Шахарлар ва кишлоклар гео-узб


  Shaharlar aglomeratsiyasi



Download 278,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana31.12.2021
Hajmi278,48 Kb.
#260127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Shaxarlar geografiyasi

8 

Shaharlar aglomeratsiyasi 

(2-soat) 

REJA: 

1. Shaharlar aglomeratsiyasi 

2. Aglomeratsiyalarning  paydo bwlishii 

3. Megapolislar, millioner shaharlar 

 

Ishlab  chiqarish  ko`chlarining  rivojlanishi  va  joylanishi,  xususan 

mujassamlashuv  natijada  turli  funktsional  tip  va  yiriklikdagi  shaharlarning  bir 

joyda  guj  holda  o`rnashgan  shakli  vujudga  keladiki,  ularni  ilmiy  adabiyotlarda 

shahar  aglomeratsiyasi  deb  ta`riflashadi.  «Aglomeratsiya»  so`zi  geologiyadagi 

«aglomerat»ni  eslatadi,  ya`ni  bir  xududda  tup  bo`lib  joylashganlikni  anglatadi, 

iqtisodiyot  va  ayniqsa  g`arbda  shakllangan  mintaqaviy  iqtisodda  esa  sanoat 

aglomeratsiyasi-sanoat  korxonalarini  bir  nuqtada  to`planganligini  bildiruvchi 

tushuncha  mavjud.  Shunga  mos  ravishda  aglomeratsion  omil  va  aglomeratsion 

effekt (samaradorlik) iborasi ham bor. 

Aglomeratsiyaning  vujudga  kelishi  tahminan  kuyidagi  sxemada  (tartibda) 

amalga  oshadi.  Qulay  iktisodiy  geografik  o`ringa  ega  bo`lgan  shahar  asta-sekin 

yiriklashib  boraveradi.  Sababi-u  o`ziga  barcha  yangi-yangi  sanoat  korxonalari, 

xizmat  ko`rsatish  muassasalari,  oliy  o`kuv  yurtlari,  moliya-bank  tashkilotlari  va 

boshqalarni  tortaveradi.  Bu  paytda  shaharning  tortish  kuchi,  markazga  intiluvchi 

harakat avjda bo`ladi. 

Shaharlarning  yoyilib  ketishi,  qimmatni  qishloq  xo`jalik  erlari  hisobidan 

kengayishi  ma`lum  darajagacha  davom  etib  boraveradi.  Keyinchalik  shahar 

xududining  cheksiz  kengayishi  to`xtab  «qoladi»,  u  tog`  yoki  daryo,  davlat 

chegarasi  yoki  dengiz  kabi  tusiqlarga  duch  keladi,  shahar  ichida  esa  uy-joy, 

transport,  ekologiya  muammolari  keskinlashadi.  Natijada uziga  hos  «revolyutsion 

vaziyat»  vujudga  keladi:  yirik  shahar  muxiti,  uning  fan-texnika,  infrastruktura 

salohiyati  o`ziga  yangi-yangi  korxonalarni  jalb  qiladi,  biroq  yuqoridagi 

qiyinchiliklar  buni  cheklab  quyadi.  Ana  shunday  tartibda,  yirik  shaharga  yaqin 

joyda  uni  to`ldiruvchi,  ixtisoslashgan  shahar  va  shaharchalar  vujudga  keladi. 

Bunday  «yuldosh»  shaharlarda  markaziy  shahar  extiyojini  qondiruvchi  yoki  unga 

xizmat  qiluvchi  ob`ektlar  o`rnashadi.  Shunday  qilib,  yirik  shahar  o`z  rasmiy 

chegarasidan  chiqadi,  miqdor  o`zgarishi  sifat  o`zgarishiga  o`tadi,  xududiy 

mujassamlashuv o`z shaklini o`zgartiradi va shaharlarning xududiy to`plami paydo 

bo`ladi. 

Shahar  aglomeratsiyasining  shakllanishi  uchun  quyidagi  shart  va  sharoitlar 

zarur: 


- albatta bir yoki ikki yirik shahar bo`lishi kerak; 

- uning atrofida kamida ikkita shahar va shaharchalar bo`lishi shart; 

-  markaziy  shahar  (aglomeratsiya  yadrosi)  va  yuldosh  manzilgohlar 

orasidagi masofa eng ko`pi ikki soatlik vaqt doirasida bo`lishi kerak; 




-  aglomeratsiya  shahar  va  shaharchalari  o`rtasida  «axoli»  aloqasi  bo`ladi, 

mayatniksimon (tebranma) migratsiya rivojlangan bo`lishi shart; 

-  yuldosh  shaharlarda  eng  kami  aglomeratsiya  axolisining  10  foizi 

joylashgan bo`lishi zarur va h.k. 

Kurinib  turibdiki,  aglomeratsiyalar  har  qanday  sharoitda  ham  vujudga 

kelavermaydi;  juda  kup  shaharlar  bulsa-yu,  ular  orasida  aglomeratsiya  tashkil 

qiluvchi markaz bo`lmasa, yoki aksincha, yirik shahar bir o`zi bo`lsa bunday holda 

aglomeratsiya shakllanmaydi. Masalan, Jizzax-u katta shahar, lekin uning atrofida 

shaharlar  kam;  Navoiy  ham  deyarli  shunaqa  vaziyatda,  yoki  Shaxrisabz-bu  erda 

Kitob,  Yakkabog  va  boshqa  shaharlar  ham  javjud,  ammo  Shaxrisabzning  o`zini 

aglomeratsiya hosil qilish qudrati past. 

Aglomeratsiyalar bir markazli (monotsentrik) va ko`p markazli (politsentrik) 

bo`ladi.  Farg`ona-Marg`ilon,  Angren-Olmaliq  aglomeratsiyalar  ikki  markazli 

hisoblanadi,  Toshkent,  Samarqand,  Andijon,  Namangan,  Qarshi,  Nukus,  Urganch 

va boshqa aglomeratsiyalar bitta yirik shahar atrofida vujudga kelgan. 

 

Aglomeratsiyalarning  tashqi  qiyofasi  (konfiguratsiyasi)  ham  turlicha: 



doirasimon, lentasimon, chuzinchoq, amfibiyaga uxshash bo`ladi. Bu usha joyning 

er  usti  tuzilishi,  transport  tizimi,  gidrografiyasiga  bog`lik.  Odatda,  yirik  daryolar 

buyida  shakllangan  aglomeratsiyalar  50-70  va  xatto  100  km-ga  cho`zilib  ketadi 

(Volgograd,  Krivoy  Rog,  Bratsk  aglomeratsiyalari).  Har  qaysi  aglomeratsiyaning 

tarixiy geografik urni, asosi bo`ladi. Masalan, respublikamizda eng yirik Toshkent 

aglomeratsiyasi  (u  30  ga  yaqin  shaxar  va  qishloqlarni  birlashtiradi)  Chirchiq 

daryosi  asosida  vujudga  kelgan.  Shu  sababdan  bulsa  kerak,  u  biroz  shimoli-

sharqdan janubiy-g`arbga cho`zilgan. 

 

O`zbekiston  (va  Urta  Osiyo)  aglomeratsiyalari  o`ziga  hos  mintaqaviy 



xususiyatlarga  ega.  Ular  asosan  tog`  oldi  xududlarda  sug`orma  dexkonchilik 

joylarida,  elektr  transporti  sust  rivojlangan,  atrofi  qishloq  xo`jalik  ekinlari  bilan 

uralgan  sharoitda  vujudga  kelgan.  Moxiyatan:  bizning  aglomeratsiyalar  shahar 

emas, balki shahar-qishloq aglomeratsiyalaridir. 

 

Agar shahar va shaharchalar, o`zaro xududiy tutashib, qushilib ketsa, u holda 



yaxlit-ulkan shahar vujudga keladiki, ularni konurbatsiya deyishadi. (London, Rur 

xavzasi konurbatsiyasi va h.k.). Birok, konurbatsiya ham aglomeratsiyalarning bir 

shakli, ko`rinishi bo`lsada, har qanday aglomeratsiya ham konurbatsiya emas. 

 

Shaharlar 



xududiy 

birlashmasining 

yana 

bir 


murakkab 

shakli 


megalopolislardir.  (Ushbu  tushunchani  fanga  Amerikalik  olim  Jan  Gottman  50-

yillarda  kiritgan).  Megalopolislar  aglomeratsiyalarning  o`z-aro  qo`shilib  ketishi 

natijasida  vujudga  keladi.  Masalan,  Bosvash  (Boston-Vashington),  Chigpits 

(Chikago-Pitsburg, Tokio-Iokogama va boshka megalopolislar mavjud. 

 

O`zimizning Farg`ona vodiysida ham aholi joylashuvining o`ziga xos shakli 



vujudga kelgan, uni yirik shaharlarning bosh harfi bilan FANUX megalapolisi deb 

atash 


mumkin 

(Fargona-Andijon-Namangan-Ush-Xujand). 

Umuman 

esa 


megalapolis, yoki megalapolis ulkan shahar (mega-katta, yirik) ma`nosini bildiradi. 

Grek  arxitektori  Doksiadis  hatto  oykumenapolis  haqida  ham  fikr  bildirgan  (bu 

butun  Dune  shaharlarining  yagona  tizimidir).  Daryolarning  qo`yi  qismida 

joylashgan shaharlar birikmasini biz del`tapolis deyishimiz mumkin. 





Download 278,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish