi, tafakkur usuli, umuminsoniy, axloqiy qadriyatlar juda keng dunyoqarashga ega bo‘lgan, jonli va harakatchan arab-musulmon jamiyati asosan mana shu biz qarab chiqayotgan VIII-XIII asrlar oralig‘ida shakllangan edi. Bunday keng ko‘lamli ijtimoiy va madaniy taraqqiyot, madaniyat, sivilizatsiya taraqqiyotining jug‘rofiy etnik yoki ijtimoiy asoslarini kengaytirib qolmay, bu madaniyatni g‘oyaviy-nazariy jihatdan yangicha bosqichga ko‘tarilishiga, tamomila yangicha sof ilmiy-texnik maqsad va qiziishlarga sig‘inadigan, bunday qadriyatlarni tushunadigan va ulardan bahra oladigan ancha-muncha ozod, erkin va keng fikrlaydigan, fan, falsafa, badiiyat va madaniyat- san’at qudrati, kuchini soxta qadriyatlar uchun emas, balki inson manfaatlari va maqsadlari yo’lida, uning sha’ni va aqlu-zakovotiga to‘g‘ri keladigan qilib foydalana oladigan kishilarni tarbiyalash zaruratiga olib keldi1.
IX asr oxirlarida Nishopur, Marv, Rayda, X asr boshlarida Buxoro va Samarqand kabi shaharlarda o‘rta asrlar sharoitida birinchi bo‘lib o‘rta-maxsus va Oliy ta’limniig eng dastlabki shakli, "O‘rta asrlarning dorilfununlari" bo‘lmish madrasalar (diniy, dunyoviy, shaxsiy) vujudga keldi. Madrasalarning masjidlardan farqi o‘zining ko‘pincha dunyoviy va uzoqni ko‘zlab qo‘yilgan maqsadlarga - maxsus oliy malakali mutaxasislarni tayyorlashni ko‘zda tutib qurilganligi bilan bilinar edi. Bundan tashqari har qanday o‘rta darajadagi madrasa ilmiy, diniy-axloqiy, huquqiy va boshqa ijtimoiy masalalarni erkin, johillikdan xoli yuksak nazariy darajada muhokama, tahlil qilishni mazkur masalalar yuzasidan boshqa diniy mazxablar, ilmiy-falsafiy maktablar vakillari bilan ochiq munozaralar olib bora olish yuksak malakali ustodlardan aniq va har taraflama mukammal javob ola bilishni ko‘zlab turli olim, fozillar, axloqshunoslar, diniy mazxablar, ilmiy, falsafiy ta’limotlar, olimlarning bilimdonlari, amaliyotchi siyosatdonlar, savdo-sotiq tijorat ahli to‘plagan mo‘tabar madaniy, kommunikativ, jamoatchilik fikrini shakllantiradigan ma’rifat-ziyo tarqatadigan maskan edi. Ularda ustodlar, ularning xalfalari, toliblar, muhojir- musofirlar uchun xonalar(hujralar), kutubxonalar, tabiatshunoslik, xususan o‘simliklar, hayvonot olami, tabiatni, bog‘dorchilik, dehqonchilikni o‘rganishda tajribalar o‘tkaziladigan sharoitlar, asbob-uskunalar, xodimlar, farroshlar, hatto rasadxonalar va shifoxonalar ham bo‘lgan. Madrasaning masjiddan eng muhim farqlaridan biri shunda ediki, bu yerga oila va ibtidoiy maktabda (qishloq, mahalla maktablari) shuningdek hozirgi o‘rta-maxsus bilim yurtlariga to‘g‘ri keladigan, muayyan shahar, tuman va hatto mamlakatda ancha-muncha dong‘i ketgan maktabdorlar qo‘lida tahsil ko‘rgan ma’lumoti yetarli, diniy-axloqiy, ilmiy-falsafiy masalalar yuzasidan mustaqil fikr yurita oladigan diniy yoki ilmiy qiziqishlari kuchli, o‘z darajasini chuqurlashtirish niyatidagi ilm-fan fidoyilari kelar edilar. Madrasada diniy bilimlar - Qur’on, hadis, tafsir, shariyat ilmlari (Kalom, fiqh), diniy ilmiy falsafiy mazhab, tariqat va ta’limotlar tarixi, ayniqsa diniy marosimchilik o‘rganilib qolmasdan, qadimgi va mumtoz arab tilining barcha muammolari, arab va boshqa xalqlar adabiyoti, tarixi, jug‘rofiyasi, riyoziyot, xandasa, ilmi nujum, tibbiyot, alkimyo, ma’danshunoslik kabi fanlar quruq (tadris), balki chuqurlashtirilgan va maxsuslashtirilgan shaklda bahslashuv uzoq va surunkali ma’ruzalar, mudarrislar, ko‘pincha maxsus taklif etiladigan mutaxassislarning chuqur tushuntirib berishi tarzida tashkil etilar edi. Tarixiy manbalarda Imom Buxoriyning Bag‘dod madrasalaridan birida tashkil etgan ana shunday davrasini 20000 tolib, Abul Hasan al-Ash’ariyning 3-4 ming, Abul-Nosim Samarqandiyning 6-8 ming, Abu Mansur Moturudiy Samarqandiyning(har ikkisi Buxoro, Samarqand madrasalarida), Imom G‘azzoliyning Nishopur va Bag‘dodda 8 mingacha tolibni birlashtirgan davralari bo‘lganligi haqidagi xabarlar bizgacha yetib kelgan. Basra, Kufa, Xalab, Damashq, Bag‘doddagi madrasalarda davralargina emas, Xorazmiy, Farg‘oniylar yetakchilik qilgan akademiya tipidagi uyushmalar doimiy ishlab turgan.Ta’lim va tahsilning bunday yuksak talab va darajada, ko‘lamda olib borilishi ijtimoiy taraqqiyotning, davrning talabi edi albatta, bunday talablarga maktab yoki masjid ta’limi va tahsili javob bera olmas edi. Ilmiy,falsafiy va boshqa, shuningdek din, shariatga oid munozara talab masalalarni masjidda muhokama qilib bo‘lmas edi, bu uning vazifasiga ham kirmas edi. Xolbuki, VIII–IX asrlarning faol ijtimoiy ma’naviy taraqqiyoti arab-musulmon dunyosini mafkuraviy sabr toqatlilik, bag‘ri kenglik, ya’ni plyuralizm madaniyatining yetilganligi muhim ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy, diniy-axloqiy, huquqiy masalalarni muhokama qilishi, dunyoviy, ilmiy falsafiy fikrlashni kun tartibiga qo‘ymoqda edi. Madrasalar va akademiyalar tipidagi "Doril-Hikma", "Sivan-ul-Hikma", "Dorul- Ilm", "Dor-ut-Tibb" va h. k. larni yuqoridagi tarixiy zarurat talabi natijasida paydo bo‘ldilar. Tez orada ular Qoshg‘ardan to Mag‘ribgacha bo‘lgan eng Ma’mura dunyoga yoyilib ketdi va arab-musulmon madaniyati va sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lib qoldi1.
Tohiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, buvayhiy, hamdoniylar, xorazmoshohlar saroylarida yuqorida sanab o‘tilgan va boshqa "donolik uylari" nomli ilm-fan, falsafa, madaniyat ma’rifat ahillarining maxsus akademiya tipidagi hamkorligi vujudga kelgan edi. Xususan Nishopur shahri qozisi Ibn Xibbon (vafoti 965-yil) aholiga ana shunday donolik uyini vasiyat qilib, uni kutubxona, muhojir talabalar, ustozlar va olimlar uchun turar joylar, xodimlar, farroshlar bilan hamda nafaqa bilan ta’minlagan. Bunday dono­lik uylari Rayda o’rta asrlarning ulug’ ma’rifatparvariSohib ibn Abbod (X asr),Nishopurda Ibn Amidlar tomonidan Buxoroda somoniylar, Xorazmda Ma’mun (XI asr)tomonidan bunyod etilgan, Ularda o’z davrining eng mashhur olim va faylasuflari,siyosatchilari, axloqshunoslari, munajjimlari, kimyogarlari, ma’danshunoslar, javohirshunoslar, musiqachilar, san’atkorlar, shoir va adiblar,tabiblar,riyoziyotchilar, me’morlar, muxandislar, kosiblar to’planar edilar.
Mazkur donolik uylari faqat bahs-munozarlar, fikr almashiladigan joy bo’lib qolmasdan, qadimgi hind, yunon fani, falsafasining eng nodir namunalarini tarjima qilish bilan maxsus shug’ullanadigan tarjimonlar ishlab turardi,ularga sharhlar yozilardi va yangidan-yangi ilmiy, falsafiy yoki badiiy kashfiyotlar, texnikaviy yangiliklar amalga oshirilar, original ilmiy, tarixiy, jug’rofiy va boshqa asarlar yozilardi, tibbiyotga oid kuzatishlar alkimyoviy tajribalar, falakiyotga doir tadqiqotlar olib borilar edi.
Tadqiqotimizning ushbu bobiga quyidagi dalillar bilan xulosa keltiramiz: O’zbekistonda Sharq Uyg‘onish davri masalasi mahalliy materiallarni umumlashtirgan holda yetarli ishlanmagan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi uyg‘onish haqida gap borganda IX-XII asrlar avvalo xorijiy madaniyat va qaror topgan islomiy eti’qodga nisbatan rivojlangan va boyigan qadimiy madaniyat negizida milliy Uyg‘onish deb qaralmog‘i lozim. Markaziy Osiyo uzoq yillik tarixida ko‘p bosqin va talonchiliklarni ko‘rdi, ularga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurash olib bordi. Haqiqat shundaki, har bir bosqindan so‘ng milliy davlatchilik va madaniyat tiklandi. Mustaqillikka intilish g‘oyasi va harakati o‘zga xalqlar tomonidan yaratilgan madaniyatlarni inkori emas. Markaziy Osiyo madaniyatida umuminsoniy ahamiyatga molik jamiki madaniyat yutuqlari ijodiy uyg‘unlashganidek, ayni paytda mintaqa madaniyati boshqa xalqlar madaniyatlariga samarali ta’sir ko‘rsatdi va ularni boyitdi.
Mavjud adabiyotlar va fikrlar tahlili asosida Markaziy Osiyodagi xalqlar Milliy madaniy Uyg’onishni uch davrga bo’lishi mumkin:
1. IX-XII asrlar- arab bosqinidan keyingi davr.
2. XIV-XV asrlar mo‘g‘ul istilosidan keyingi davr.
3. XX asr boshi va hozirgi davr kolonial bosqin va Sovet davridan keyingi siyosiy, milliy,madaniy uyg‘onish.
Mustaqillik va milliy madaniyat Uyg‘onish hodisalari mohiyatan, ichki jihatdan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu xususda akademik M.M. Xayrullaev shunday yozadi: «Mustaqillik va uyg‘onish, mustaqillik va yuksalish uzviy bog‘liqdir, u bizdan aql-idrokni, bilimni, istedod-u qobiliyatni, faollikni, kuch-g‘ayratni talab etadi»1.
Markaziy Osiyoda uyg‘onish davri madaniyatining belgilari quyidagicha:

  • dunyoviy ilmlarga intilish, din va diniy bilimlarni jamiyat, insonlar manfaati nuqtai nazaridan talqin etish;

  • Turli xalqlarning ma’naviy-madaniy merosi o‘tmish madaniy qadriyatlaridan (arab, eron, yunon madaniyati boyliklari) foydalanish;

  • Tabiatni, mavjud hayotni, mavjudotni o‘rganishga qiziqishning kuchayishi, uning sirlarini ochishga va undan foydalanishga intilishning ortib borishi, shu munosabat bilan tabiatshunoslik ilmlarining rivojlanishi;

  • Bilishda aqlni me’zon deb bilish, aqliy bilish, ratsionalistik usul, ilmiylik rolining oshib borishi;

  • Insonga muhabbat, uning ahloqiy, aqliy xislatlarini, qobiliyatlarini o‘rganish va fazilatlarini ochib berishga intilish, mantiq ilmiga katta e’tibor berish, komil insonni tarbiyalash, yetuk fozil jamoa haqidagi fikrlarni asoslab berish;

  • Diniy tasavvur, diniy ta’limotlar rivojida diniy-axloqiy mavzuning ustunligi, inson xulqi, manfaatlarining diniy g‘oyalarda yetakchi mavzuga aylanishi, ichki ma’naviy kamolot, Ollohga sub’ektiv ichki mukammallashuv, ma’naviy-ruhiy ko‘tarilish, yuksalish yordamida erishuv va uning sifatlariga muyassar bo‘lishga qaratilgan faoliyat;

  • Og‘zaki va yozma so‘zga katta e’tibor, uning ijtimoiy-axloqiy qudratini kuylash, ta’riflash, she’riyat, filologiya, badiiy madaniyatning yuksak rivoji, so‘z san’ati, ritorika bilan shug‘ullanish madaniylikning muhim belgisiga aylanib qolishi.

O‘rta Osiyoning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti, yirik feodal davlatlarning vujudga kelishi, boshqa xalqlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalarning kengayishi, ariq va kanallar ochilishi, ko‘priklar qurilishi, binokorlik, kemasozlik, zargarlik, karvon savdosi va boshqa-boshqa sohalarning rivojlanishi ilm-fanning ham ravnaq topganidan dalolat berar edi. Falsafa, mantiq, meditsina, tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik kabi fanlarning taraqqiyoti esa madaniyatning boshqa sohalariga ham ta’sir etmay qolmadi. Mu’tazaliylar1 (bu so‘z arabcha bo‘lib, yiroqlashtiruvchi, ajratuvchi degan ma’nolarni bildiradi) harakati ijtimoiy fikr taraqqiyotida VIII—IX asrlarda paydo bo‘lgan ijobiy hodisa edi. Bu harakat ratsionalistik mohiyatga ega bo‘lib, kishining irodasini e’tirof qilgan, taqdir haqidagi ta’limotni rad etgan edi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, O‘rta Osiyo olimlari mahalliy xalqlarning arab bosqinchilari istilosiga qadar ilm-fanda erishgan yutuqlari an’anasini davom ettirib, rivojlantirdilar. Shu bilan birga, ular yunonlar, hindlar, arablar va boshqa xalqlarning ilmiy tajribasidan ijodiy foydalanib, turli mamlakat olimlari bilan hamkorlik qildilar. Buxoro, Urganch, Marv, Balx, Bag‘dod, Shom va boshqa shaharlar sharq olimlarinnng hamkorligining markaziga aylandi. Bir vaqtlar Yevropa mamlakatlarida lotin tili ilm-fan sohasidagi xalqaro til bo‘lgani singari, sharq mamlakatlarida arab tili ham ilm-fan sohasidagi xalqaro tilga aylandi. Xalifalikka qaram bo‘lgan mamlakatlarda arab tili birmuncha vaqt davlat tili bo‘lib, u madaniy hayotda ham ma’lum o‘rin tutdi; mahalliy ziyolilar arab tilini mukammal egallab olib, boshqa tillarda yozilgan turli asarlarni shu tilga tarjima qila boshladilar. Bularning barchasi turli mamlakat olimlarining o‘zaro aloqasi va hamkorligi uchun arab tilining xalqaro til bo‘lishiga xizmat qildi.
O‘rta Osiyo olimlari ham, boshqa Sharq mamlakatlarining olimlari kabi, o‘z asarlarini arab tilida yozdilar. Shu bilan birga, mahalliy xalqlarning tilida ham, jumladan dariy (fors-tojik) tilida ayrim asarlar yaratildi. Bunga Ibn Sinoning «Donishnoma» asari, Rashididdin Vatvot, Nizomiy Aro‘z Samarqandiylarnining adabiyotshunoslik asarlari, Nizomulmulkning «Siyosatnoma»si va boshqalar misol bo‘la oladi.

______________________________________________





Download 173,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish