§. GEOGRAFIK BASHORAT HAQIDA TUSHUNCHA
Geografik qobiqning kelajakdagi holatini oldindan ko‘ra bilish, fan-texnika inqilobi sharoitida insonning tabiiy muhitga ta’siri va uning oqibatlarini oldindan ilmiy asosda ayta olish va asoslab berish zamonaviy geografiya fani oldida turgan muhim muammo- lardan biri hisoblanadi.
Fanda biror hodisa yoki biron-bir obyekt holatining o‘zgari- shini oldindan ko‘ra bilish va ayta olish bashorat deb ataladi.
Hozirgi paytda geografiyada bashoratlash va bashorat tushun- chalari mavjud. Bashoratlash — o‘rganilayotgan borliq (obyekt) holatining o‘zgarishi haqida ma’lumotlar yig‘ish yoki olish jarayo- nidir. Bashorat esa bashoratlash bo‘yicha tadqiqotlarning natija- sidir. Umuman bashorat deganda o‘rganilayotgan borliq yoki hodisaning kelajakdagi holat va ko‘rinishining tavsifi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |