Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


Transport vositalari harakati vaqtidagi shovqin darajasi



Download 3,24 Mb.
bet22/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

Transport vositalari harakati vaqtidagi shovqin darajasi


Kucha va yo’llarning darajalari

Ikki yo’nalishli ko’chadagi shovqpn darajasi

SHovqin darajasi, dB da

Transport tez harakat qiladigan







yo’llar
SHahar ahamiyatidagi umumiy magistral yo’llar:

6

86

a) to’xgovsiz harakatli;

6

84

b) boshqaruvli harakatli

8

85

Rayon ahamiyatiga ega

4

81

bulgan yo’llar

2

79

YUk tashish yo’llari

2

73

Kichik yo’l va ko’chalar Sanoat korxonalari, kommuial omborlar joylashgan yaonadagi yo’llar

2

79



Katta shahar ko’chalarida harakat qilayotgan transport vositalarining hammasi shovqin manbai, ular kuchining turliligi bilan bir-biridan farq qiladi.
SHuning uchun ham 1980 yilda harakat tarmoqlarida shovqin kartogrammasini ishlab chiqish maqsadida qurilish nashriyoti tomonidan maxsus «shahar sharoitida shovqinlarni alohida-alohida hisoblash» nomli qo’llanma chop etildi. SHu qo’llanma asosida shahar territoriyasining qaysi nohiyasida shovqin kuchi yuqori bo’lsa, har bir shovqin manbaidan ajraladigan shovqin alohida o’lchanib, shahar uchun shovqinlar kartogrammasini chizish mumkin.
SHOVQINDAN HIMOYA QILISH VOSITALARI
Aholini shovqindan himoya qilish maqsadida 1973 yilda 726-sonli maxsus qaror qabul qilindi.
SHahar shovqiniga qarshi kurashish uchun quyidagi ishlarni bajarish zarur:

  1. Me’morchilik va loyihalash ishlari olib borish.

  2. Texnik choralar ko’rish.

  3. Ma’muriy choralar ko’rish.

  4. Tarbiyaviy ishlar olib borish.

  1. Me’morchilik va loyihalash ishlarini gigiena talablariga asosan olib borish shaharda shovqinni kamaytirishga, odamlar tinchligani saqlashga ancha yordam byeradi. Buning uchun birinchi galda turar-joylarni shovqin ta’siridan himoyalash, ya’ni gigienik zonalarga bo’lish zarur. Sanoat korxonalari, transport vositalari ishlab chiqaradigan korxonalar alohida- alohida joylashtiriladi. Sanitariya himoya zonalari ko’kalamzorlashtiriladi. Bular shovqinni bir-muncha kamaytiradi.

SHovqinga qarshi kurash turar joylar loyihasini ishlab chiqishning hamma bosqichida nazarda tutilishi kerak. Ba’zi hollar da himoya masofasi shovqin kuchiga qarab joylashtiriladi. Masalan, garajlar, magazin omborlari, o’tish joylari, ko’kalamzor zonalar va boshqalar shovqin manbaiga yaqinroq qilib joylashtirilishi mumkin. Dam olish joylari, kasalxonalar, ambulatoriya, poliklinikalar va boshqalar shovqin manbalaridan uzoqda joylashtiriladi.

  1. Texnik choralar. Transport vositalaridan chiqadigan shovqinni kamaytirish maqsadida tramvay, trolleybus, yuk tashish mashinalari texnik tomondan takomillashtiriladi. Temir yo’llarni eritish yo’li bilan ulash, rezinali yostiqlarga izlar o’rnatish shovqinni ancha pasaytiradi. Yo’llarning notekisligi, ayniqsa beton yo’llar shovqinga sabab bo’ladi. Ammo shuni aytish kerakki, texnik choralar bilan transport vositalaridan chiqadigan shovqinni yaqin 10—15 yil ichida kamaytirib bo’lmaydi.

  2. Ma’muriy choralar. Hammaga ma’lumki, hozir shaharning aholi gavjum joylarida transport vositalarining signal byeri-

shiga ruxsat etilmaydi, transport vositalarining harakati nazorat ostiga olinadi. Tor ko’chalarda transport harakati sekinlashtiriladi.
Istirohat bog’lari, dam olish joylari, bog’larda tinchlikni ta’minlash ma’muriy idoralar zimmasiga yuklatilgan. Ma’muriy choralarni amalga oshirish uchun maxsus qarorlar, davlat standartlari, sanitariya qoidalari ishlab chiqilgan.
Aholini madaniy ruhda tarbiyalash, jamoa tartib intizomini saqlash, jamoa joylarida radio, magnitofon ovozini baland qilib qo’yishga ruxsat etilmaydi. Ayniqsa, bu borada yoshlarni tarbiyalash katta ahamiyatga ega.
Masalan, Sankt-Petyerburg shahar ijroiya qo’mitasi tomonidan qabul qilingan «SHaharning sanitariya holatini yaxshilash va tashqi muhitni himoya qilish» hamda «Leningrad shahrida shovqinga qarshi kurashni kuchaytirish» nomli 1970 yil 7 sentyabrda qabul qilingan 714-sonli qarorda juda katta tadbir va choralarni bajarish ko’zda tutilgan.
Bunda, iloji boricha shovqin manbalarini kamaytirish, transport vositalaridan chiqadigan shovqinga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqish, texnika asbob-uskunalaridan paydo bo’ladigan shovqinni kamaytirish masalalari ko’zda tutiladi.
SHovqinning oldini olish, uning kuchini kamaytirish va qaytarish
tadbirlari shahar loyihasini tuzish vaqtida amalga oshirilishi kerak. Masalan, shovqin-suronli cexlar, zavodlar, kompressor stanciyalari, gaz va turbina uskunalari yaqiniga turar joylar, laboratoriya, konstruktorlik idoralari, hisob
markazlari, ma’muriy idoralar qurishga ruxsat etilmaydi.
SHovqinni kamaytirish maqsadida shovqin ushlanib qoladigan, uning boshqa xonalarga tarqalishidan asraydigan matyeriallar ishlatish kerak. Uy- joy, yotoqxonalar yaqiniga suv isitish qozonlari, kompressor, nasos stanciyalari qurish mumkin emas. Trubalar shovqinni kamaytiruvchi, nam o’tkazmaydigan matyeriallar bilan o’ralishi kerak. Ko’p qavatli binolarda liftning devori yashash xonalarining devoriga taqalgan bo’lmasligi kerak.
Oshxona, hojatxona, vannaxonalar yashash xonalaridan yo’laklar yordamida ajratilgan bo’lishi lozim.
Jamoa joylari, xonadonlarga ko’pincha shamollatish uskunalari, havo sovitgichlar o’rnatiladi. Aslida ulardan kuchli shovqin chiqadi. Bu ham odamlarning normal yashashiga halaqit byeradi.
Uy-joy shovqinini kamaytirish uchun shovqin manbalaridan chiqadigan tovush kuchini kamaytirish va uning tarqalishi oldini olish kerak bo’ladi. Bunga erishish uchun shovqinni kamaytiradigan moslamalardan foydalaniladi. Bino qurilayotgan vaqtda tovushni ushlab qoladigan qurilish matyeriallari ishlatiladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish