”Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga
ham ro’za farz qilindi. Shoyadki taqvodor bo’lsangiz”.
Chunki Alloh Taolo ”
َْبِتُك
ْ
ُْمُكٌَْلَع
ْ
ُْماٌَِّصلا
” ,
”sizlarga ham ro’za farz qilindi”,
Ramazon oyida ro’za tutishligingiz sizlarga farz qilindi, degan oyati bilan mashro’
qilindi va bu Islomning arkonlari qatoriga kirdi.
Nima uchun yuqorida o’tilgan mavzulardagi qo’rquv, umid,
tavakkul Islom
arkonlaridan o’rin olmagan edi, to’g’ri ular ibodat turiga kiritildi, lekin Islom
arkonlaridan o’rin olmagan edi. Islom arkonlari bu tashqariga ko’rinib turiladigan,
u bilan insonni ajrata oladigan bir ruknlardir. Mana shu Islomning barcha ruknlari
tashqariga ko’rinadigan.
”Ashhadu alla la ilaha illalloh va ashhadu anna
Muhammadan a’bduhu va Rosuluh”
bu birinchi rukni. Inson o’zining baroatini,
kofirlardan, mushriklardan bo’lgan baroatini e’lon qilib, yakka, haqdor iloh tomon
yuzlanganini da’vo qilib, ochiqlashi shart tili bilan. Tili bilan shahodat keltirishligi
shart, ko’rinib turadigan narsa. Namozni barpo qilish ko’rinib turadigan narsa,
zakotni ado etish ko’rinib turadigan ibodat, ro’zani ado etishlik ko’rinib turadigan
ibodat. Haj ibodati ko’rinib turiladigan ibodat. Mana bularning barchasi rukn deb
bekorga aytilmayaptiki, mana shu ibodatlari ko’rinmagan zotlar
musulmon emas,
deb ayta olamiz. Ya’ni, kimda kim, umuman namoz o’qimasa, Islomning ikkinchi
ruknini ado etmayotgani ko’rinib qoladi. Insonning qo’rqayotgani va uning
nimadan qo’rqayotganiyu, qalbida nima e’tiqod bilan qo’rqayotgani,
qo’rqmayotganini
biz bilomaymiz, sababi, u bizga ko’rinmaydi. Lekin insonning
namoz o’qimaganligi, namozni hech qachon barpo qilmayotganligini biz ko’rib
turamiz. Va bu bilan insonning musulmon, yoki musulmon emasligini ajratib
olamiz. Inson qo’rqqanidan bir ish qilayotganini
biz ajrata olmasligimiz mumkin,
chunki u qalbidagi ibodat edi. Umidini, tavakkulini ajrata olmasligimiz mumkin,
bizga ko’rinayotgan narsa boshqacha edi, deb aytishimiz mumkin, lekin, agar inson
Iso alayhissalomning haykalining oldiga borib, o’zlari yasab olgan timsolining
oldiga
borib ibodat qilayotganini, yoq, qalbida musulmonchiligi boru, lekin bu
Isoga ibodat qilayapti, deb ayta olmaymiz.
Bir umr cherkovga kirib, chiqayotgan
odamni buning qalbida nima borligini bilmaymiz, deb ayta olmaymiz,
chunki biz
xissiy ko’zlarimiz bilan ko’rib, bir narsaga ittifoq qilinadi. Shunung uchun ham
mana bu Islom ruknlari hammasi ko’rinib tyuradigan ibodatlardir.
Shunaqa ko’rinib turadigan ibodatlarki, uni inso inkor qilolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: