Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


SHAHAR SHOVQINI USTIDAN S ANITARIYA NAZORATI O’RNATISH



Download 3,24 Mb.
bet23/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

SHAHAR SHOVQINI USTIDAN S ANITARIYA NAZORATI O’RNATISH
Sanitariya-epidemiologiya stanciyasi xodimlari aholini shovqin ta’siridan himoya qilishlari, o’z vaqtida shovqin normasini ta’minlashlari zarur. Buning uchun ular «Turar joylarda, shaharlarda va sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish tadbirlari» to’g’risida qabul qilingan hujjatlardan foydalanishlari mumkin.
Tovush kuchini nazorat qilish maxsus asboblar bilan jihozlangan laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Nazorat shahar ko’chalarida, maxsus punktlarda, turar joylarda, ob’yektlarda olib boriladi. Laboratoriya xodimlarining vazifasi shovqin manbalarini aniqlash, uning kuchini hisobga olish va maxsus kartoteka tuzishdan iborat. Ular havo orqali shovqin tarqalish yo’lini bilishlari zarur. So’ngra ular shovqin ta’siridagi aholi sonini aniqlab, pasportning maxsus grafalariga yozadilar. Olingan dalillar asosida SES xodimlari shovqinning oldini olish va undan himoyalanish choralarini ko’radilar.
Kartotekalar sanoat korxonalari, transport ob’yektlari, transformator stanciyalari va boshqa ob’yektlar uchun tuziladi.
SES xodimlari vazifasiga shovqinning kelib chiqishi, uning sanitariya normalaridan ortiq buzilish sabablarini bilish va uning darajasini kamaytirish kiradi.
Mabodo shovqinga qarshi tadbir ishlab chiqilsa-yu, ammo u amalda bajarilmasa, SES xodimlari aybdorlarga nisbatan qat’iy choralar ko’radilar. Hatto bu rayon, shahar ijroiya qo’mitalari majlisida muhokama qilinadi.
Sanitariya muassasalari xodimlari shovqinning oldini olish uchun shahar qurilish loyihalarini uning kelajak taraqqiyotini hisobga olib ko’zdan kechiradilar, kamchiliklarini esa vrachlarning talablariga ko’ra to’la-to’kis bajarilishini ta’minlaydilar. Sanitariya tarmoqlari o’rnatilayotganda shovqin chiqmaydigan bo’lishiga ahamiyat berish, qurilish sifatini ko’tarish va boshqa talablar qo’yiladi. Ayniqsa, turar joylar foydalanishga topshirilayotganda shovqin kuchi o’lchanishi zarur. Agar topshirilgan ob’yektlardan chiqayotgan shovqin to’g’risida ma’lumot bo’lmasa, sanitariya vrachi ob’yekt boshlig’idan shovqin kuchini o’lchashni talab qilishi mumkin. Mabodo bitgan uy-joylarda shovqin darajasi gigienik normadan ortiq bo’lsa, bunday ob’yektlar qabul qilinmaydi.
Turar-joy rayonlaryadagi shovqin-suron sanitariya muassasalari tomonidan to’g’ri ogohlantirilishi zarur. Jumladan, uy-joy qurish uchun ajratilgan yer maydoni shovqin manbalaridan uzoqroq joylashgan bo’lishi lozim. Ayniqsa davolash-profilaktika muassasalari, bog’cha, maktab va dam olish ob’yektlarining to’g’ri joylashtirilishiga sanitariya xodimlari javobgardirlar. Turar joylarni gigaenik zonalarga to’g’ri ajratish shovqin kuchini ancha kamaytiradi.
SHuni aytish zarurki, yuqorida zikr qilingan hamma masalalar qurilish xodimlari bilan birgalikda hal etilmog’i zarur.
Sanitariya vrachlari zimmasida aholini shovqindan shikoyatlarini tinglash, shovqin manbalaridan chiqayotgan shovqin darajasini o’lchash, ularni normaga taqqoslash va shovqin manbalarini kamaytirish vazifasi yotadi.
Sanitariya vrachlarining shahar shovqini kartasini tuzishda qatnashishi maqsadga muvofiq. Sanitariya-epidemiologiya stanciyasi xodimlari respublika, viloyat, shahar va rayon shovqinga qarshi kurashish tashkilotlaridan bu masalani hal qilishni talab qilishlari mumkin va buni o’z vazifalari deb bilishlari kerak.
SHovqinni kamaytirish va uning zararli tomonlarini aholiga, maktab o’quvchilariga tushuntirish, jamoa joylarida shovqin ko’tarilishiga yo’l qo’ymaslik, agitaciya va propaganda qilish ma’lum darajada bu masalani hal etishga yordam byeradi.

  1. BOB

AHOLI TURAR JOYLARINI TOZA ICHIMLIK VA XO’JALIK SUVLARI BILAN TA’MINLASH
Suv — obihayot. Suvsiz hayotni tasavvur qilib bo’lmaydi. Suv inson va jonivorlar, o’simliklar dunyosi, xullas butun borliq uchun zarur bo’lgan tabiatning in’omi. Ilm-fan, texnika taraqqiy etgan sari, sanoat korxonalari, qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida suvga talab ortib bormoqda.
Toza suvdan xo’jalikda va kundalik turmushda foydalanish «Suv qonunlari» (1970) da ta’kidlab o’tilgan. Inson sihat-salomatligani saqlashda suvning ahamiyati katta.
Ma’lumki, odam tanasining 65% ini suv tashkil qiladi. SHuning uchun
ham inson suvsizlikni og’ir kechiradi. Organizmda 6—8% suv yo’qolsa harorat ko’tariladi, tyeri qizarib, yurak urishi, nafas olish tezlashadi, muskullar charchaydi. Bosh aylanib, og’riydi, 10% miqdorda suv yo’qotish organizmni og’ir holatga tushirib qo’yadi. 15— 20% suv yo’qotish o’limga olib borishi mumkin.
Suv organizmda moddalar almashinishi jarayonida qatnashadi. Ovqatni hazm qilishga yordam byeradi. Suvga bo’lgan talab sutkasiga kishi boshiga 2,5—3 litrni tashkil etadi. Ammo iqlimi issiq mamlakatlarda bu miqdor 2—3 hissaga ortishi mumkin. Suv iste’mol qilish mehnatning og’ir-engalligiga ham bog’liq. Og’ir jismoniy harakat suv iste’molini kuniga 8,0—10 litrga etkazishi mumkin.
CHo’l zonalarida jismoniy mehnat jarayonida sutkasiga 11 litrgacha suv iste’mol qilish mumkin. YUqorida zikr qilingan suv normalari organ izmning fiziologik ehtiyojini qondirish uchun kerak bo’lgan suv miqdoridir.
Suvning faqat fiziologik normasi emas, balki uning gigienik normasi ham mavjud. Uy-joylarni toza tutish, yuvinish, kir yuvish, idish-tovoq va boshqalarni yuvish va tozalash uchun anchagana miqdorda suv kerak bo’ladi. Suvning shu maqsadlar uchun isrof qilmay sarflanishi, u yerda sanitariya madaniyatining yuqori ekanligidan darak byeradi.
Odamlar sarflaydigan suvning kundalik miqdori joyning iqlim sharoitiga, aholining madaniy-maishiy sharoitlariga, turar joylarning obodonligiga kanalizaciya va vodoprovod tarmoqlarining taraqqiy etganligiga va boshqa bir qancha omillarga bog’liq.
Suvning iste’mol qilish normasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda qurilish normasi va qoidasi hujjatlariga kiritilgan.

11 - j a d v a lTurar joylarning holati


Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish