Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


SUV TARKIBIDAGI MIKROELEMENTLAR



Download 3,24 Mb.
bet30/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

SUV TARKIBIDAGI MIKROELEMENTLAR
Suv tarkibida 65 ga yaqin mikroelement borligi aniqlangan. Bunday elementlar odam organizmida, o’simlik to’qimalarida, hayvonlarning a’zo va to’qimalarida uchrashi mumkin, ammo ular juda oz miqdorda bo’ladi. Mikroelementlarning odam salomatligini aniqlashdagi roli juda katta. Ularning 20 ga yaqini organizm ehtiyoji uchun ayniqsa zarur. Yod, ftor, molibden, mis, temir va boshqalar shular jumlasidan.
Ftor odam organizmi uchun juda zarur. Uning 10—80% i organizmga suv orqali tushadi. XX asrning boshlarida ftor elementining odam organizmiga ta’siri o’rganilgan va adabiyotlarda yozilgan. Bir litr suv tarkibidagi ftor miqdori 2—8 mg ga etganda odam va hayvonlarning tish emalida turli o’zgarishlar paydo bo’lishi mumkin. Suyaklarda ham o’zgarishlar paydo bo’ladi. Bu flyuoroz deb ataladi. Suv tarkibida ftor etishmaydigan viloyatlarda yashovchi kishilar orasida bunday kasalliklar ko’p tarqalganligi ay on. Agar bir litr suvdagi ftor miqdori 1,4 mg dan ortsa, tishning turli buzilishlariga sababchi bo’ladi. Bir litr suvdagi ftor koncentraciyasi 10 mg bo’lsa, shunday suvni 8—10 yil davomida iste’mol qilish bo’g’in harakatlarining kamayishiga, og’rishiga, skeletning deformaciyaga uchrashiga olib boradi. Odam ishga yaroqsiz bo’lib qoladi.
Organizmda endemik flyuorozning kelib chiqishiga yana organizmning suyaklanish davrida kal’ciy elementini ushlab qololmasliga ham sabab bo’ladi. Poltava viloyatining bir qishlog’idagi artezian qudug’i suvida 9 mg ftor borligi aniqlangan. SHu suvdan iste’mol qilgan aholining 48 foizida flyuoroz kasalligi topilgan. Lekin aholini boshqa suv manbai bilan ta’minlash natijasida kasallik birmuncha kamaydi. Ftor elementining suvda kam bo’lishi yoki organizmga ovqat orqali etarli miqdorda tushmasligi karies paydo bo’lishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, ftor miqdorining suvda kam yoki ko’p bo’lishi organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 28—74—82 raqamli davlat standartida ftorning 1 litr suvdagi ruxsat etilgan miqdori 4 iqlimli regionlarda 0,7—1,5 mg deb qabul qilingan. SHimoliy rayonlar aholisi uchun 1,5 mg ftor norma hisoblansa, janubiy rayonlar uchun bu ko’rsatkich 0,7 mg litrga teng.
Ftor oziq-ovqatlar bilan organizmga juda kam miqdorda tushadi. U asosan suv bilan organizmga tushadi. Agar suvda ftor etishmasa,
unga ftor qo’shib byeriladi. Masalan, Murmansk, Manchegorsk va
Zemnodol’sk shaharlarida ichimlik suvga ftor qo’shib byeriladi.
Stronciy. Ba’zi regionlardagi artezian suvlarida bu element miqdorining ko’pligi aniqlangan. Bunday suvlarni iste’mol qilish natijasida bolalarning suyak to’qimasi shikastlanadi, tishlari vaqtida chiqmaydi, miyaning yumshoq hismi tez suyaklanmaydi. Unda gormonal buzilishlar kuzatiladi.
Suv sifatining gigienik normalari. 28—74—82 raqamli davlat standartida aholini markazlashtirilgan suv bilan ta’minlash ma-salasi ko’zda tutiladi. Bu suv sifatini yaxshilab aholini turli yuqumli kasalliklar bilan kasallanishining oldiny oladi.
Suvning sifatiga baho berish, uning normalarini ishlab chiqish asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan amalga oshiriladi. Albatta, u vaqtlarda suvni tozalash uncha murakkab bo’lmagan usulda amalga oshirilar edi. Unda faqat suvning organoleptik xususiyatlariga ahamiyat byerilar edi. Vodoprovod inshootlari qurish hali yaxshi taraqqiy etmagan bo’lib, uning suvi ochiq suv havzalaridagi suvdan kam farq qilar edi. Ammo suvning rangi, mazasi, hidi, tiniiqligi ma’lum darajada yaxshilanar edi.
XIX asrning oxirlarida suvning sifatini baholash uchun baktyeriologaya analizlari ham o’tkazila boshlandi. Keyinchalik suvdagi mikroblar soniga qarab, suvga sanitariya jihatidan baho byeriladigan bo’ladi. Ancha keyinroq esa suvning epidemik jihatdan xavf tug’dirmasligi uchun suvdagi ichak tayoqcha mikroblari (E. soli) aniqlana boshlandi. Bunday ko’rsatkich suvning koli titri bo’lib, eng kichik hajmdagi suvda ichak tayoqchaeining aniqlanishini ko’rsatadi. Keyinchalik ichak tayoqchasining indeks ko’rsatkichi, ya’ni 1 litr suvdagi ichak tayoqchasi mikrobi soni aniqlana boshlandi. Bu ko’rsatkich hozir ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q, aksincha 1982 yilda qabul qilingan davlat standartida ham asosiy ko’rsatkich hisoblanadi.
Aholini markazlashgan toza ichimlik suv bilan ta’minlashning taraqqiyoti faqat ichimlik suvga bo’lgan talabni oshiribgina qolmay, balki suv manbalariga bo’lgan talabni ham oshirib yubordi. SHuning uchun ham hozir ikkita Davlat standarti: 1: 28—74—82 «Ichimlik suv». 2. 27—61—84 «Markazlashgan xo’jalik-ichimlik suv ta’minoti manbalari» mavjud.
Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida suv manbalari juda sinchkovlik bilan tekshiriladi. Birinchi navbatda tanlanadigan suv manbalari Davlat standarti 28—74—82 «Ichimlik suv» talabiga sifat jihatdan to’g’ri keladigan yoki yaqinroq keladigan bo’lishi lozim. Bunday talabga faqat yer qatlamida chuqur joy-lashgan va yuqori bosimga ega bo’lgan suvlar javob byeradi. Mabodo shunday suv manbalari topilmasa, uning debiti etarli bo’lmasa yoki sanitariya talabiga javob byermasa, u holda bosimi bo’lmagan qat-lamlararo yer osti suvlari qidiriladi. YUza joylashgan suv manba­lari juda zarur hollarda tanlanadi. Har qanday holatda ham, agar tanlangan suv manbalaridagi suvning sifati gigiena talabiga javob byermasa, unday suvlar maxsus inshootlarda qayta ishlanadi.
Suv sifatini to’g’ri standartlash turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olishga imkon byeradi. 1969 yilda chiqqan «Sogliqni saqlash qonuni asoslari»ning 25-moddasida shunday deyilgan: «Xo’jalik-ichimlik maqsadida aholi tomonidan foydalaniladigan suv Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Davlat standarti talabiga javob berishi kerak». Demak, suvning sifatini standartlash, sog’liqni saqlashning tegishli mu-assasalari tomonidan ishlanib chiqilishi zamon talabiga javob byeradi.
Ichimlik suvlarni standartlash katta ahamiyatga ega. Ichimlik suvning inson sog’lig’iga xavf tug’dirmasligi uchun biologiya, tibbiyot fani yutuqlariga asoslanib kelingan. Suvda uchraydigan kimyoviy moddalar, baktyeriyalar va boshqalar uchun gigienik norma ishlab chiqish 4 bosqichda amalga oshirilgan.
Suv sifatini normalashning birinchi bosqichi uzoq tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Qadimiy davrlarda olimlarning ilmiy asarlarida suv sifatini aniqlash to’g’risida fikrlar bo’lgan. Gippokrat asarlarida suvga, atmosfera havosiga tegishli ko’rsatmalar bor. Vitruviya (memorchilikka oid 10 ta kitobi bor) va boshqa faylasuflarning asarlarida toza suv bilan bir qatorda iflos suvlarga ham baho byerilgan. Bunday suvlar tashqi ko’rinishiga qarab baholangan, bunda uning mazasiga, rangiga, tiniqligiga, hidiga ahamiyat byerilgan. YAna suvning organoleptik xususiyatlariga qarab uning sifatiga baho berish ko’p asrlar davomida udum bo’lib kelgan. Albatta, suv-ning sifatiga faqat organoleptik xususiyatlariga qarab baho berish uning haqiqiy holatini ko’rsata olmaydi.
Suv sifatiga baho berish va uni normalashning ikkinchi bosqichi M. V. Lomonosov va Lavuaz’elarning fandagi, ayniqsa ximiya, fizika fanidagi yutuqlar bilan bog’lanib ketadi. Ham sifat, ham miqdoriy analiz qilish usulining taraqqiy etishi suvga va uning tarkibiy qismiga anchagina to’la- to’kis baho berishga imkon tug’diradi, Bu etapning boshlanishi XVIII asrning o’rtalariga to’g’ri keladi.
O’z zamonasida Abu Ali ibn Sino ham suv masalasiga, tuproqqa katta ahamiyat bergan, qo’rg’oshinli trubalardan oqqan suvning xavfli ekanligini oldindan bilgan.
Ilm-fan, texnika taraqqiyotidagi katta o’zgarishlar suv to’g’risidagi fikrlarni boyitdi. Uiing tarkibi har tomonlama o’rganildi. YUza suv havzalari, yer osti suvlarining tarkibi o’rganilib, ular to’g’risida ko’pdan-ko’p matyeriallar yig’ildi. Suv tarkibidagi organik va noorganik kimyoviy moddalar aniqlandi. Jumladan, xloridlar, sul’fatlar, organik moddalarning parchala-nishi oqibatida paydo bo’ladigan oraliq moddalar ham aniqlana
boshlandi. Bularning hammasi o’z navbatida suv tarkibi to’g’risidagi tushunchani boyitdi.
Olingan dalillarning ahamiyati shunda ediki, har qanday suv havzalarning aholini markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlash imkoni bor.
Faqat u albatta vodoprovod tozalash inshootlari orqali tozalanir, Davlat standarti talabiga javob byeradigan darajaga keltirilishi kerak. Suv havzalari sanitariya nuqtai nazaridan ishonchli bo’lishi uchun suvning baktyeriologik va kimyoviy ko’rsatkichlari aniqlanishi kerak. Bunda suv tarkibidagi minyeral tuzlarga, organik birikmalarga va uning baktyeriologik xususiyatiga ahamiyat berish zarur.
Mikrbiologiya fanining taraqqiyoti suv tarkibidagi turli infekciyalarni aniqlash imkonini berdi. Suvdagi patogen mikroblarni tug’ridan-to’g’ri aniqlash qiyin bo’lganligi uchun, asosan saprofit mikroorganizmlarning o’sish darajasi ko’rsatkich syafatida ishlatiladi. SHu ko’rsatkichga qarab, suvning mikroblar bilan ifloslanish darajasi aniqlanadigan bo’ldi. Suv tarkibidagi mikroblar soniga qarab u darajalarga bo’lindi. Ammo F. Erisman va M. Rubnyerlar o’z asarlarida bunday fikrlar xato deb aytganlar.
1891 yili Robyert Kox Gamburg va Al’ton shaharlarida vabo epdemiyasiga qarshi kurashda qatnashib, bir voqeani kuzatgan. Al’ton shahri aholisiga byeriladigan suv juda sekin fil’trlaydigan fil’trdan o’tkazilib va tozalanib aholiga byerilganda aholi o’rtasida vabo kasalining tarqalishi kuzatilgani yo’q. Ichimlik suv bir necha marta baktyeriologik tekshirilganda suv tarkibidagi saprofit mikroblar soni 1 ml suvda 100 dan ortmagan, suv tarkibida prtogen mikroorganizmlar, jumladan vabo vibrioni topilmagan. Bu tibbiyot tarixidagi birinchi misol edi. SHundan so’ng suvning gigiena normasi belgilanadigan bo’ldi. Keyinchalik suvning tozaligini aniqlash maqsadida ichak tayoqchasi titrini aniqlash usuli qo’llanila boshladi.
Ma’lumki, ichak tayoqchasi odam ichagida doimiy va zaruriy ravishda yashovchi mikroorganizm bo’lib, patogen mikroorganizmlar bilan doimo bog’langan bo’ladi. SHuning uchun ham suv tarkibida ichak tayoqchasi mikroblarining topilishi suvning odam axlati bilan ifloslanranligi va epidemik nuqtai nazardan xavfli ekanligadan darak byeradi. Demak, suv tarkibini aniqlash gigienik va epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga ega.
Uchinchi bosqich shu bilan xaraktyerlanadiki, unda suvning baktyerial tarkibi o’rganilib, ichimlik suv uchun gigienik norma ishlab chiqildi, suv havzalarining suvi bundan istisno,
1914 yilda AQSH davlatida birinchi marta ichimlik suv standarti e’lon qilindi. Bu suvdagi baktyeriyalar soni va ichak tayoq-chasi titriga qarab aniqlanadi. Keyinchalik aholini markazlashgan ichimlik suv bilai ta’minlash yo’lga qo’yilgandan so’ng boshqa kim­yoviy moddalarning odam organizmiga ta’siri o’rganila boshlandi. Jumladan, Gyermaniya davlatida sul’fatlar, xloridlar va nitratlarning suvning organoleptik xususiyatiga ta’siri o’rganildi. Qo’rg’oshin va margimushning gigienik normasini ishlab chiqishga urinib ko’rildi.
1925 yilda AQSH da ichimlik suv standarti uning organoleptik xususiyatini hisobga olib aniqlana boshlandi.
1937 yilda Yevropada birinchi bo’lib RSFSR ichimlik suvning sifati
uchun vaqtinchalik standart qabul qildi. U «Vodoprovod suvi sifatining vaqtinchalik standarti» deb atalgan. Bu standart bilan suvning organoleptik sifat normalari aniqlangan edi. Bu standart faqat vodoprovod suvlari uchun mo’ljallangan. Gigienik suv normalarining uchinchi bosqichida keyinchalik katta masalaga, ya’ni gigiena, fiziodotaya sohasidagi masalalarga e’tibor bergan holda ish olib boriladigan bo’lib qoldi.
Suv sifati gigienik normasining to’rtinchi bosqichida suv tarkibidagi turli moddalarning odam organizmiga ta’sirini o’rganish ko’zda tutildi. Bu 1945 yilda mavjud bo’lgan sandartni qayta kurib chiqishni kun tartibiga qo’ydi. Natijada suv to’g’risidagi standart qayta ko’rilib, u 28-74-45 raqamli «Ichimlik suv» nomi bilan tasdiqlandi. Bu Davlat standarti ikki talabni ko’zda tutadi «A» - barcha vodoprovod suvlari uchun va «B» - suvni qayta ishlash uchun qurilgan vodoprovodlar uchun. Ichimlik suv standarti ko’rsatkichlari tarkibiga qo’rg’oshin, margimush, rux, mis, ftor, fenol miqdorini aniqlash kiritilgan.
28-74-45 raqamli Davlat standarti ichimlik suvga to’rt talabni qo’yadi.

  1. Ichimlik suv epidemiya xavfini tug’dirmasligi zarur.

  2. Kimyoviy jihatdan zararsiz bo’lishi kerak.

  3. Ichimlik suvning organoleptik xossalari yoqimli bo’lmog’i lozim 4.Ichimlik suv har qanday sharoitda ifloslanishdan muhofaza

qilinishi kerak.
Ilm-fanning taraqqiy etishi keyinchalik maxsus olib borilgan gigienik tekshirishlar oqibatida boshqa murakkab kimeviy moddalar normasini, baktyeriologik xususiyatini mufassal ishlab chiqishga imkon berdi. Bu esa ichimlik suvning tozaligani ta’minlashga sharoit tug’dirdi. 1945-1954 yillarda tasdiqlangan ichimlik suv standarti yana qayta ko’rildi. Sababi shundaki, gigiena fanida ekspyerimental toksikologaya usuli qullanilib, ju-da ko’p kimyoviy moddalarning gigienik normalari qayta ko’rildi. Suv tarkibidagi kimyoviy moddalar o’z holicha qoldirildi.
Ilgari suvning baktyerial tarkibi vodoprovod inshootlarining texnik tomondan jihozlanishiga bog’liq edi, gigienistlar epidemio-logik dalillarga qarab ish tutar edilar. Ammo 40 yillardan keyin
suvni zararsizlantirish maqsadida xlor ishlatila boshlandi. Bir litr suvdagi ichak tayoqchalari soni uchtaga kamaytirilganda, suv tarkibida qorin tifi, paratif, dizentyeriya, leptospiroz, brucellyoz va tulyaremiya mikroblari bo’lmaydi.
Keyinchalik ul’trabinafsha nurlari ta’sirida ham yuqorida aytib o’tilgan mikroblarni yo’qotish mumkinligi aniqlandi, Demak, gigiena fanida yangi yo’nalishlar paydo bo’ldi. Lekin shuni aytish kerakki, entyeroviruslar oksidlovchi moddalarga nisbatan suvda uzoq yashaydi. Bu qayta-qayta o’tkazilgan tajribalardan ma’lum.
Masalan, Hindistonning Dehli shahrida suvni xlorlab sariq kasali virusining chidamliligi aniqlandi. SHuning uchun ham, tashqi muhitda entyeroviruslarning tarqalganligini hisobga olib, suvga baho berishda uning koli-titrini aniqlash lozim.
Keyingi tekshiruvlar shuni ko’rsatadiki, suv tarkibidagi sul’fatlar, xloridlar uning organoleptik ko’rsatkichlaridan kam bo’lib, bo’sag’a darajasida aholi organizmiga ta’sir ko’rsatmasligi mumkin. Bu bosqichda suv tarkibidagi nitratlar miqdori ham aniqlanadi.
Suvning sifatini yaxshilash maqsadida unga koagulyantlar, zanglashga qarshi moddalar, ya’ni A12(SO4)z, G’eS1z, poliakrilamid VA-1, VA-2, polifosfatlar va boshqalar qo’shiladi. Demak, bu moddalar uchun ham ruxsat etiladigan miqdorni aniqlash zarur bo’lib qoldi.
1973 yilda «Ichimlik suv standarti» yana qayta ko’rildi. Standartning strukturasi gigiena normasi bajarilishiga qaratildi. 28—74—73 raqamli Davlat standartida birinchi bo’lib ftor elementi uchun iqlim sharoitiga qarab suvning ruxsat etilgan miqdori aniqlandi.
Suvning loyqalanishi ham hammaning diqqat markazida turadi. Undagi mayda zarrachalar, kremniy kislota, metall gadroksidlari, mikroorganizmlar, planktonlar va boshqalar organizm uchun yot va keraksiz bo’lgan omillardir. Buning ustiga, suv zarrachalarining ko’pchiligi o’ziga turli viruslarni shimib olib, o’zi bilan birga tashib yuradi. Koagllyantlar bilan reakciyaga kirgan bunday zarrachalar bir-biriga yopishib pag’a-pag’a bo’lib kattalashadi va ular ham viruslarni shimadi. SHunday pag’alarni suvdan olish 99,9 procent virusdan qutulishga imkon byeradi, ammo vodoprovod inshootlarida esa viruslarning kamayishi 90—95 foizga etadi. Viruslar bilan birga suvning loyqaligi ham yo’qoladi. Suv ancha tiniqlashib qoladi.
Demak, suvni tindirish undagi baktyeriyalar, viruslar sonining kamayishiga, shu bilan bir qatorda uni zararsiz holatga keltirishga imkon byeradi. 1973 yil Davlat standarti bo’yicha bir litr suvdagi loyqa normasi 1,5


mg ga teng. Hozir yangi Davlat standarti, ya’ni 28—74—82 «Ichimlik suv» qabul qilingan.Ichimlik suv tarkibidagi moddalarning ruxsat etilgan normalari (Davlat standarti 28—74—82 «Ichimlik suv»)

Kimyoviy moddalar


Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish