Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari


-Mavzu: Toshkent shahrining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

 
17-Mavzu: Toshkent shahrining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari 
Reja: 
1. Toshkent shahri shakllanish tarihi. 
2. 1 - davr (1917 - yilgacha). 
3. 2-davr (1917 – 1940 yy.) 
4. 3-davr (1940 – 1945 yy.). 
5. 4-davr (1946-1990 yy). 
6. 5-davr (1991-yildan hozirgi kungacha). 
Toshkent shahri uzoq va murakkab tarixga ega bo‗lib, uning qachon paydo 
bo‗lganligi haqida aniq ma‘lumotlar yo‗q. So‗nggi yillarda olib borilgan 
arxeologik tadqiqotlar, xususan, Yunusobodning Mingo‗rik dahasidan qazib 
olingan topilmalar shundan dalolat beradiki, bundan taxminan 2200 yillar 
muqaddam uning o‗rnida shahar xarobalari bo‗lgan. Shahar turli nomlar bilan 
(Yuni, Choch, Shosh, Binkat) tarixiy manbalarda uchraydi. Uning hozirgi nomi XI 
asrda Abu Rayxon Beruniy va tarixchi Mahmud Qoshg‗ariy asarlarida tilga 
olingan. Shaharning hozirgi kungacha bosib o‗tgan tarixini quyidagi davrlarga 
bo‗lish mumkin: 
1 - davr (1917 - yilgacha). 
Shaharning qulay geografik o‗rinda: qit‘alararo 
savdo yo‗llarining kesishgan qismida joylashgani uni yirik savdo markaziga 
aylantirdi. Toshkent shahri tekislikda, o‗troq dehqonchilik va ko‗chmanchi 
chorvachilik rayonlarining kesishgan qismida joylashgan bo‗lib, bu erda turli 
mahsulotlar ayirboshlanar edi. U g‗arb va sharq, shimol hamda janub o‗rtasidagi 
savdo iqtisodiy aloqalarda asosiy o‗rin tutgan. Shu bilan bir qatorda ko‗chmanchi 
xalqlarning bosqinlariga qarshi O‗rta Osiyo hududidagi harbiy funksiyalarni 


62 
bajaruvchi istehkom ham edi. Shahar ko‗plab chet el bosqinchilariga qarshi 
kurashlarda vayron bo‗ldi, lekin qulay erda joylashgani uchun yana o‗zini bir 
necha bor tiklab oldi. Shahar qal‘a devorlari bilan o‗ralgan bo‗lib, uning o‗rtasida 
bozor bo‗lgan. Bozordan sakkiz tomonga yo‗l o‗tib uni atrof bilan bog‗lagan. 1865 
yilda Rossiyaga qo‗shib olingach, Toshkent O‗rta Osiyoga kiruvchi asosiy 
―darvoza‖ rolini o‗ynadi. Shahar Ural, Volgabo‗yi, Rossiyaning markaziy qismi va 
Sibir bilan savdo iqtisodiy munosabatlarni olib bordi. Bu erdan xilma – xil yuk- 
ipak, gazlama, paxta, teri, hunarmandchilik buyumlari va qishloq xo‗jalik 
mahsulotlari, qorako‗l, quritilgan meva, sholi, guruch, gilam olib ketilar, mashina, 
asbob-uskuna, metall, shakar kabi mahsulotlar olib kelinar edi. SHahar hududiy 
jihatdan kengayib, Anhor kanalidan sharq va janubga- Salor daryosi tomonga 
qarab kengaya bordi va uning ―evropacha‖ yangi qismi qurila boshlandi. YAngi 
sanoat korxonalari qurildi, Toshkent qo‗shimcha vazifalarni o‗z zimmasiga ola 
boshladi; hunarmandchilik – savdo markazi va harbiy strategik markazdan endi u 
Turkiston general gubernatorligining va Sirdaryo viloyatining markaziga, ya‘ni 
ma‘muriy boshqaruv funksiyalarni ham bajaruvchi yirik shaharga aylandi (1-rasm). 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish