buyurilganlar, deb Alloh Taoloning Bayyina surasida bayon qilishligi, umumiy,
ommatan insonlar uchun tushgan oyatdir. Ya’ni, barcha insonlarga qarata, agar
Alloh Taolo yuborgan dinda qoyyim bo’lmoqchi bo’lsalar, ular zakotni ado
etishliklari, namozni turg’izishliklari shart ekanligiga dalolat qiladigan shari’atning
bir hukmini ifoda etadigan oyatdir. Bu jamiki insoniyatga tushgan oyatdir.
Mana shu jamiki insoniyatga tushgan oyatlar bilan o’zi aslida bir ibodatning
mashro’ ekanligi bilinadi. Agar ibodat mashro’ ekanligiga ahamiyat qaratmoqchi
bo’lsak, buni Qur’onda ommatan kelganligining o’zi kifoya qiladi.
”
اٌَ
ْ
اَهٌَُّأ
ْ
ُْساَّنلا
”
,
”
نوُنِم ْؤُمْل
اٌَ
ْ
اَهٌَُّأ
”
, yoki bo’lmasa,
”ayting, ey, Muhammad insonlarga,
mo’minlarga”
, degan nidolarning orqasidan kelgan buyruqlarni mashro’ bo’lib,
farz bo’lganligiga dalolat qiladi.
Lekin, mana shu joyda bir nuqtasi borki, kimki, namozni barpo qilsayu,
zakotni ado etsayu, ammo uninh haqiqiy ixlos bilan tavhidi bo’lmasa, ya’ni, Alloh
Subhanahu Taoloning tavhidiga ixlosi bo’lmasa, uning qilgan ishi habata bo’lishligi
aniqdir. Chunki, ibodat qanaqa turda bo’lishidan qat’iy nazar, katta-kichik,
ko’rinar-ko’rinmas ibodat ibodat bo’lishidan qat’iy nazar unga ikkita shart
qo’yiladi. Alloh Subhanahu Taoloning xuzuriga ko’tarilishligi uchun, u hoh bir
kunda besh mahal o’qiydigan namozimizmi, hoh bir yilda ado etadigan
zakotimizmi, hoh yo’ldan bir ozorni olib tashlashligimizmi, farqi yo’q, ya’ni, nafl
ibodatmi, farz ibodatmi, qaysi ibodat bo’lishligidan qat’iy nazar unga ikkita shart
vojib qilingan edi. Mana shu ikkita shart bo’lmasa, hatto, insonning o’qigan
namozidan ham naf bo’lmaydi. Mana shu ikkita shartning birinchisi Alloh
Subhanahu Taoloning tavhidiga iymon keltirgan, ya’ni ixlos qilgan holda bo’lishi
kerak edi. Alloh Subhanahu Taoloning tavhidiga to’liq, to’kis iymon keltirgan holda
ixlos qilishligimiz kerak. Ikkinchisi Rosululloh sollallohu a’layhi va sallam keltirgan
shari’atidagi mashro’ bo’lgan ibodat bo’lishligi kerak edi. Haqiqatdan, besh mahal
namoz mashro’ qilingani bor. Lekin, bu joydagi muhim nuqta bu ibodat tavhidni
o’zining ichiga qamrab olgan, bu ibodat shunaqa ibodatki, inson qalbida tavhidga
iymon keltirib, Allohning yakkaligini, yakka haqdor iloh ekanligini his qilganligidan
keyin mana bu ibodatga qanoat bilan kirishishligini o’zining ichiga olgan ibodatdir.
Namoz ham, zakot ham, undan boshqa ibodatlar ham. Ro’za bo’lsin, Haj bo’lsin,
ibodatlarning barchasi Alloh Taoloning xuzuriga ko’tarilishi uchun ularga ikkita
qanot shartdir.
Do'stlaringiz bilan baham: