Шахарлар ва кишлоклар гео-узб


  Shaharlar va qishloqlarning klassifikatsiyasi



Download 278,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana31.12.2021
Hajmi278,48 Kb.
#260127
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Shaxarlar geografiyasi

7 

Shaharlar va qishloqlarning klassifikatsiyasi 

(2-soat) 

REJA: 

1. Shaharlar va qishloqlarni klassifikatsiyalash 

2. 

Suvg`oriladigan 

dehkonchilik 

vodiylarida 

shaharlar 

va 

qishloqlarning murakkab hududiy yuzaga kelishi. 

 

Oldingi  ma`ruzalardan  ma`lum  buldiki,  Shaharlar  har  xil  omillar  asosida 



vujudga  kelib,  o`ziga  hos  vazifalarni  bajarishga  ixtisoslashadilar.  Agar  dastlabki 

shaharlarning  uzoq  utmishda  paydo  bo`lishi  ijtimoiy  mehnat  taqsimoti  ta`sirida 

bo`lsa, ularning funktsional tiplari xududiy mexnat taksimotining natijasidir. 

Shaharlar bajaradigan vazifalariga ko`ra turliligi ularning Ayni paytda katta-

kichikligini  ham  belgilab  beradiki,  bu  Shaharlar  geografiyasidagi  muxim 

konuniyatlardan  biridir.  Demak,  shaharlarning  katta-kichikligiga  qarab  ularning 

funktsiyasi  tashkil  topmaydi;  aksincha,  shaharlarning  funktsiyasi,  iqtisodiy 

yunalishi aksariyat hollarda ularning yirikligini ifodalaydi. 

Shaharlar  o`z  ko`lamiga  qarab  eng  avvalo  3  kategoriyaga  bo`linadi 

(umuman, bunday «uch ulchovlik» barcha mavjudotlarga ham  hos): katta, urta va 

kichik.  Biroq  bu  tushunchalar  tarixiy-geografik  nuqtai  nazardan  nisbiydir. 

Masalan,  bir  vaktlar  yirik  xisoblangan  shahar  hozirgi  davrda  bunday  bo`lmasligi 

aniq.  Ayni  paytda  shaharlarning  katta-kichikligini  belgilovchi  mikdoriy 

ko`rsatkichlar  ham  hamma  vaqt  va  barcha  mamlakatlarda  bir  hil  emas.  Tabiiyki, 

uzoq  qishloq  aholisi  uchun  tuman  markazi  ham  ancha  yirik  shahar  xisoblanadi. 

Ammo,  mamlakat  va  uning  poytaxt  darajasidan  qaraganda  hatto  ba`zi  viloyat 

markazlari ham ancha kichik ko`rinadi. 

Shuni  aloxida  ta`kidlash  joizki,  geografik  taqqoslash  va  ilmiy  tadqiqotlarni 

bajarishda barchaga hos bo`lgan umumiy mezon kerak, ya`ni shaharlarning yiriklik 

kategoriyasi,  sub`ektiv  va  maxalliy  karashlaridan  kat`iy  nazar,  xammaga  bir 

bo`lishi shart. 

Shu  nuktai  nazardan  yondoshganda  yirik  yoki  katta  shaharlar  aholisi  100 

ming  kishidan  ortiq,  urta  Shaharlarda  50-100  ming  va  kichik  Shaharlarning  har 

birida  kamida  50  ming  kishigacha  axoli  bo`lishi  kerak.  Bunday  klassifikatsiya 

oddiy  va  barchaga  tegishlidir.  Maxsus  ilmiy  tadqiqotlarda  esa  shaharlar 

klassifikatsiyasi ancha keng turlangan bo`ladi: 

I.

 

10 minggacha-mayda shahar. 



II.

 

10-20 ming-kichik shahar. 



III.

 

20-50 ming-«yarim urta» shahar. 



IV.

 

50-100 ming-urta shahar. 



V.

 

100-250 ming-katta shahar. 



VI.

 

250-500 ming-yirik shahar. 



VII.

 

500-1000 ming-eng yirik shahar. 



VIII.

 

1000 ming va undan ortiq-millioner shahar. 




Albatta, Shaharlarning bunday miqdoriy ko`rsatkichlari tasodifan bulmay, u 

ma`lum  qonuniyatlarga  ham  asoslanadi.  Chunonchi,  I-klass  Shaharlari  kupincha 

temir  yul  stantsiyalari  yoki  kichik  resurs  shaharlarchalaridan  tashkil  topsa,  II-

klassdagilar  asosan  resurs  shaharlar,  III-klass  esa  deyarli  batamom  tumanlarning 

ma`muriy  markazlaridan  iborat.  Bu  toifadagi  Shaharlar  qisman  IV-klassda  ham 

bor. Ammo V-klassdan to`la tekis viloyat markazlari joy oladi. 

Shunday  kilib,  Shaharlar  turi  huddi  armiya  tizimidagidek,  turli  boskichdagi 

«kumondonlarga»  uxshaydi.  Ularning  bunday  pog`onasimon  joylanishi  Shaharlar 

ierarxiyasini  vujudga  keltiradi.  Ierarxiya  shakli  qancha  to`g`ri  va  to`la  bulsa, 

mamlakat  yoki  boshqa bir xudud  ham  ijtimoiy-iqtisodiy  jihatdan shunga  muvofiq 

mukammal shakllangan bo`ladi. Maxsus ilmiy adabiyotlarda Zipfa-Styuart qoidasi 

mavjud  bo`lib,  u  hudud  shaharlarning  bir  tartibda  to`g`ri  joylanishini  nazarda 

tutadi. Masalan, ikkinchi shahar birinchi shahar axolisining yarmi, uchunchi shahar 

uning  1/3,  to`rtinchisi-1/4  aholisiga  ega  bo`lishi  kerak.  Biroq,  bu  g`oya  hayotda 

tulaligicha o`z isbotini juda kam holda topgani uchun, u gipoteza darajasida talqin 

qilinishi mumkin. 

Shunga  qaramay,  yukoridagi  koida  ma`lum  ahamiyat  kasb  etadi.  Har  qalay 

mamlakat  o`z  Shaharlar  turi  tarkibi  va  tizimini  ana  shunday  zanjirsimon, 

pog`onasimon  tartibda  shakllantirishga  harakat  qilishi  va  o`zining  mintakaviy 

siyosatida  amalga  oshirishi  maqsadga  muvofikdir.  Sababi-mamlakat  aholisining 

ko`pchilik qismini uning bir yoki ikki yirik shahrida to`planishi ham (bu Shaharlar 

gipertrofiyasi  deyiladi),  yoki,  aksincha,  axolining  juda  ko`p  mayda  Shaharlarda 

tarqalishi  ham  yaxshi  emas.  Tabiiyki,  ikkinchi  holda  mamlakat  xududiy  iqtisodiy 

jihatdan rivojlanmagan bo`ladi. 

Shaharlar ierarxiyasini piramidasimon ham tasavvur qilish mumkin. U yoki 

bu  xudud  uchun  tuzilgan  piramida  ayni  paytda  turli  yiriklikdagi  shaharlar 

rivojlanishi bilan bog`lik muammolarni aks ettiradi. 

Shaharlar  klassifikatsiyasida  «birinchi»  va  «ikkinchi»  shahar  tushunchalari 

mavjud. Masalan, O`zbekistonning birinchi shahri uning poytaxti Toshkent bo`lsa, 

uning  ikkinchi  darajasidagi  shahar  Samarqanddir  (hozirgi  kunda  bu  mavqeyga 

Namangan da`vogarlik qilmokda). 

Umuman,  respublikamiz  17  ta  yirik  shaharlar  bor.  Ular  (axolisi  ming  kishi 

hisobida, 1.01.1999 y). 

I.

 



Toshkent 2135.9 

II.


 

Namangan 380.9 

III.

 

Samarqand 362.1 



IV.

 

Andijon 328.9 



V.

 

Buxoro 239.5 



VI.

 

Qarshi 198.8 



VII.

 

Nukus 201.8 



VIII.

 

Quqon 193.8 



IX.

 

Farg`ona 185.2 



X.

 

Marg`ilon 153.8 



XI.

 

Chirchiq 145.1 



XII.

 

Urganch 139.1 




XIII.

 

Angren 129.0 



XIV.

 

Jizzax 126.7 



XV.

 

Navoiy 121.5 



XVI.

 

Olmaliq 115.1 



XVII.

 

Termiz 111.9 



 

Urta  shaharlarga  Bekobod,  Yangiyul,  Asaka,  Xujayli,  Kogon,  Zarafshan, 

Guliston,  Denov,  To`rtkul,  Shahrixon,  Shaxrisabz,  Koson,  Chust,  Kattaqo`rgon 

(jami 14 ta) kiradi. Bularning orasida faqat Guliston viloyat markazi. Qolgan 203 

ta shahar va shaharchalar kichik, ya`ni I-III klasslarga mansubdir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



Download 278,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish