Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


SUVNING NOINFEKCION KLSALLIKLAR TARQATISHDAGI ROLI



Download 3,24 Mb.
bet29/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

SUVNING NOINFEKCION KLSALLIKLAR TARQATISHDAGI ROLI
Tabiiy suv tarkibida insonlar, jonivorlar, turli o’simliklar hayoti uchun zarur bo’lgan biologik mikroelementlar mavjud. Ular tirik organizm faoliyatida ba’zi moddalar bilan birikib muhim bioximik jarayonlarda faol qatnashadi.
Inson salomatligi uchun kichik miqdorda mikroelementlar (mis, rux, yod, marganec, molibden, kobal’t, temir va boshqalar) zarur. Kal’ciy, kaliy, natrsh!, fosfor organizm hayot faoliyati uchun juda zarur. Bu moddalar organizmga ma’lum miqdorda suv, oziq-ovqat mahsulotlari bilan tushib organizmning shu elementlarga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Agar odam yuqorida zikr etilgan mikro- va makroelementlar bilan o’z ehtiyojini qondirib turmasa, u holda organizm turli kasalliklarga mubtalo bo’lishi mumkin. Agar organizmga sutkasiga 120—200 mkg yod mikroelementi tushmasa, odam buqoq kasaliga uchrashi mumkin, YA’ni bunda buqoq bezining normal faoliyati izdan chiqadi.
Hozir buqoq kasalligi 30—40-yillarga nisbatan kam uchraydigan bo’lib qoldi. Odatda bu kasallik yod elementi kamchil rayonlarda uchrab turadi. Masalan, bu Farg’ona vodiysida, Oltoy o’lkasida, Ukrainaning ba’zi bir rayonlarida kuzatiladi. Bunda buqoq bezi kattalashadi. Organizmga etarli miqdorda yod tushib turmasa, organizm uchun zarur bo’lgan tiroksin gormoni ishlanib chiqmaydi. Natijada bez funkciyasi buziladi. Kasallikka vaqtida davo qilinmasa, odam jismoniy, aqliy tomondan orqada qoladi, markaziy nyerv sistemasi faoliyatida katta o’zgarishlar ro’y byeradi. Ba’zan ichimlik suvda yod elementining etishmasligi kasallik keltirib chiqarmaydi, Bunga sabab shuki, u shaharlarga boshqa regionlardan keltiriladigan oziq-ovqat tarkibidagi yod elementi organizm ehtiyojini qondiradi. Masalan, Moskva va Sankt- Petyer-burg shahri aholisi iste’mol qiladigan suv tarkibida yod miqdori 1,6 mkg/l ga teng. Bu miqdor hech qachon organizmning yodga bo’lgan ehtiyojini qondirmaydi.
Olimlarning tekshirishi shuni ko’rsatadiki, organizm sutkada 70 mg yodni ovqatlar bilan, 40 mg sini go’sht mahsulotlari orqali, 5 mg sini havo va 5 mg sini suv orqali qabul qiladi. Mari Muxtor respublikasi territoriyasida endemik buqoq bilan kasallanganlar soni ko’pligiga sabab u yerdagi aholi faqatgina shu respublikada ishlab chiqilgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilar ekan. Qirg’iziston respublikasining CHuy vodiysi aholisi orasida tarqalgan endemik buqoqqa sabab yerlik aholining doimo bir xilda ovqatlanishi hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, organizmda yod etishmasligiga sabab faqat yodning suvda emas, balki o’sha regiondagi tashqi muhit ob’yektlari tarkibida etishmasligi ham ekan.
Tabiatda suv tarkibidagi kimyoviy moddalar hech qachon sof holatda uchramaydi. Ular doimo boshqa organik va noorganik moddalar bilan o’zaro birikkan holatda uchraydi. Ayniqsa, hozirgi texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida toza suvlarning ko’p miqdorda ishlatilishi suv havzalarvdagi tabiiy suv tarkibini o’zgartirib yubordi. Bu esa o’z navbatida aholi o’rtasida kasallik tarqalishiga sabab bo’lmoqda.
Suv tarkibini o’rganishda uning qattiqligini aniqlash katta ahamiyatga ega. CHunki suv havzalariga ko’p miqdorda sho’r suvning tushirilishi, kollektorlardagi zax suvlarning oqizilishi, sanoat korxonalarining chiqindi suvlari daryo suvlarining kimyoviy tarkibini buzib uning qattiqligini oshirib yubormoqda. Bunga Amudaryo, Sirdaryo suvlari yaqqol misol bo’ladi. Suvning qattiqligi 1 litr suvdagi kal’ciy va magniy tuzlari miqdoriga qarab aniqlanadi. Odatda, qattiq suvda sovun yaxshi ko’pirmaydi, suv qaynatilgan idishda tuz qatlamlari paydo bo’ladi, go’sht yaxshi pishmaydi.
Keyingi yillarda olib borilgan ishlar shuni ko’rsatdiki, suvning qattiqligiga faqat kal’ciy va magniy tuzlari emas, balki yana boshqa elementlar o’rtasidagi korellyativ bog’lanish ham sabab bo’lar ekan. Suvning qattiqligi organizmda turli tosh kasalliklarini keltirib chiqarishi ma’lum.
Xorazm va Qoraqalpog’iston viloyatlaridan olingan ma’lumotlarga qaraganda, odamlarning siydik qopida, buyragada va o’t qopida paydo bo’layotgan toshlarga asosan Amudaryo suv havzasidagi suvlarning qattiqligi sabab bo’lmoqda.
Keyingi vaqtlarda suvning qattiqligi ba’zi yurak kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo’lishi aniqlangan. Ba’zan suv tarkibining o’zgarishi qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi, ammo bunda ijtimoiy va iqtisodiy omillarning roli katta bo’ladi.
Keyingi yillarda minyeral o’g’itlarning keng ko’lamda ishlatilishi ko’pgina muammolarni ksltirib chiqarmoqda. Ichimlik suv tarkibida azot nitratlarning aniqlanishi suv havzalarining sanitariya holatini ko’rsatadi.
1945 yilda ikki bola tarkibida azot nitrat tuzini saqlagan suv ichib halok bo’lgan. Bolalarda suv ichgandan so’ng ko’karish paydo bo’lgan. Ularning qoni tekshirilganda qon tarkibida metgemoglobin yuqori darajada ekanligi aniqlangan. Bunga ular iste’mol qiladigan quduq suvida azot nitrat tuzi ko’p bo’lishi sabab bo’lgan. Keyinchalik bunday xastaliklarni metgemoglobinemiya deb yuritiladigan bo’ldi. Adabiyotlarda bu kasallik to’g’risida ko’proq dalillarni keltirib yozishadigan bo’lib qoldi. Keyinchalik shu narsa tasdiqlandiki, bolalarda, ayniqsa ko’krak yoshidagi bolalarda zaharli darajadaga ko’karib ketish alomatining paydo bo’lishi, ko’pincha sun’iy ovqat byeriladigan bolalar o’rtasida ko’p uchrab turishi ma’lum. Lekin, metgemoglobinemiyaning nechog’li engil kyechishi suv tarkibidagi azot nitrat miqdoriga bog’liq bo’ladi. Kasallikning engil turida quvvatsizlik, tez charchash, rangsizlik alomatlari kuzatiladi.
Odatda, nitratlarning o’zi qonda metgemoglobin paydo qilmaydi, ammo bolalarda ro’y byeradigan dispepsiya, disbaktyerioz kasalliklariga azot nitritlarning azot nitratlarga o’tishi sabab bo’ladi. Bunda nitratlar ichakka so’rilib, qonda metgemoglobin miqdorini oshirib yuboradi.
Keyingi yillarda tibbiyot xodimlari va gigasnistlar diqqatini jalb etayotgan narsa nitrozaminlar bo’lib qoldi. Ular nitratlar bilan alifatik va aromatik aminlar birikishidan paydo bo’ladigan moddalar dir. Bu moddalar sanoatda keng ko’lamda ishlatiladigan birikma bo’lib, ular suv havzalarida hamda tabiiy holda odam organizmida uchrashi mumkin. Nitrozaminlar juda faol modda bo’lib, rak kasalligini keltirib chiqaruvchi kancyerogen hisoblanadi.
Nitrozaminning suvda yaxshi erishi sug’oriladigan yerlarga, suv havzalariga nitratlarning ko’plab tushishiga sabab bo’ladi. Bu o’z navbatida odam organizmiga kancyerogen moddalarning ko’proq tushishiga sababchi bo’ladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish