Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


BIOGEOCENOZ TO’G’RISIDA TUSHUNCHA



Download 3,24 Mb.
bet2/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

BIOGEOCENOZ TO’G’RISIDA TUSHUNCHA
Biosfyeraning elementar birlamchi tuzilish birligi biogeocenozdir. Bu tushuncha dastlab V. L. Sukachev tomonidan fanga kiritilgan.
Biogeocenoz biosfyeraning kichik bir qismi bo’lib, u o’zining joylanishi, iqlimi, gidrologiyasi va biotik sharoitiga qarab bir xildir. SHuningdek, u bir turdagi o’simliklar turkumidan iborat bo’lib, unga shu joy da yashaydigan o’simliklar, hayvonlar, jumladan mikroorganizmlar, mazkur yerning geologik tuzilishi, sharoiti, iqlimi, tuprog’i, suvi va boshqalar kiradi.
Biogeocenoz tarkibiga quyidagi komponentlar: o’simlik kompo-nenti — fitocenoz, hayvonlar komponenti — zoocenoz va mikroor­ganizmlar kiradi. Bular tuproqda, suvda yoki havoda ma’lum sharoitda mikroblarning bioximiyasini tashkil qiladi.
Biocenozlar rang-barang bo’lib, iqlim va ayni bir joyning tarixi, tabiatiga bog’liq holda vujudga keladi. Jumladan, tirik mintaqalarga xos o’rmonlarning biogeocenozlari Arktika tundralariga qaraganda mahsuldor hisoblanadi. SHuningdek, okean tubidagi biogeocenozlar dengiz va okean sohillari yaqinidagi sayoz joylar biogeocenozlaridan kam.
Biogeocenozning turli tirik komponentlari birlashib yashash jarayonida biologik birlik hosil qiladi, ya’ni biocenoz tarkib topadi.
Biocenoz barcha turdagi jonivorlar populyaciyasining yig’indisi bo’lib, ma’lum bir geografik territoriyada yashaydi. Bunday territoriyalar qo’shni joylardan tuproq va suvining kimyovny tarkibi, fizik ko’rsatkichlari, joyning baland-pastligi, namliga, quyosh nuri bilan ta’minlanishi va boshqa tomonlari bilan farq qiladi. Biocenozda yashaydigan o’simlik va hayvonlar doim bir-biri bilan munosabatda, aloqada bo’ladi.
Biocenoz umumiy kompleks jarayon bo’lib, biogeocenozning bir qismidir. Biocenoz doim rivojlana boradi va bu rivojlanish jarayoni odatda uzoq davom etadi.
Ayrim olimlar biosfyeraning elementar tuzilish birlishni ekosistema deb ham ataydilar.
Biosfyera yerdagi tirik organizmlar uchun yashash makoni. Biosfyera atmosferaning pastki — troposfyera va uning okean, dengiz, ko’l, daryo suvlari bilan qoplangan gadrosfyera qismlarini o’z ichiga oladi, Yer qatlami

  • uning tarkibi, tuzilishi va enyergetikasi ko’p jahatdan tirik organizmning o’tmishdagi yoki hozirdagi hayot faoliyati bilan bog’liq. Gidrosfyera va litosfyera moddalar va enyergiya kabi murakkab biokimyoviy cikllar bilan o’zaro bog’langan.

Milliard yillar davom etgan evolyuciya biosfyera qo’ynida byerk halqa hosil qiladi: nabotot olami karbonat angidridni o’ziga singdirib hayotbaxsh oksigen ishlab chiqaradi. Inson va hayvonlar o’simliklar va ularning mahsulotlari orqali oksigenni qabul qiladi hamda karbonat angidrid ajratib chiqaradi. Organik moddalar — o’lgan jonivorlar, o’simliklar, baktyeriyalar, zamburug’lar va yana boshqalarni oksigen yordamida qayta ishlab, yana foydali ozuqa manbaiga aylantiradi.
Ko’rinib turibdiki, tirik organizm bilan muhit orasida moddalar almashinuvi jarayonida hayot uchun zaruriy kimyoviy omillar, atmosfera va litosfyera hosilalari bevosita ishtirok etar ekan.
Moddalarning tabiatda tabiiy aylanishi jarayonida bir qator kimyoviy elementlar, jumladan azot, fosfor, kal’ciy, kaliy, temir va shunga o’xshash elementlar, shuningdek suv va havo qatnashadi.
Hammamizga ma’lumki, suvni obihayot deydilar. Darhaqiqat, suvsiz hayotni tasavvur qilib bo’lmaydi. Suv inson, jonivorlar,
o’simliklar dunyosi, xullas butun borliq uchun zarur bo’lgan, ko’rkam tabiatimizning, biosfyeraning syerxosiyat omillaridan biridir. U har qanday tirik organizmning bir qismi bo’lib, organizmning yashash jarayonida, muhim bioximik jarayonlarda faol qatnashadi, u issiqlik almashinuvini yaxshilaydi, turli moddalarni eritadi, tuzlar va boshqa moddalarni ionlarga parchalaydi, organizmda hayotiy muhit yaratadi.
Suv kishi organizmida fiziologik hamda bioximik jarayonlar bo’lmish assimilyaciya, dissimilyaciya, diffuziya jarayonlarida bevosita qatnashadi. Suv faqatgina inson uchun zarur bo’lib qolmay, balki qishloq xo’jaligi va sanoatning juda ko’p tarmoqlari uchun zarur.
Masalan, insonning fiziologik ehtiyoji uchun kuniga kishi boshiga uch litr chuchuk toza suv sarflansa, turli geografik mintaqalarda turar joylarning sharoitiga qarab gigienik talab bo’yicha 150—500 litrgacha suv sarflanishi aniqlangan. Demak, toza suvga talab borgan sari ortib bormoqda.
Insonning antropogen faoliyati natijasida suv havzalari chiqindilar bilan ifloslanmoqda. Bu inson bilan suv orasidagi o’zaro munosabatning buzilishidan darak byeradi, bu esa o’z navbatida turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
O’zbekiston jumhuriyatida har yili ochiq suv havzalariga 390 mln m chiqindi to’kiladi. SHu sababli Zarafshon daryosi suvi tarkibidagi minyeral tuzlar 6 barobar, organik moddalar esa 20 barobar ortdi. Navoiy shahridagi suv olish joyida bir litr suvdagi ichak tayoqchasi soni 2 mln 400000 ga etdi (ruxsat etiladigan mikroblar miqdori 1 litr suvda 1000 ta gacha).
Hozirgi kunda jumhuriyatdagi birorta daryo suvi Davlat standarti talablariga to’g’ri kelmaydi. 1985—1989 yillarda yuqumli ichak tayoqchasi mikrobining suv orqali tarqalishi va odamlarning kasallanishi 47 marotaba ko’paydi. 1989 yilda tif va paratif kasalliklari 17 marotaba ortdi.
Biosfyerada mavjud bo’layotgan murakkab bioximik jarayonda havo oksigeni qatnashgan holatda boradi. Havo tarkibidagi oksigen gazi tirik organizm uchun juda zarur bo’lgan modda, u organizmdagi murakkab bioximik jarayonlar — moddalar almashinuvida faol qatnashadi. Havoda oksigen moddasining etishmasligi yoki atmosfera havosining ifloslanishi kishi organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Atmosfera havosi va iqlim inson orgnizmini tashqi muhit bilan chambarchas bog’laydi. Unda paydo bo’ladigan o’zgarishlar kishi a’zolariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
So’nggi yillarda insonlarning tabiatga salbiy munosabatda bo’lishi uni yomon ahvolga solib qo’ymoqda, buning oqibatida tabiatning o’zi insondan o’z qasdini olmoqda.
V.I. Vyernadskiyning yozishicha: «Inson atrof-muhitga o’zining har tomonlama ta’sir etishi bilan boshqa tirik organizmlardan anchagina farq qiladi. Bu farq inson hayoti ibtidosida anchagina katta edi, vaqt o’tishi bilan bu farq yanada kattalashadi». Ulug’ olimning bu gaplarida katta ma’no yotadi. Inson aql zakovati shunchalik kattaki, u turli mashinalar yaratib tabiatni o’ziga bo’ysundirdi, u hatto atomdan ham foydalanmoqda. Katta-katta tabiiy boyliklarning topilishi, yangi-yangi mexanizmlarning ishlatilishi inson qo’li bilan bunyod etilmoqda. U o’simliklarni kasallik va hasharotlardan himoya qilish vositalarini ishlab chiqmoqda. Bular bir tomondan kundalik inson talabini qondirishga imkon tug’dirayotgan bo’lsa, ikkiichi tomondan insonning sihat-salogmatligiga putur etkazuvchi omillar paydo bo’lishiga, ya’ni tabiatda, biosfyerada ekologik tangliklarning vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda.
Jumladan, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining turli dambalar bilan to’silishi, suvdan isrofgarchilikka yo’l qo’yilgan holda foydalanish, suv sarfining tobora ortib borishi Orol muammosini keltirib chiqardi. Bu Qoraqalpog’iston, Xorazm va boshqa Orol bo’yi viloyatlarining ekologik holatini har tomonlama buzib yubordi, ekologik tanglikni vujudga keltirdi.
Atmosfera havosida zaharli omillarning tobora ko’payib borishi faqatgina inson salomatligiga emas, balki butun tirik jonivorlar, o’simliklar va boshqalar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlariga qaraganda, Angliya davlatining o’zida havoning ifloslanishi oqibatida har yili o’pka va nafas yo’llari kasalligidan 30 mingdan ziyod kishi nobud bo’lar zkan.
Havosiz, suvsiz hayotni tasavvur etib bo’lmaganidek, tuproqsiz ham hayot bo’lishi mumkin emas. Tuproq yerning po’stloq qavati bo’lib, ko’rkam tabiatning hayotbaxsh omillaridan biri hisoblanadi. Tuproq hayotning boshi, o’simliklar ozuqasi, u odamlarni boqadi, kiyintiradi, jonivorlar uchun esa yashash makoni hisoblanadi. U atrof-muhitning bir bo’lagidir. SHuning uchun tuproqqa tegishli ozuqa byerib, uni zararlanishdan muhofaza qilish, unda ketayotgan murakkab biogeocenoz jarayonlarga zarar byermaslik, unga zararli omillarni tashlamaslkk zarur, aks hrlda uning ekologik holati buzilib insonga zarar keltirishi mumkin.
Biz hozirgi kunda insonning tuproqqa nisbatan munosabati yaxshi emasligi oqibatida juda ko’p millionlab gektar yerdagi tuproqlarning ifloslanishi, hosildorlik xususiyati yo’qolib borayotganiga guvoh bo’lmoqdamiz. Bunga misol qilib Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog’iston va boshqa viloyatlar tuprog’ining sho’rxok yerga aylanishi, eroziyaga uchrashini ko’rsatishimiz mumkin.
Yerga ko’p miqdorda minyeral o’g’itlarning tashlanishi, ularning zaharli ximikatlar bilan zararlanishi tuproq tuzilishini tubdan o’zgartirib yubormoqda. Tuproqning sanitariya holati unga chiqin-dilar, axlatlar, sanoat chiqindilari tashlanishi oqibatida buzil-moqda. Bu esa turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
SHunday qilib, insonni o’rab turgan tashqi muhit ob’yektlaridagi ekologik o’zgarishlar uning sog’lig’iga ta’sir etmay qolmaydi. Masalan, CHyernobilda sodir bo’lgan voqeani olaylik. Bu faqat atom elektrostanciyasi joylashgan maydonni emas, balki qo’shni jumhuriyatlardagi ko’pchilik viloyatlar tuprog’ini, havosi, suvi, o’simlik dunyosini, uy-joylarni radionuklidlar bilan zararladi. Bu esa o’sha joylarda yashovchi hayvonlar, odamlar va boshqa jonivorlarning kasallanishiga sabab bo’ldi.
Bularning hammasi sanoat korxonalarining tadbirkorlik bilan qurilmaganligi, korxonalar ishlab chiqarish quvvatining to’g’ri taqsimlanmaganligi, tashkiliy ishlar olib borilishining pastligi, shuningdek eskirib qolgan texnika asbob-uskunlaridan foydalanish oqibatidir. Kommunal gigiena fani ham xuddi shu masalalarni o’rganadi, tashqi muhit ob’yektlarini iflosliklardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi, qolavyersa inson uchun qulay ekologik muhit yaratishga va kasalliklarning oldini olishga
yordam byeradi.

  1. BOB

AHOLI TURAR JOYLARI GIGIENASI
MINTAQALARDA SHAHARLARNING QURILISH QONUN- QOIDALARI VA ULARNI SOG’LOMLASHTIRISH YO’LLARI.
Turar joylarni loyihalash va qurish anchagina murakkab vazifa. Tarixga nazar tashlasak, uy-joy qurish, ularni yaxshilab loyihalash masalasi insoniyat paydo bo’lgandan byeri murakkab masala bo’lib kelmoqda. Sababi shundaki, shaharlar, shahar tipidagi qishloqlar to’g’ri, did bilan loyihalansa aholi yashashi uchun qulay bo’ladi. Bu borada yangi sanoat korxonalari, fabrika, zavodlar, maktab, texnikumlar, oliy o’quv yurtlari, shifoxona va poliklinikalar, ma’muriy idoralar va boshqalar ham hisobga olinadi. Ular gigiena nuqtai nazaridan to’g’ri joylashtirilgan, aholining yashashi va dam olishi uchun qulay bo’lishi lozim.
Yirik sanoat markazlari joylashadigan shaharlar loyihasini tuzish masalasi ancha murakkab. CHunki yirik shaharlar da aholining tobora zichlashib borayotganliga, transport vositalarining kundan-kunga ko’payishi va boshqalar atmosfera havosining buzilishiga va kasalliklar ko’payishiga sabab bo’lmoqda.
Gigiena xodimlari yordamida tayyorlangan va tasdiqlangan shahar va shahar tipidagi turar joy markazlari loyihasi ko’p jihatdan masalani to’g’ri hal qilishga yordam byeradi. Jumladan:
aholiga turar-joy qurish uchun sog’lom maydonlarni tanlash;
tanlangan joylardaga tabiiy sharoitlardan, ya’ni suv havzalari, ko’kalamzor o’rmonlar, yerning relyefi va hokazolardan to’g’ri foydalanish; —sog’lom bo’lmagan maydonlarni, territoriyalarni sog’lomlashtirish;
turar joylarni yuqori darajada obodonlashtirish, ya’ni ko’kalamzorlashtirish, kanalizaciya, suv va gaz tarmoqlari bilan ta’minlash, irrigaciya shoxobchalarini qurish, aholi turar joylari tozaligini ta’minlash;
turar joylarda hammom, profilaktika va davolash muassasalari, kirxonalar, fizkul’tura va sport inshootlari, bolalar bog’chalari, dam olish uylari qurishni tashkil qilish;
uy-joy loyhalarini tanlashda milliylikka ahamiyat berish; ularning qulayligini ta’minlash va boshqalar.
Odamlarning uy-joyga bo’lgan ehtiyojini qondirish tabiiy, albatta. CHunki, aholini uy-joy bilan ta’minlash ularni hayotda, ishda, jamoat ishlarini bajarishda hamda madaniy hayotidagi faolligini oshirishda yordam byeradi. SHularning hammasini nazarda tutib davlatimiz aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasiga doimo ahamiyat byerib kelmoqda.
Turar joylarni loyihalash, eski binolarni k;ayta qurish masalasiga gigiena fani namoyondalari F.F. Erisman, M. Rubnyer, K. Flyugge, A. Gyertnyer, G.V. Xlopin, A.3. Zohidov va boshqalar yaqindan yondoshib uni hal etishga katta yordam ko’rsatdilar.
Ko’pgina ilmiy ishlar, tajribalar turar joylarni aholi talabiga mos qilib qurish imkonini berdi. Bunda ko’chalarni ravon qilib qurish, katta va kichik ko’chalarga odamlar yurishi uchun yo’lkalar ajratish, uy-joylarning yashash uchun qulayligini ta’minlash ko’zda tutiladi. Ko’kalamzorlashtirishga katta ahamiyat berildi.
Toshkent, Buxoro va boshqa shaharlardagi ilgarigi tor ko’chalar, zich qilib qurilgan, suv va kanalizaciya bilan ta’minlanmagai uy-joylarni qayta qurish juda murakkab ish edi, albatta. Buning ustiga aholining nihoyatda zich yashashi, ochiq joylarning kam bo’lishi, etarli darajada ko’kalamzorlashtirilmaganligi shahar aholisini toza havo va quyoshning inson uchun zarur bo’lgan ul’trabinafsha nurlari bilan ta’minlanishiga imkon byermas edi. Buning ustiga turar joy tuproqlari ko’lmak suvlar bilan ifloslanib, qo’lansa hid tarqatar edi. Bularning hammasi kishi sog’lig’iga zarar qilmay qolmas edi albatta.
Fan-texnika taraqqiyoti yangi-yangi shahar va qishloqlar qurish imkonini berdi. Endilikda turar joylarni loyihalash uchun bir qancha ilmgohlar, idoralar mavjud. Katta-katta shaharlar, zamonaviy ko’p qavatli binolar loyihasini tuzish va qurish masalasi keyingi 20—30 yillar davomida keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Ko’rkam shaharlar, shahar tipidagi qishloqlar da turar joylar qad ko’tarmoqda, yirik sanoat markazlari paydo bo’lmoqda, magistral lo’llar qurilmoqda. Bu shaharlar qiyofasini tubdan o’zgartirib yubordi.
Aholi turar joylari qurilishining rivojlanib borayottanligi gigiena xodimlari zimmasiga katta vazifalar yuklamoqda. Ular qurilish xodimlari bilan birgalikda ishlab, qurilgan uy-joylarning gigiena talablariga javob byeradigan bo’lishiga imkon yaratishlari zarur bo’lmoqda.
Amniqsa, keyingi vaqtlarda qurilish matyeriallarining sifat tomonidan o’zgarishi, ya’ni temir-betonli bloklar, polimyer va plastmassa matyeriallarining ishlatilishi, murakkab aralashmalardan foydalanish sanitariya vrachlari va gigienistlar oldiga katta vazifalar qo’ymoqda. Masalan, uy-joy qurishda yirik toshlardan, ya’ni tsmir-beton bloklardan foydalanganda iqlim sharoitiga qarab uylarni isitish, ularda havo almashinishini yaxshilash, unda zarur mikroiqlim yaratishga ahamiyat berish zarur. Demak, shaharlar, poselkalar, shahar tipidagi qishloq markazlarini qurishda gigiena fani yutuqlaridan, sanitariya talablaridan foydalanish zarur.
O’rta asrdagi shaharlar. O’rta asrda qurilgan shaharlarning markazida feodallarning hashamatli saroylari, savdo bozorlari, shahar boshliqlarining idoralari joylashgan bo’lar edi. SHahar ko’chalari xuddi elpig’ichga o’xshab tarqalgan bo’lib, ular to shahar darvozasigacha etib borgan. Masalan, Parij, Kel’n, Novgorod, Moskva va boshqa shaharlarning kengayishiga va taraqqiy otiga qal’a devorlari halaqit byerar edi. SHuning uchun ham uylar pala-partish, bir-biriga zich qilib qurilar edi. Bora-bora uy-joylar qurilavyerib ko’chalar tor, kun tushmaydigan bo’lib qolar edi. Xonalariga yorug’lik yaxshi tushmas edi.
Qadimgi Greciya va Rim shaharlari o’ziga xos loyiha asosida qurilgan bo’lib, gigiena talablariga javob bergan.
Masalan, Afina, Rim, Vizantiya va boshqa shaharlardagi savdo markazlari, uy-joylar sanitariya talabiga javob berishi, me’morchilik usulining nozikligi bilan ajralib turadi.
SHahar markazlaridagi ma’muriy idoralar, teatrlar, stadionlar, bozorlar va boshqa yirik binolar bezagining alohidaligi bilan diqqatni o’ziga tortadi. Ular o’sha vaqtdayoq vodoprovod, kanalizaciya tarmoqlari bilan ta’minlangan. Ammo eng ko’rkam, obodonlashtirilgan joylarda faqat boylar, feodallar va yuqori imtiyozli kishilar yashagan.
O’rta asr shaharlarining iqtisodiy bazasi hunarmandchilik, savdo-sotiq hisoblangan, O’sha vaqtda aholi zich yashagan yerlarda o’lat, chechak, qorin tifi va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalgan.
Kapitalizm davrida yashagan, ijod qilgan olimlar, injenyer-texnik xodimlar shaharlarni yangicha kurish, ularni bog’u rog’ga aylantirish masalasini ko’tarib chiqdilar, shu yo’l bilan shahar va qishloq o’rtasidagi tafovutlarni loaqal kamaytirish mumkinliga to’g’risida fikr yuritdilar.
XVI-XVIII asrlarda yashab ijod qilgan xayolparastlar Tomas Mor, Sen- Simon, SHarl Fur’e, Dezami, Kampalla va boshqalar o’z asar-
larida kelajakdagi shaharlar toza, ko’kalamzor, chiroyli qurilgan bo’lib, moddiy boyliklardan hamma baravar manfaatdor bo’ladi deb xayol qilgandilar. Ular hatto afsonaviy shaharlar loyihasini chizganlar. Bunga misol qilib Govard loyihasini keltirish mumkin, Korbyuz’ening fikricha, shahar markazlari ko’p qavatli, osmono’par binolar bilan bezatilgan bo’lishi kerak edi. U sanoat korxonalari, bir qavatli uylar ularning chetiga qurilishi lozim deydi. Bunday uylarni qurish o’sha vaqtda amri mahol bo’lgan.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish