Шахарлар ва кишлоклар гео-узб


  Shaharlar geografiyasi fanining ob`ekti va predmeti



Download 278,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana31.12.2021
Hajmi278,48 Kb.
#260127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Shaxarlar geografiyasi

1 

Shaharlar geografiyasi fanining ob`ekti va predmeti  

(2-soat) 

REJA: 

1. Shaharlar va qishloqlar geografiyasi fanining ob`ekti va predmeti 

2. Shaharlar bilan shug`illanuvchi fanlarning turkimi  

3.  Shaharlar  geografiyasi  va  qishloqlar  geografiyasi  fanining  boshqa 

fanlar bilan aloqasi 

 

Geourbanistika

 yoxud shaharlar geografiyasi aholi va aholi manzilgoxlari va 

umuman,  iktisodiy  va  sotsial  geografiyaning  eng  rivojlangan  yunalishidir. 

Shaharlar boshqa iktisodiy geografik ob`ektlarga qarag`anda o`zining yaxlit, darhol 

ko`zga  tashlanib  turishi  bilan  farqlanadi.  Buning  sababi-ularning  ishlab 

chiqarishni,  ijtimoiy-iktisodiy  voqielikni  xududda,  geografik  xaritada  o`ziga  xos 

tasvirlashdir. 

Ma`lumki,  iktisodiy  xaritalarda  asosan  uch  xududiy  shakl  ko`rsatiladi: 

chiziqlar  yullarga  mos  kelsa,  areal  yoki  maydonlar-  qishloq  xo`jalik    sohalariga, 

nuqta  va  tugunlar  (tugunchalar)  esa  sanoat  markazlari,  shaharlarni  aks  ettiradi. 

Binobarin,  aytish  mumkinki,  iktisodiy  va  sotsial  geografiyaning  asosiy  tadqiqot 

ob`ekti anna shu uchlik, xududiy yoki geografik geometriya xisoblanadi va ularni 

taxlil etish bu fanning tub masalasidir. 

Shaharlar  geografiyasining  iktisodiy  va  sotsial  geografiya  fani  doirasidagi 

bunday  yutug`ini  boisi  nima.  Avvalambor,  ta`kidlash  lozimki,  shaharlar  xududiy 

birlikdir  ikkinchidan,  ular  murakkab  sotsial-iktisodiy  kategoriya:  uchinchidan, 

shaharlarda  atrof-muxit,  mazkur  xududning  ijtimoiy-iktisodiy  faoliyati,  misli 

oynada  aksni  topganidek,  yaxlit  mujassamlanadi:  turtinchidan,  shaharlar  har  bir 

davlat,  xudud,  iktisodiy  va  sotsial  geografik  tizimining  tayanch  nuqtalari, 

«ustunlari»  bo`lib  xizmat  qiladi.  Shaharlar-bizning  o`tmishimiz,  hozirgi  kundagi 

qudratimiz  va  istiqbolda  rivojlanish  quvvati  va  imkoniyatimizdir.  Ular  erdagi 

chinakam porloq yulduzlardir. 

Shaharlar  juda  murakkab  mavjudot  bo`lib,  serqirrali  vazifalarni  bajaradi. 

Siyosiy  jihatdan  olsak,  har  bir  davlat  o`zining  shaharlar  turi  va,  ayniqsa,  poytaxti 

(dorulsaltanati)  bilan  kuchlidir.  Bejiz  emaski,  har  qanday  urush-yurushlar 

muvaffaqiyati  va  zafari  dushmanning  shahar  va  qal`alarini  zabt  etishda,  buyin 

sundirishda  o`z  isbotini  topgan.  Demak,  qadimda  shaharlar  butun  yurtga, 

mamlakatga,  boylikka  nisbat  berilgan.  Ularni  turli  mamlakat  yoki  «iqlimlarda» 

turlicha atashgan: kuba, madinat, polis, bolig, bozor, taun, grad, pur, burg, vill va 

xokazolar  Ayni  paytda  shaharlar  geografiyasining  kengligidan  dalolat  beradi. 

Bundan ko`rinib turibdiki, shaharlar davlatlarning siyosiy xayonida, ularning jahon 

ham jamiyatida geosiyosiy tuzilmasida muhim rol uynaydi. 

Shaharlarning  qudrati  ularda  mujassamlangan  iktisodiy  salohiyat  bilan 

belgilanadi.  Shaharlar,  eng  avvalo,  qishloq  xo`jaligi  bulmagan  tarmoqlarning 

xududiy  tashkil  etish  shakli  sifatida  iktisodiy  jihatdan  samarali,  serdaromad, 




harakatchan  (dinamik)  yunalishlarni  o`zida  mujassamlashtirgan.  Shu  bois  har 

qanday mamlakat milliy iktisodiyotining tarkibi, rivojlanganlik darajasi va xalqaro 

mehnat taqsimotidagi o`rni, undagi mavjud shaharlar tizimi, urbanizatsiya jarayoni 

bilan  tavsiflanadi.  Ayni  vaqtda  shaharlarning  ilmiy-texnikaviy,  madaniy 

salohiyatlari ham salmoqlidir. 

Shaharlar  bozor  iqtisodiyotiga  o`tishda  asosiy  omil  bo`lib  xizmat  qiladi. 

Ularda  mavjud  bulgan  bank-moliya  tizimlarini  bozor  infrastrukturasi  ma`nosida 

ta`riflash mumkin. Binobarin, mustaqil mamlakatimizning siyosiy xayoti va uning 

bozor  munosabatlariga  o`tish  davrida  shaharlarning  ahamiyati  beqiyosdir. 

Shaharlarda  zamonaviy  tarmoqlar,  ilg`or  texnologiya  joriy  etish  imkoniyati  katta: 

xorijiy  sarmoyadorlar  ham  asosan  shaharlar  va  ayniqsa  infrastruktura  tizimi 

mukammal  shakllangan  markazlarni  tanlashadi.  Shaharlarda  tovar  ayriboshlash, 

pul  oboroti  (aynalishi)  faol  bo`ladi.  Bularning  barchasi  shaharlarga  yangicha 

qarashni taqozo etadi. 

Shaharning  madaniy-ma`naviy,  diniy,  tarixiy  jihatlarini  ham  unutmaslik 

lozim.  Qadimda,  xususan,  dini  islomda  shaharlarga  oydek  nisbat  berilgan,  ular 

dorul,  bayt-ul,  Sharif  kabi  iboralar  bilan  ulug`langan.  Agar  dashtiy  yovuzlar 

shaharlar  rivojlanishiga  qarshi  bo`lgan  bo`lsalar,  musulmon  olamida  shaharlarni 

barpo etish va ularni yuksaltirishga jiddiy e`tibor berilgan. 

O`tmishda  shaharlarning  goh  avj  olishi,  goh  tushkunlikka  uchrashi 

madaniyat (tsivilizatsiya), ijtimoiy rivojlanishning doimiy yuldoshi bo`lgan va ana 

shunday  davriy  notekisliklar  tarix  bosqichlarini  belgilab  turgan.  Shuning  uchun 

yurtning tarixi, tavsifi va takdiri ko`p jihatdan uning shaharlari bilan bog`likdir. 

Har  qanday  shaharlar  azaliy  va  adabiy  muqaddas  joylardir,  chunki  bu 

joylarda buyuk avliyo va allomalar kabri mavjud. Ko`pgina shaharlar ana shunday 

fazilatga ega. Bu borada Makka va Madina, Buxoro, Turkiston, Samarkand, Xiva, 

Toshkent, Termiz, Gijduvon, Shaxrisabz, Chustga o`xshash shaharlarni tilga olish 

kifoyadir. 

Shaharlarimizning  xosiyatli  tuprog`i,  eru  suvi  dunyoga  mashhur  siymolarni 

bergan.  Ular  esa  ismi-shariflari  bilan  o`z  navbatida  tug`ilgan  va  yashagan 

shaharlarni dunyoga mashhur qilishgan, adabiylashtirgan. 

Shaharlarning muqaddasligi qadamjoylar va mozorlar bilan bog`liq bo`lgan; 

qabristonlar  shaharlarning  o`tmish  sirlari,  tarixini  saqlaydi,  ulardagi  bozorlar    esa 

yurtning  ijtimoiy  xayotini  minatyurada  mujassamlantiradi.  Binobarin,  shaharlar 

shu o`lka, diyorning iktisodiy va sotsial, ijtimoiy geografiyasini ko`zgusidir. 

Xalqimiz  xayotida  bozorlar  azaldan    muhim  o`rin  tutgan;  bozori  bor  joy 

shahar deb yuritilgan (hozir ham Xitoyning Uyguristonida kichik shaharlar, rayon 

markazlari  ba`zan  bozor  deb  aytiladi.)  Bozorlar  mamlakatning  turli  shaharlarida 

haftaning deyarli har kunida navbatma-navbat uyushtirilgan, ayniqsa, chorshanba, 

payshanba,  juma  va  yakshanba  kunlari  bozorlar  nihoyatda  gavjum  bo`lgan.  Shu 

bois sharq bozorlarining shahar xosil qiluvchi vazifasi ularning shahar xalqigagina 

emas,  balki  butun  atrof  axliga  xizmat  qilishda  ko`ringan.  Shaharliklar  uchun 

bozorlar har  kuni va bir  joyda  muxim,  barqaror  bo`lsa, qishloq  aholiga  esa  bozor 

har  kuni  va  har  joyda  bo`lgan.  Bozor  kunini  oila  a`zolari  zoriqib  kutishgan,  shu 

kunga mo`ljallangan ma`lum maqsadlarni rejalashtirgan; bozor bolajonlarga sovg`a 



bergen, oilaga ro`zg`or yumushlarini bajargan, oila va kuni-qo`shni, mahalla uchun 

axborot vazifasini ado etib kelgan. 

Yurtimizga  turli  maqsadda  tashrif  buyurgan  sayohatchilar,  musofir  va 

boshqalar,  eng  avvalo,  shaharlarimizning  bozorlarini  ta`riflashgan.  Shaharning 

katta-kichikligi,  mamlakat  va  yurtda  tutgan  mavqeini  bozor  xajmi,  unda  savdo-

sotiq  qilinadigan  tovarlar,  matolar  geografiyasi  bilan  baholashgan.  Shu  sababli 

sharq  madaniyatini  va  tarixini  bozorlarsiz  tasavvur  qilib  bo`lmaydi.  Bizning 

«bozor» atamamiz Buyuk ipak yo`li orqali evropaga, ulardan esa Amerika qit`asiga 

ham kirib borgan. 

Xalqimiz  xayotida  bozorlar  hozir  ham  muhim  o`rin  tutadi.  Agar  mozor  va 

kabristonlarda  qadriyatimiz  mustahkamligi,  o`tgan  avlodga  munosabatimiz  o`z 

aksini  topsa,  bozorlar  yurt  boyligi  va  butligi,  xalq  farovonligining  ko`zgusidir. 

Binobarin,  shaharlarni  iktisodiy  va  sotsial  geografik  o`rganishda  kadamjoy  va 

bozorlarga ham haqli ravishda katta e`tibor berishni talab etadi. 

Yuqorida  keltirilgan  shaharlarning  qisqacha  tarixi  ularni  o`rganishning 

nihoyatda  serqirrali,  qiziqarli  va  ayni  paytda  ma`suliyatli  ekanligidan  dalolat 

beradi.  Bu  jumboq  yoki  kalavada  geograflar  hamma  vaqt  o`ziga  xos  va  betakror 

o`rinlari  bilan  ajralib  turadi;  geografik  tadqiqot  uchun  shaharlarning,  eng  avvalo, 

xududiy tizim, xududiy-iktisodiy va sotsial majmua, dinamik, xarakatchan ekanligi 

muximdir. 

Demak,  shaharlar  geografiyasining  ob`ekti  ma`lum  bir  xududda  tarixan 

shakllangan  shahar  yoki  shaharlar turli,  tizimidan iboratdir.  Uning  predmetini  esa 

kuyidagicha  ta`riflash  mumkin.  Shaharlar  geografiyasi  iktisodiy  va  sotsial 


Download 278,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish