Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet26/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

OCHIQ SUV MANBALARI
O’rta Osiyo respublikalarida sug’oriladigan yerlar juda ko’payib ketganligi sababli ham ko’pgina qishloq aholisi o’zining ehtiyojlarini qondirish uchun ko’pincha daryo, kanal, ariq suvlaridan foydalanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, bizning mamlakatimiz chuchuk suv manbalariga eng boy mamlakat hisoblanar ekan. Bizda har bir million aholiga 5,7 km daryo suvi to’g’ri kelsa, yer kurrasining boshqa mamlakatlarida bir million aholiga 4,7 km chuchuk suv to’g’ri keladi.
Suv havzalarining 80% i iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan shimoliy rayonlarga to’g’ri keladi. Bu rayonlarda atigi 15—20% aholi yashaydi. Suv havzalarining qolgan 20% i iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan rayonlarga to’g’ri keladi. Ammo yuza suv havzalari suvi tarkibi jihatdan tez o’zgaruvchanligi, unda minyeral tuzlarning kamligi, ifloslanish darajasining yuqoriligi bilan yer osti suvlaridan farq qiladi. Suv miqdori faslga qarab va meteorologik sharoitlar ta’sirida yo ko’payib yoki kamayib turadi. Muz qatlamlarining ko’chishi, yog’ingarchilik, sel kelishi va boshqa tabiat hodisalari suv ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. YUza suv manbalarining rN ko’rsatkichi doimo 6,5—8,5 orasida aniq-lanadi. Ammo ochiq suv havzalari insonning yashash faoliyati davo-mida chiqindi suvlar, sanoat chiqindilari, sugoriladigan yer maydon-laridan chiqadigan oqova suvlar va boshqalar bilan ifloslanadi.
Keyingi yillarda oqova suvlarning ochiq suv havzalariga tushishi natijasida bir hujayrali suv o’tlari nihoyatda ko’payib, suv qavatlari o’t bosayotgani guvohimiz. Suv omborlarida saqlanayotgan suvning gullashi ularning organoleptik xususiyatlarini o’zgartirib yubormoqda.
YUqorida zikr qilingan omillardan ma’lumki, bunday suvlarni to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilish aslo mumkin emas. Ularni faqat zararsiz holatga keltirilgandan so’ng iste’mol qilishga ruxsat etiladi.
Daryolar eng asosiy ochiq suv havzalari bo’lib, ular ma’lum darajada ishlangandan so’ng aholi ehtiyoji uchun ishlatiladi. Lekin, daryo suvlari tez o’zgaruvchanligi sababli ular tarkibida kimyoviy moddalar, mikroblar, gel’mint tuxumlari va boshqa moddalar bo’lishi mumkin.
Masalan, shimoliy rayonlardaga daryolar qish boshlanishi bilan muzlaydi, natijada ular vaqtinchalik ifloslanishdan saqlanadi. Am-mo, bahor kelishi bilan muzlar erib, suvlarning minyeral tarkibi o’zgaradi, oksidlanish kamayib, mikroblar ko’payadi. Iyun’ oylarida suv hajmining kamayishi suvdagi tuz koncentraciyasini ko’pay-tiradi.
Daryo bo’ylarida kir yuvish, cho’milish, mol boqish va oqova suv­larning ochiq suv havzalariga tushishi daryo suvining ifloslanishiga sabab bo’ladi. Bular suvning tabiiy holatini buzib, ularning organoleptik xususiyatlarini o’zgartirib yuboradi, natijada suvning rangi sariq, kulrang, ko’kimtir va boshqa tusga kirib holadi.
Kama, Dnepr daryolari suvining oksidlanish darajasi 15—16 mg O2/l, rangi 65°, sarg’ish. Bu daryolar suvining ransh boshqa respublika daryolari suvidan boshqacha bo’lishi ularning botqoqliklar yoki o’rmonzorlardan boshlanishi oqibatidir. Suv rangining o’zgarishi ular tarkibidagi gumin moddalari miqdoriga bog’liq. O’rta Osiyo respublikalarida suv tog’lardagi qor va muzliklarning erishidan paydo bo’ladi, daryolarning boshlanish qismida suv nihoyatda tiniq, mazasi chuchuk, harorati 12—14° dan oshmagan bo’ladi. Ammo suv yo’li 500—600 km ga etganda suv loyqalanib, o’z tarkibida juda ko’p miqdorda osilma zarrachalar, qum, loy, xas-cho’plarni ushlaydi. Ular tarkibidagi minyeral, organik moddalar miqdori, mikroblar soni juda o’zgarib ketadi.
Bir litr suv tarkibida 6500—13 000 mg gacha osilma zarrachalar bo’lishi mumkin. Agar daryo suvi sho’x oqadigan bo’lsa, u holda suv juda loyqa bo’lib, daryo sohillarini buzib, o’z yo’nalishini tez-tez o’zgartirib turadi. Daryolar suvining hajmi bir xil emas. Masalan, Neva daryosining o’rtacha
33
oqimi sekundiga 2500 m ga teng, Volga daryosiniki 2000 m ga, Dneprniki

  1. 3 3

400 m ga, Amudaryoniki 1500 m ga, Sirdaryoniki esa 540 m ga teng. Ammo suv miqdori daryoning boshlanishida uncha ko’p bo’lmay, o’rtasida ancha ko’payishi mumkin. Bahor boshlanishi bilan yillik suv miqdorining 70% i daryodan oqib o’tishi mumkin. SHu sababdan aholini markazlashgan vodoprovod suvi bilan ta’minlashda daryo suvi hajmi hisobga olinadi. Agar sur hajmi aniqlanmasa, aholining suvga bo’lgan ehtiyojini qondirish mumkin bo’lmaydi. Bunda ayniqsa aholining soyi, uning demografik o’sishini nazarda tutmoq zarur.
Ko’llar ochiq suv havzalari hisoblanib, ular maydonining kengligi, katta- kichikligi, suvining hajmi, chuqurligi bilan bir-biridan farq qiladi. Ko’llarning suvi asosan chuchuk bo’lib, ular daryolarning quyilishidan paydo bo’ladi. SHuning uchun ularning tarkibi daryo suvlarinikiga o’xshab ketadi. Ko’llarda suv harakati kam bo’lganligi uchun ular osilma moddalardan holi bo’ladi. Suvining rangi tiniq, tashqi ko’rinishi ham ancha yaxshi bo’ladi. Ko’llarning tagiga cho’kkan quyqum cho’kmalar organik va noorganik moddalardan iborat bo’lib, bioximik jarayonlar kyechishiga sababchi bo’ladi. Kichik ko’llarda suv to’lqinlanganda suv ostidagi loyqalar suvni ifloslantirishi mumkin, Bu suvning rangi, sifatini o’zgartiradi.
Ko’l suvini ichishga tavsiya qilish mumkin, ammo buning uchun ko’lning chuqurligi kamida 10 metr, suv debiti etarli bo’lmog’i shart. CHuqur ko’llarda, masalan 10 metr chuqurlikdaga ko’llarda mikroblar soni kam bo’ladi, harorati 10—12°S atrofida bo’lib, kimyoviy tarkibi kam o’zgaradi. SHuning uchun katta va chuqur ko’l suvlarini markazlashgan suv inshootlariga ulab aholini ta’minlash mumkin. Suv olish uchun mo’ljallangan joyda sanitariya-himoya zonasini tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Sun’iy suv omborlari. Keyingi 30—40 yil ichida katta daryo suvlaridan ichimlik suv sifatida va elektr enyergiya olish maqsadida foydalanish uchun ko’pdan-ko’p suv omborlari qurildi. Jumladan, O’zbekiston daryolari bo’yida bir necha suv omborlari qurildiki, ularning hajmi 10 mlrd m ni tashkil qiladi. SHu maqsadda Amudaryoning sho’x suvi ham jilovlandi.
Tuyamo’yin, Qayroqqum, CHordara va boshqa suv omborlari respublikamiz xalq xo’jaligi taraqqiyotida katta rol’ o’ynamoqda. Sanoat korxonalarining taraqqiy etishi, yangi-yangi turar joylar, posyolkalarning paydo bo’lishi o’z-o’zidan suvga bo’lgan ehtiyojni oshirmoqda. SHuning uchun ham ko’p daryolar jilovlanib, ularni yig’ish maqsadida to’g’onlar qurilmoqda. Qor-yomg’ir suv-lari to’planishi ekin maydonlarini sug’orish muammosini hal qilmoqda.
Suv omborlaridagi suv tarkibi daryo, yomg’ir va oqova suvlar tarkibiga o’xshaydi, chunki oqib keladigan suv suv omborlarida to’planadi.
Suv omborlaridagi suvning o’ziga xos tomoni shundaki, ular borgan sari minyerallashib, tuzlarining miqdori ortib boradi. Suvning buglanishi, uning yerga shimilishi suv tarkibidagi minyeral tuzlar miqdorini tobora oshirib boravyeradi.
Suv ombori sathining suv miqdoriga nisbatan katta bo’lishi, uning tezroq minyerallanishiga olib boradi. Masalan, Donbass shahridagi suv omborlarida dastlab har litr suvga 300 mg qattiq cho’kma to’g’ri kelgan bo’lsa, olti yil o’tgach u 1600 mg ga etdi.
Bundan tashqari, suv qavatlaridagi erigan tuz miqdori ham bir xil bo’lmasligi kuzatilgan. CHunki suv omboriga tushayotgan suvning minyeralligi va solishtirma og’irligi kam bo’lganligi sababli, undagi tuzlar yuqori qavatda qoladi, to’la-to’kis aralashib ketmaydi. Masalan, suv omborining yuza qavatidan olingan suv namunalarida suvning qattiqligi 9 mg ekv/l, chuqur qavatidan olinganida esa 9,5—15 mg ekv/litrga etgan. Ammo, shamol ta’sirida suvning to’lqinlanib aralashishi oqibatida suv qattiqligi ancha o’zgaradi.
Suv omboridagi suvning yana bir xususiyati shundan iboratki, ular yozda ko’karib ketadi. Bunga suv o’simliklarining o’sishi sabab bo’ladi. Suv o’simliklarining o’sishi suv tarkibini organik moddalar bilan boyitadi. Suvda syerovodorod paydo bo’lib, erigan oksigen kamayib ketadi, bu suvdagi baliqlar, jonivorlarning qirilishiga sababchi bo’ladi. Bundan tashqari, suv o’simliklarining ko’p qismi suv inshootlariga tushadi, fil’trlovchi uskunalarga tiqilib qolib, ularni ishdan chiqaradi, vodoprovod inshootlarining normal holatda ishlashiga zarar byeradi.
Suv ko’karishining oldini olish maqsadida samolyotlar yordamida 1 m suvga 0,5 gramm SuSO4 (mis sul’fat) sepiladi. Bu suvning
o’z-o’zini tozalash imkonini byeradi. Natijada suv mikroorganizmlar bilan uncha ifloslanmaydi. Suv omborlari qurilayotgan vaqtda uning tagini tozalash mumkin bo’lishi kelajakda suvning ifloslanishiga yo’l qo’ymaydi. Bu maqsadda suv ombori quriladigan joy daraxtlar, changalzorlar, ko’p yillik o’tlar va boshqalardan tozalanadi. SHunda suvning organoleptik, baktyeriologik va kimyoviy tarkibi talabga javob byeradigan bo’ladi.
Suv omborlari qurish birinchidan aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash imkonini byeradi, ikkinchidan joyning kichik iqlimini yaxshilab, obodonchilik ishlarining rivojlanishiga katta ta’sir etadi.
Suv omborlari suvi doimo almashtirib turilgani uchun sanitariya jihatidan uncha xavf tug’dirmaydi, daryo suvlari esa doimo harakatda, o’z- o’zini tozalash jarayonlari juda intensiv o’tadi, mikroblardan ozod bo’lib, organik moddalar zararsiz tuzlarga aylanadi.
Yirik gidroenyergetika inshootlari qurilayotgan rayonlardagi sanitariya muassasalari xodimlarining vazifasi quyidagilardan iborat.

  1. Suv omborlari qurilishidan oldin va suv omborlari qurilib bo’lgandan so’ng suv sifatini o’rganish.

  2. Kelajakda suv ombori o’zanining suv sifatiga ta’sirini kamaytirish

yoki yo’qotish maqsadida sanitariya choralari ko’rishni uyushtirish.

  1. Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida suv omborining biror joyini vodoprovod inshootlariga suv olishga mo’ljallash.

  2. Tozalangan oqova suvlar va sanoat chiqindi suvlarini oqizish uchun joy tanlash.

Ma’lumki, suv omborlarini qurish juda ko’p mua.mmola.rni keltirib chiqaradi. Jumladan, suv to’g’on yuqorisiga ko’tarilib, atrofidagi maydonlarni suv bosishi, suv omborlari atrofidagi yer osti suvlarining ombor suvlariga qo’shilib, yer yuzasiga ko’tarilishi, u yerga biror ob’yekt qurib bo’lmasligi va hokazo. Aholini esa boshqa joyga ko’chirish zarur bo’ladi. Suv omborlaridan pastroqda joylashgan turar joylarning cho’kishi kuzatiladi. Buning oldini olish maqsadida artezian quduqlar kovlanib yer osti suvlari motorlar, uskunalar yordamida chiqarilib olinadi.
Suv omborlari loyihasi ishlab chiqilayotganda sanitariya vrachlari zarur chora-tadbirlarni ko’rishlari kerak. Suv omborlaridagi suvning tozaligini saqlab qolish maqsadida suvning sifat ko’rsatkichlari o’z vaqtida sanitariya vrachlari tomonidan laboratoriya yordamida aniqlanishi lozim.
Kanallar. Keyingi yillarda kam suvli regionlarga kanallar yordamida suv keltirilmoqda. Kanal suvlaridan faqatgina xalq
xo’jaligini rivojlantirishda foydalanib qolmasdan, balki aholi uchun ichimlik suv sifatida ham foydalaniladi. Jumladan, katta Farg’ona kanali (uzunligi 345 km), shimoliy Farg’ona kanali (144, km), Kirov nomli kanal (135 km), Irtish-Qarag’anda kanali (460/ km), SHimoliy Qrim kanali (400 km), Volga- Ural kanali (400 km)! va boshqalar shular jumlasidandir. Kanallardagi suv hajmi sekundiga 20—40 m ga teng. Ammo, kanal suvlarining o’z-o’zini tozalash xususiyati ancha kam. Buning ustiga shag’alli joylarda suv o’tlari o’sib, kanal suvini ifloslantiradi, bu esa suvning hidi va mazasiga ta’sir qiladi.
O’rta Osiyo respublikalari territoriyasida joylashgan kanal suvlaridan ichimlik maqsadida foydalanilganda uning sanitariya holatiga ahamiyat berish zarur.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish