Suv resurslarining shaharlar taraqqiyotiga ta`siri
er usti suvlari tabiiy landshaftning asosisy elementi bo`lib, xududlarni
shaharsozlik maqsadlarida baholashda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Suv
resurslariga qarab ko`p xollarda aholi va ishlab chiqarish tarmoqlari joylashtiriladi.
Gidrologik ko`rsatkichlardan daryo to`rining zichligi, o`zanning qiyaligi, uni
kengligi va uzunligi, daryo oqimining tezligi, yil fasllari bo`yicha suv sarfi, ko`llar
maydoni va chuqurligi kabilar birmuncha muhim. Mazkur ko`rsatkichlarni holati
aholi manzillarini barpo qilishda, sanoatni suv bilan ta`minlash, qishloq xo`jaligini
rivojlantirish, aholi dam olish zonalarini tashkil etishda hal qiluvchi ta`sir
ko`rsatadi.
Shaharlar to`ri va xududiy tizimining vujudga kelishi gidrografik omillar
bilan chambarchas bog`liq. Bu borada shaharlarning katta-kichikligi bilan ularning
suv resurslari hajmi o`rtasida qonuniy aloqqadorlik mavjud. Yirik daryolar buy iva
del`talarida, odatda, katta shaharlar hosil bo`lgan. Masalan, Gang daryosida Dehli,
Kalkutta, Dakka, Nil del`tasida Qohira, Dunay bo`yida Vena, Budapesht, Belgrad,
Dnepr yoqasida Kiev va Dnepropetrovsk, Volga daryosi bo`ylab Nijniy Novgorod,
Qozon, Volgograd shaharlari shakllangan. Ayrim shaharlar nisbatan kichik
daryolar yaqinida joylashgan bo`lsada, geografik o`rnining qulayligi bois,
allaqachon millioner shaharlar sirasiga kirgan. Ushbu toifaga Temza estuariysidagi
London, Sena yoqasidagi –Parij, Volga va Oka daryolari oralig`idagi Moskva,
Neva qo`yilishidagi – Sankt – Peterburg, Chirchiq buyidagi Toshkent boshqa
ko`plab shaharlarni misol qilib keltirish mumkin. Yuqoridagi shaharlarning
aksariyati o`zlari joylashgan mamlakat va mintaqalarda markazlar sanalib,
xududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida asosiy rolni bajaradilar.
Chunonchi, Parijning geografik o`rnini qo`layligi Frantsiya davlatini
mustahkamlashda ham munosib o`rin tutgan. Bu haqda E.Reklyu shunday edi:
«Parij Frantsiyadagi buyuk yo`llar tutashgan katta uchburchakning cho`qqisida
o`rnashgan. Ushbu yo`llar shimol va shimoli-g`arbda –La-Mansh va Shimoliy
evropa tekisligiga, janubiy-sharqqa –Rona va O`rtaer dengiziga ham da janubi-
g`arbga – Garonna va pireneyga yo`nalgan» (Pertsik e.N., 1991.b.162).
Parijning poytaxt vazifasini egallashiga ham geografik o`rni, eng avvalo,
gidrogeografik o`rni, ya`ni suv yo`llariga nisbatan joylashuvi yordam bergan.
Yuliy Tsezar davrida Frantsiya Qirolligining markazi Lugdun (Lion) shahri edi.
O`rta asrlarda esa Orlean va Tur shaharlari ham mamlakat dorulsaltanati bo`lishga
qilgan. Aynan suv yo`llari orqali savdo qilishning qulayligi bois, Parij poytaxt
sifatida tanlangan. Chunki, o`rta asrlarda nisbatan arzon transport-bu suv transporti
hisoblangan. O`sha davrlardan beri Parij Frantsiyaning siyosiy markazi vazifasini
bajarib kelmoqda shahar gerbida kumush kemaning tasvirlanganligi ham uni arzon
transport yo`lida joylashganligidan dalolat beradi.
Vengriya poytaxti Budapesht shahrining mikrogeografik o`rni nihoyatda
qulay. Shahar Dunay daryosining Karpat tog`lari janubi-g`arbidan O`rtadunay
tekisligiga chiqish nuqtasida o`rnashgan G`oyat qulay tabiiy tugunda va
mamlakatning barcha xududlari uchun bir hildagi ta`sir kuchiga egaligi (u
Vengriyaning deyarli markazida joylashgan) Budapesht poytaxt sifatida tanlangan.
Ukrainiyaning Xar`kov shaxrida rivojlanishi ham o`ziga hos. Shahar
bugungi mavqeyga aynan geografik o`rnining qulayligi sababli erishgan. U
Ukrainani Rossiyaning markaziy qismi va Volga bo`yi rayoni hamda Kavkaz
mintaqasi davlatlari bilan bog`lovchi chorrohada joylashgan. Ammo Xar`kovning
tabiiy landshafti shaharsozlik uchun qulay emas. K.I.Arsen`ev ta`biri bilan
aytkanda, shahar noqulay sharoitda, katta daryolardan uzoqda, suv resurslari bilan
yaxshi ta`minlanmagan, grunt suvlari ifloslangan xududda shakllangan. Bunday
vaziyat shaharning rivojlanishida ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. Qisman
ana shu noqulayliklar sababli Xar`kov poytaxt funktsiyasini Kievga boy bergan.
Demak, shaharlarning tabiiy sharoiti, eng avvalo, suv resurslariga nisbatan
joylashuvi uning rivojlanishini rag`batlantirishi yoki, aksincha, taraqqiyotiga g`oya
bo`lishi mumkin.
O`rta Osiyo, hususan O`zbekiston sharoitida shaharlar taraqqiyotida ham
gidrografiyaning ta`siri yuqori. Diyorimizda qadimda daryo va daryochalarning
qo`yilish qismida yoki del`tasida, suv miqdoriga mos holda, shaharlar paydo
bo`lgan, ko`pgina soylar o`zlarining shaharlari, vohalari bilan ajralib turgan.
Masalan, So`x daryosi – Qo`qonga, Isfarasoy-Konibodomga, Chortoksoy va
Namangansoy-Namanganga, Kosonsoy – Kosonsoy va To`raqo`rg`onga,
shohimardonsoy Marg`ilonga hayot bag`ishlangan. (Soliev A.S., 2000,b.51)
Buxoroi Sharifning vujudga kelishi, shahar rivojlanishidagi qiyinchilik va
muammolar ham ma`lum darajada uning Zarafshon daryosi kuyi qismida
joylashganligi bilan bog`liq. Shahar mikrogeografik o`rni, ya`ni tabiiy sharoiti
qulay emas. U cho`l zonasida rivojlanayotgan shaharlar sirasiga kiradi. Ma`lumki,
cho`l zonasida barqaror iqtisodiyotning rivojlanishini belgilaydigan omillardan biri
suv resurslaridir (cho`lning cho`l bo`lishini sababi ham suvsizlikdir). Qolaversa,
o`lkaning boy madaniy tarixi, avvolambor, suv manbalari va suvg`orish
dehkonchiligining qadimdan targ`ib ekanligi bilan bevosita aloqadordir. Shu
sababdan mintaqa aholisining joylanishi asosan suv rusurslari va o`larning xududiy
tarkibi bilan belgilanadi.
Darhaqiqat, Buxoro viloyati xududi mamlakatimizda sifatli ichimlik suviga
talabchan mintaqalardan biridir. Shu tufayli, viloyat shaharlarining taraqqiyoti ham
biroz sust. G`ijdivon, Romitan, Vobkent kabi manzilgohlar ming yillik tarixga ega
bo`lsalarda, hamon kichik markazligicha qalmoqda. Bunga ularning geografik
o`rnini noqulayligi sababchidir. Cho`l sharoitida shaharlarni iqtisodiy geografik
o`rni deganda-o`larni faqat yo`llargagina emas, balki suv manbalariga ham
nisbatantutgan mavqey tushiniladi. Bu jihatdan olib qaraganda, viloyat
shaharlarining aksariyatini geografik o`rni noqulay.
Garchi mintaqada toza ichimlik suvi manbalari cheklangan bo`lsada, suvdan
foydalanish darajasini qoniqarli deb bo`lmaydi. Suvdan xo`jasizlarcha foydalanish
davom etmoqda. Ayirim shaharlarda erlarni vodoprovod orqali sug`orilganligiga,
avtomashinalarni yoki boshqa buyumlarni toza ichimlik suvida yuvilayotganligiga
duch kelamiz. Ba`zi joylarda bu odatiy holga aylanib qolgan. BTM ning
ma`lumotiga ko`ra, insonning normal hayoti hayoti uchun kuniga kamida 20 litr
sua kerak. Sanuzellar 50 litr suv iste`mol qiladi. Dunyoga turli mahsuotlarga talab
oshgani sayin suvga bo`lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Agar jahonda 1;1
mlrd.odam kuniga suv bilan kifoyalansa, evropoliklar jon boshiga 200, AQShda
400 litr suv sarflashadi. Bugun 43 mamlakatlatdagi tahminan 700 mln, odam
insonga kerak bo`lgan minimal ehtiyojdan ham kam suvga egalar.
Hisob-kitoblar qaraganda biz evropa davlatlariga nisbatan chuchuk suvni 2-3
marta ko`p isrof qilamiz. Holbuki, ichimlik suv zahiralari yurtimizda evropadagi
singari serob emas. Buning ustiga shaharlarda aholi soni va uning xo`jalik
faoliyatini rivojlanishi bilan suvga bo`lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda.
Ammo ichimlik suvi bilan ta`minlovchi manbalar o`zgarmay qalmoqda. Qolaversa,
Buxoro viloyatiga toza ichimlik suvi asosan tashqi xududlardan, hatto qo`shni
davlatlardan ham kirib keladi. Bu esa suvdan yanada tejamli va samarali
foydalanishni taqoza etadi. Aks holda shimoliy Xitoy, Hindiston va Afrikaning
Sahroi Kabirdagi mamlakatlar aholisi singari bizda ham insonlar suvsizlikdan
qiynalishlari mumkin.
Viloyatda toza ichimlik suvi muammosini bartaraf etishda shaharlardagi
suvdan foydalanuvchi barcha mijozlarni suv o`lchagich apparatlari bilan
ta`minlash katta ahamiyatga ega. Shaharlar aholisi va korxona muassasalarda
ichimlik suvi to`g`risida targ`ibot-tashviqot ishlarini olib borish, xalqning ekologik
madaniyatini yuksaltirish ham ijobiy natija beradi. Ana shundagina viloyat
shaharlarida toza ichimlik suvi isrofgarchiligini oldini olishga va suvdan oqilona
foydalanishga erishish mumkin. Suv resurslarini etarli bo`lishi cho`l sharoitida
shaharlarni bir hil me`yorda rivojlanishning garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |