9
Shaharlar va jamiyat rivojlanishida, ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishi va hududiy paydo bo`lishidagi o`rni
(2-soat)
REJA:
1. Shaharlar va qishloqlarning jamiyat rivojlanishidagi tutgan o`rni
2. Shaharlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va hududiy
paydo bo`lishidagi o`rni
«Urban» (urban) – shahar, «zatsiya» - jarayon demakdir. Shu ma`noda
urbanizatsiya mamlakat yoki boshqa xududlarning shaharlashuvini anglatadi. U
o`ta murakkab, ijtimoiy-iqtisodiy va butun dunyoga xos global jarayondir. Biroq
uning geografik jihatlari ham kam emas, chunki urbanizatsiya turli mamlakat va
rayonlarda o`zgacha sodir bo`lmoqda.
Urbanizatsiya murakkab xodisa ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon,
ko`rsatkich bilan ifodalash, o`lchash mumkin emas. Ammo, shunday bo`lsa-da,
barcha uchun qulay bir ulchov kerak. U ham bo`lsa mamlakat va boshqa xududlar
aholisining qanchasi, qancha qismi shahar joylarda yashashi, ulushi, nisbiy
xissasidir. Masalan, Uzbekiston Respublikasida bu ko`rsatkich 38%, Tojikistonda-
32%,
Afgonistonda-19%,
Turkmenistonda-48%
va
x.k.
Rivojlangan
mamlakatlarda urbanizatsiya koeffitsienti 90 va undan ortiq foizni tashkil etadi.
Urbanizatsiyaning umumiy ko`rsatkichi bilan mamlakat iqtisodiyotining
rivojlanganlik darajasi va uning tarkibiy tuzilishi orasida ma`lum aloqadorlik bor.
Chunonchi, agar urbanizatsiya koeffitsienti taxminan 70-75 va undan ortiq bo`lsa,
u xolda mamlakat sanoat jihatidan yuksak darajada rivojlangan industrial
mamlakat xisoblanadi; 50-70 %-bu rivojlangan, milliy iqtisodiyoti industrial-agrar;
30-50%-rivojlanayotgan agror-industrial va 30 foizdan past bo`lsa, sust rivojlangan
agrar mamlakat holatida bo`ladi.
Ammo, shuni alohida ta`kidlash joizki, urbanizatsiyaning yuqoridagi
ko`rsatkichi hamma vaqt va hamma joylar ham real xududiy-iqtisodiy vaziyatni
aks ettirmaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Chukotka o`lkasida yoki
Kamchatka, Magadan viloyatlarida, o`zimizning Qoraqalpog`istonda urbanizatsiya
ko`rsatkichi nisbatan yuqori. Biroq, bu xududlar iqtisodiy jihatidan uncha
rivojlanmagan.
O`zbekiston bilan Turkmenistonni olaylik: urbanizatsiyaning demografik
ko`rsatkichi Turkmanistonda biznikidan ko`ra ancha yuqori. Vaholanki,
iqtisodiyotda bunday xulosa chiqarish noto`g`ri bulardi.
Demak, u yoki bu mamlakat urbanizatsiya darajasini boshqa mamlakat bilan
qiyoslaganda kuyidagilarga e`tibor berish lozim:
- shahar tashkil qilish mezonlari (masalan, Turkmenistonda buning uchun 5
ming kerak, O`zbekistonda - 7 ming);
- Shaharlarning umumiy soni va zichligi;
- yirik shaharlarning mavjudligi;
- shahar aglomeratsiyalarining rivojlanganligi;
- qishloq-shahar va mayatniksimon migratsiya;
- aholining bandlik darajasi va tarkibi;
- qishloq joylar urbanizatsiyasi, qishloqliklarda shaharchasiga yashash
tarzining mavjudligi va h.k.
Yukoridagilar urbanizatsiyaning naqadar murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa
ekanligidan yana bir bor dalolat beradi.
Albatta, urbanizatsiya-bu ob`ektiv va umuman olganda ijobiy jarayon.
Ammo uning salbiy tomonlari ham yuq emas. Chunonchi, ekologik va sotsial
muammolarning keskinlashuvi hozirgi zamon urbanizatsiyasining eng ko`zga
kurinarli salbiy «yuldoshlaridir».
O`rta Osiyo va O`zbekistondagi urbanizatsiya sharqona xususiyatga ega.
Binobarin, bu erda urbanizatsiya ko`rsatkichini yaqin kelajakda 70-80 foiz
bo`lishini tasavvur qilish qiyin va bunday aslo bulmaydi ham. Sababi-bizda
Shaharlar rivojlanishi qishloq xo`jaligi bilan qadimdan an`anaviy holda bog`lik.
Qolaversa, bunday mamlakatlarda qishloq urbanizatsiyasi ham katta
axamiyatga ega. Boz ustiga, respublikamiz raxbariyati qishloq joylarda ijtimoiy-
iktisodiy
tub
uzgarishlarni
amalga
oshirish,
qishloq
industriyasi
va
infrastrukturasiga jiddiy e`tibor karatmokda-ki, bu xam urbanizatsiyani ichkaridan,
«yashirincha» rivojlanishidan darak beradi. Demak, urbanizatsiyaning umumiy
demografik kursatkichigarcha ma`lum kulayliklarga ega bulsa-da, uning ayrim
nozik jixatlari xam mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |