Шахарлар ва кишлоклар гео-узб


Surxondaryo viloyati qishloq aholi manzilgohlarining soni va tarkibiy



Download 278,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana31.12.2021
Hajmi278,48 Kb.
#260127
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Shaxarlar geografiyasi

Surxondaryo viloyati qishloq aholi manzilgohlarining soni va tarkibiy 

tuzilishidagi o`zgarishlar 

Surxondaryo  viloyatida  jami  114  ta  (2007  yil)  qishloq  fuqoralar  yig`inlari 

(QFI) mavjud. Ular tumandan keyingi kichik-ma`muriy xududiy birlik bo`lib, turli 

hil  o`lcham  va  ko`rinishdagi  qishloqlarni  o`zida  birlashtiradi.  Shu  boisdan 

dastavval qishloq aholi manzilgohlarning yuqori bo`g`ini bo`lmish QFY va undan 

qishloqlar qismiga o`tish ishning to`laqonli bajarilishiga imkon beradi. Qolaversa, 

QFY  soni  va  ularning  aholisini  o`rganish  orqali  qishloqlar  rivojlanishidagi  qator 

tabiiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  omillarni  bir  butun  uyg`unlikda  aniqlash  imkoni 

yaratiladi.  

Viloyat  statistika  bosh  boshqarmasi  bergan  ma`lumotga  ko`ra,  mantiqada 

QFY lari soni muttasil oshib borgan. Jumladan, oxirgi aholi ruyxati davrida, (1989 

yil)  mintaqada 91 ta QFY lari mavjud bo`lgani holda, hozirga kelib ularning soni 

23 taga kupaygan.  

O`zbekiston  Respublikasi  shahar-sozlik  kodeksiga  binoan  qishloq  aholi 

punktlari  o`zlanining  demografik  salohiyati  bo`yicha  yirik,  katta,  o`rta  va  kichik 

darajada 

sinflashtiriladi. 

Ushbu 


klassifikatsiyaga 

asoslangan 

holda 

Surxondaryodagi  QFY  lardan  30  tasi  hozirgi  kunda  (26  foiz)  har  birining  aholisi 



5000-10000  kishigacha  bo`lgan  guruhga  mansub  bo`lsa,  10  tasi  (8,7  foizi)  5000 

kishigacha, 37 tasi (32,4 foizi) 10001-15000 va huddi shunday ko`rsatkich 15—1 

dan ko`piga to`g`ri kelmoqda  

Keltirilgan  ma`lumotlardan  viloyatdagi  QFYlari  sonining  ortib  borishi 

aholisi  sonining  o`sishida  ham  kuzatiladi.  Masalan,  1989  yilda  aholi  soni  10000 

kishidan  ko`p  bo`lgan  QFYlari  jami  QFY  larining  yarmiga  teng  bo`lgan  bo`lsa, 

2008 yilda ularning soni 74 tani tashkil etib, etakchilik qilmoqda.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

1-jadval 




Surxondaryo viloyati QFI larini aholi soni salmog`iga ko`ra guruhlash 

 

1989-yil 



2008-yil 

Aholisi 


aholisi 

guruhlash 

soni 

foizda 


kishi 

soni 



foizda 

 

kishi 



0-5000 


kishigacha  

5001-10000 

10001-15000 

15001dan 

ko`p 

 



37 

46 


 

8,8 



40,6 

50,6 


 

93415 



382576 

282325 


220330 

 

9,6 



39,1 

28,9 


22,5 

 

10 



30 

37 


37 

 

8,7 



26,4 

32,4 


32,5 

 

39061 



237474 

476452 


821905 

 

2,5 



15,0 

30,3 


52,2 

Jami 


91 

100,0 


978646 

100,0 


114 

100,0 


1575,2 

100 


(Jadval 1989 yilgi ruyxati va Viloyat statistika boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzildi)  

 

10001-15000  kishigacha  bo`lgan  guruhga  to`g`ri  keluvchi  qishloqlar  1989-



2008 yillarda 1,2 martaga qiskargan holda, 15001 dan ko`p guruhga kiruvchi QFY 

lari soni ushbu yillarda 37 taga etdi.  

 

Axolisining  miqdoriga  ko`ra  ham  aynan  shu  guruhdagi  QFYlari  eng  katta 



ko`rsatkichlarga ega. Biroq, birinchi va ikkinchi guruhga tegishli QFY son jihatdan 

hali  ham  ustun  bo`lsada,  ularning  ijtimoiy  –  iqtisodiy  rivojlanishi,  infratuzilma 

tizimining  shakllanishda  biroz  qiyinchiliklar  to`g`diradi.  Ammo  qishloqlarning 

tobora yiriklashib, kengayib borishi bunday muammolarni hal etish uchun zaruriy 

imkoniyatlar yaratadi.  

 

Surxondaryo  viloyatidagi  qulay  tabiiy  geografik,  iqtisodiy-ijtimoiy  va 



demografik  shart-sharoit  mintaqa  bo`yicha  QFY  larining  turlicha  taqsimlanishiga 

olib  kelgan.  Jumladan,  ularning  eng  ko`pi  (18  ta)  Denov  tumanida  bo`lsa, 

Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Sherobod va Sho`rchi tumanlarida ularning soni 9-

10  tadan  to`g`ri  keladi.  Shuningdek,  Angor,  Baysun,  Jamqo`rg`on,  Uzun  va 

Qumqurg`on  tumanlarida  7-8  tadan,  Bandixon,  Qiziriq,  Termiz  tumanlarida  esa 

eng kam, atigi har birida 5 tadan, holos. QFY larning aksariyati, ya`ni ko`p sonlisi 

Denov  tumanida  mujassamlashgan  bo`lib,  ular  viloyat  jami  qishloqlarining  15,7 

foizini o`ziga qamrab oladi.  

 

Statistika  bosh  boshqarmasi  tamonidan  berilgan  ma`lumotlarga  binoan, 



viloyatda  847  ta  (2008  yil)  qishloqlar  mavjud  (O`z.R  -11843  ta)  bo`lib,  bu 

qishloqlar  umumiy  miqdorini  ifodalovchi  ko`rsatkich  turli  yillarda  o`zgarib 

kelmoqda.  Chunki,  viloyat  tarkibidagi  qishloqlarning  soni  1999  yilda  975ta 

bo`lgan  bo`lsa,  hozirga  kelib  ularning  soni  128  taga  kamaygan.  Bunga  sabab 

kichik-kichik qishloqlarning yirikroq qishloqlarga qo`shilib ketishidir.  

 

Qishloqlar  sonining  davriy  o`zgarishi  xududiy  tafovitlarga  ham  ega. 



Chunonchi,  Surxondaryo  viloyatining  shimoli-sharqiy  xududida  joylashgan 

tumanlar takibiga kiruvchi qishloqlar nisbatan ko`pligi Bilan ko`zga tashlanadi. Bu 

erlardagi qishloqlar  tog`lardan oqib  tushuvchi soy,  daryo  bo`ylarida,  yo`l  atrofida 

tarqalgan  bo`lib,  aholisining  zichlik  ko`rsatkichi  nisbatan  olganda  pastdir. 

Aksincha, aholisi zich joylashgan janub, janubiy-g`arbiy xududlardagi tumanlarda 

qishloqlar  kam 

sonli. 

Viloyatning 

aksariyat 

qishloqlari 

Termiz-Denov 

yo`nalishdagi  avtomobil  va  temir  yo`l  hamda  Surxon  daryosi  vodiysi  bo`ylab 




joylashgan, viloyat markazidan shimoli – sharq tamonga yo`nalgan ushbu transport 

va daryo yo`llari o`tgan xududlarda jami qishloqlarning 61,1 foizi to`plangan.  

 

Mavjud  qishloqlarning  geografik  joylashuviga  nazar  tashlasak,  Denov  (125 



ta),  Sariosiyo  (108  ta),  Sherobod  (70  ta),  Jarqo`rg`on  (74  ta)  va  Uzun  (74  ta) 

tumanlarida ularning eng ko`pi mujassamlashganligini ko`ramiz. Bandixon (17 ta), 

Angor (36 ta) va Termiz (34 ta) tumanlari esa qishloqlarning soni nisbatan kamligi 

bilan tafsiflanadi.  

 

Sunxondaryo  viloyati  aholi  manzilgohlarini  geografik  tadqiq  etishda 



ulardagi  aholi  soni  muhim  mezon  vazifasini  utaydi.  Sababi,  aholining  xududiy 

tarqalish  va  joylashuv  jarayonlarini  avvalo  aholi  manzilgohlaridagi  aholi  soni, 

uning  zichligi,  katta-kichikligi,  ular  orasidagi  masofa  kabi  xususiyatlar  belgilab 

beradi. 


 

Viloyat  qishloq  fuqoralar  yig`inlari  tarkibidagi  500  kishigacha  bo`lgan 

qishloqlar jami qishloqlarning 12,0 foizini tashkil etib, miqdori bo`yicha uchinchi 

o`rinni  egallaydi.  Aholisi  501-1000  kishidan  iborat  qishloqlar  esa  (20,3foiz) 

ikkinchi, 1001-3000 kishigacha bo`lgan guruhga mansub qishloqlar eng kam sonli, 

ya`ni  atigi  8  tani  tashkil  etishi  ularning  hamon  kichik  va  o`rta  guruhga  mansub 

ekanligini ko`rsatadi.  

 

Surxondaryo  viloyatida  qishloqlar  soni  1989-2006  yillarda  deyarli  10 



barobarga  ortti.  Xuddi  shunday  aholi  soni  ha`m  muttasil  oshib  bormoqda.  Ayni 

vaqtda  aholisi  500  kishiga  bo`lgan  qishloqlar  oxirgi  aholi  ruyxati  ma`lumotidagi 

soniga  nisbatan  qisqarganligi  ko`zatiladi.  Bunday  vaziyat  kichik  qishloqlarning 

o`zaro  qo`shilib  ketishi  tufayli  o`rta  va  yirik  guruhga  tegishli  qishloq  aholi 

manzilgohlari va ulardagi aholi soni oshganligi Bilan bog`liq.  

Qishloq  aholi  manzilgohlarining  soni,  o`sishi,  xududiy  tarqalishini 

o`rganish,  ularning  joylashuvidagi  o`ziga  hos  xususiyatlarni  ko`rsatib  beradi. 

Sababi,  viloyatdagi  qishloqlarni  soniga  ko`ra  guruhlashtirilib  tahlil  etilganda 

barcha  tumanlar  deyarli  bir-biriga  o`xshamasligi,  har  biri  o`zgacha  mavqeyni 

egallashi ma`lum bo`ldi. Jumladan aholisi 500 kishigacha bo`lgan guruhga 117 ta 

qishloq  to`g`ri  kelsa,  buning  eng  ko`pi  Sariosiyo  (25,6  foiz),  Boysun  (15,4  foiz), 

Denov (14,2 foiz) tumanlarda joylashganligini ko`ramiz.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

2-keste 


Shu jumladan soniga ko`ra  

Tumanlar  

QAM 

500 


kishigacha 

500-


1000 

1001-


3000 

3001-


5000 

5001  dan 

yuqori 

1. Angor  

4,2 





5,6 

7,8 


2. Boysun 

6,6 

15,4 


6,3 

3,7 


3. Bandixon 



2,0  

0,5 


3,3 

2,6 


4. Denov 



14,7 

14,2 


14,9 

13,7 


9,4 

11,1 


5. Jarqo`rg`on 

8,7 


5,7 

7,6 


8,6 

11,2 


5,6 

6. Muzrabot  

6,6 

6,8 


6,4 

5,8 


5,8 

16,6 


7. Oltinsoy  

5,2 


5,1 

4,3 


7,2 

7,9 


11,1 

8. Sariosiyo 

12,8 

25,6 


14,4 

10,1 


2,2 

9. Termiz  



4,0 

2,7 



4,3 

7,9 


5,1 


10.Uzun 

8,7 


13,7 

10,7 


8,9 

7,9 


11,1 

11.Sherobod 

8,3 

7,7 


16,0 

8,4 


3,3 

12.Sho`rchi 



5,2 

3,4 


1,6 

6,4 


8,9 

11.1 


13.Qiziriq 

5,2 


1,7 

5,3 


5,6 

6,7 


14.Qumqo`rg`on  7,8 

3,4 

6,9 


8,9 

14,6 


27,7 

JAMI  


100,0 

100,0 


100,0 

100,0 


100,0 

100,0 


(jadval viloyat statistika boshqarmasi ma`lumotlari asosida muallif tamonidan hisoblanadi) 

 

Uzun,  Denov,  Oltinsoy  va  Jarqo`rg`on  tumanlarida  aholi  soni  5001  dan 



yuqori  bo`lgan  qishloqlarning  jadallik  bilan  o`sib  borishi  ko`zatiladi.  Chunki, 

3001-5000 va 5001 guruhiga mansub qishloqlar bu tumanlarda, nisbatan olganda, 

ko`pligi  bilan  ajralib  turadi.  Birgina  Bandixon  tumanida  jami  qishloqlarning  88,1 

foizi aholisi 1001-3000 kishigacha bo`lgan qishloqlar ekanligi bilan yaqqol ko`zga 

tashlanadi.  

 

Aholisi  5001  kishi  va  undan  ortiq  bo`lgan  guruhga  to`g`ri  keluvchi 



qishloqlar  viloyatning  asosan  8  tumanida  mavjud  bo`lib,  jami  qishloqlarning  1,9 

foizini,  aholisinining  7,2  foizini  o`zida  mujassamlashtirgan.  Bu  borada,  ba`zi 

tumanlar tarkibiga kiruvchi qishloqlarning aholisi juda oz, hatto 1-2 kishidan iborat 

qishloqlar  mavjudligi  aniqlandi.  Bular  baland  tog`  yon  bag`ridagi  soylarda 

joylashgan qishloqlar bo`lib, u asosan Sariosiyo tumanining eng yuqori qismidagi 

To`polong,  Bobotog`  qishloqlaridir.  Sariosiyo  tumani  viloyat  xzududining  19,5 

foizini egallagan holda, kata qismi tog`liklardan iborat bo`lib, jami qishloqlarning 

eng  ko`pi  ham  (12,8  foizi)  shu  erda  to`plangan.  Shuningdek,  Stog,  Hazorbog` 

qishloqlarida ham atigi 69-34 kishi yashaydi. Xudi shunday tog` qishloqlariga yana 

Uzun tumanidagi Terak (65 kishi) va Pastki Kalon (88 kishi) qishloqlarini kiritish 

mumkin. Mazkur tumanlar maydoniga ko`ra nisbatan kengligi bilan ajlarib turadi. 

Ayni  vaqtda  Ushbu  tog`  xududlaridagi  mayda  qishloqlar  tobora  yiriklashib,  ular 

orasidagi  masofasi  o`zaro  yaqinlashib  bormoqda.  So`nggi  paytlarda  QAMlari 

aholisining  demografik  rivojlanishi  natijasida  qishloqlar  orasidagi  masofaning 

borgan sari qisqarishi, qishloqlar chegarasi kengayishi va undagi aholining ortishi 

ruy bermoqda.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



Download 278,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish