Sh. N. Fayzimatov


 Avtomatik rostlash sistemalarining Klassifikatsiyasi



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/92
Sana02.06.2023
Hajmi5,06 Kb.
#948277
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Bog'liq
Sh. N. Fayzimatov

 
1.3 Avtomatik rostlash sistemalarining Klassifikatsiyasi. 
Mashinalar va tirik organizmlarda ketadigan yoki inson bajaradigan har 
qanday maqsadga yo’naltirilgan jarayon tashkiliy operatsiyalar yig’indisidan iborat 
bo’lib, uni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ishchi operatsiyalar va 
boshqaruv operatsiyalar. 
Ishchi operatsiyalar – bu bevosita tabiatdan va qonuniyatdan kelib chiqqan 
holda jarayon ketishini aniqlaydigan harakatdir. Masalan, tokarlik dastgohida 
detallarga ishlov berish jarayoni shunday operatsiyalardan iborat: detalni 
mahkamlash, keskichni uzatish,qirindilarni tushirib olish va boshqalar. 
Jarayonda maqsadga erishish uchun ishchi operatsiyalar tashkil etilishi va 
boshqa turdagi harakatga, ya’ni boshqaruv harakati zarur. SHuningdek tokarlik 
dastgohida detalga ishlov berish jarayonida shunday boshqaruv operatsiyalari 
bajariladi: dastgohni o’z vaqtida ishga tushirish va o’chirish, berilgan aylanishlar 
sonini ushlab turish, tezlikni maqsadga muvofiq o’zgartirish, qirqish moslamasi 
yo’nalishini o’zgartirish va boshqarish. 
Boshqaruv operatsiyalarining majmuasi boshqaruv jarayonini tashkil etadi. 
Boshqaruv jarayoni bajarilayotgan tizim boshqaruv tizimi deyiladi. Struktura 
ko’rinishida har qanday boshqaruv tizimini boshqaruv ob’ektiga o’zaro bog’liq 


24 
bo’lgan majmua ko’rinishida tasavvur etishimiz mumkin. Ya’ni boshqariladigan 
ob’ekt (boshqariladigan tizim) va boshqariladigan organ (Boshqaruvchi tizim) 
(1.4-rasm). Boshqariladigan ob’ekt bo’lib alohida mexanizm, mashina, dastgoh, 
agregat, ishChilar brigadasi yoki alohida ishchi sex yoki umumkorxona, ishlab 
chiqarish birlashmalari yoki xalq ho’jaligi tarmog’i bo’lishi mumkin. 
Boshqaruvchi organ bo’lib, brigadani boshqaruvchi brigadir, boshqaruv 
tizimi hodimlari, ya’ni sex, zavod, vazirlik. Har qanday boshqaruv jarayoni 
maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bundan kelib chiqishicha boshqaruv 
organiga boshqarish maqsadi ma’lum bo’lishi kerak, ya’ni boshqaruv ob’ektini 
istalgan holatini aniqlash uchun ma’lumotga ega bo’lishi zarur. 
Boshqaruv organi boshqariladigan ob’ektga shunday ta’sir esinki, uning 
holati istalgancha mos tushsin. Boshqaruv ob’ekti ochiq tizim ko’rinishida bo’lib, 
tashqi muhit bilan dinamik bog’liqlikka ega. Tashqi muhitni boshqaruv ob’ektiga 
ta’siri amalda nazorat qilib bo’lmaydi va uning holatini bexos o’zgartirish 
xarakteriga ega. Atrof muhitni boshqaruv ob’ektiga ta’siri xayajonga keltiruvchi 
ta’sir deyiladi. 
1.6 – rasm. Boshqaruv tizimining umumlashtirilgan strukturasi. 
Avtomatikrostlash 
tizimi 
deganda 
texnologik 
jarayonning 
tegishli 
parametrlarini avtomatik rostlovchi priborlar, qurilmalar yordamila talab qilingan 
holatda saqlab turilishini nazarda tutadi. Bunday holatda odam faqat avtomatik 
rostlash tizimining to’g’ri ishlashini nazorat qiladi. Beriladigan topshiriqning 


25 
o’zgarishiga 
ko’ra 
avtomatik 
rostlash 
tizimlariquyidagi 
guruhlarga 
Klassifikatsiyalanadi. 
1.
Stabillovchi avtomatik rostlash tizimlari. Bu tizimda rostlanuvchi 
kattalikning qiymati doimiy bo’ladi. Bu tizimda avtomat rostlagichning vazifasi 
rostlanuvchi kattalikning muayyan, mutlaqo doimiy qiymatida saqlash va 
texnologik jarayonni stabillashtirishdan iborat. Bu holda texnologik me’yor 
talablariga ko’ra rostlanuvchi kattalikning qiymati doimiy bo’ladi. Hozirgi paytda 
stabillovchi avtomatik rostlash sistemalari juda keng tarkalgan. 
2.
Dastur yordamida avtomatik rostlash tizimi. Bu tizimda oldindan ma’lum 
bo’lgan qonunga ko’ra o’zgaradigan qiymatli rostlanuvchi kattalik mavjud bo’ladi. 
Bu sistemada rostlanuvchi kattalikningberilgan qiymati rostlagich zadatchigi orqali 
ma’lum qonun bo’yicha ishlab chiqariladi. 
3.
Ko’zatuvchi avtomatik rostlash tizimi. Bu tizimda rostlanuvchi kattalikning 
berilgan qiymati ihtiyoriy ravishda o’zgarayotgan kattalikning nisbatidan 
aniqlansa, bu sistema ko’zatuvchi avtomatik rostlash sistemasi deyiladi. Bu 
sistemaning rostlovchanlik vazifasi rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati 
ikkinchi, mustaqil kattalik qiymatini aniq takrorlashidan (yoki uni ko’zatishdan) 
iborat. 
4.
Rostlanuvchi kattalikning qiymati rostlagich tomonidan berilsa yoki optimal 
satxda saqlansa, bu sistema optimal rostlash sistemasi deyiladi. Bu sistemaning 
yana bir turi ekstremal avtomatik rostlash sistemasidir. Ba’zan texnologik jarayon 
o’tishining optimal sharoitlarini tajriba o’tkazmasdan, avvaldan aniqlash qiyin 
bo’ladi. Shunda ekstremal sistema tanlangan optimallik kriteriylariga muvofiq 
ravishda sharoitlarni topish va ularni saqlash vazifasini amalga oshiradi. 
5.
Harakteristikalari o’zgargan texnologik jarayonning o’tishi optimal bo’lgan 
sharoitlarni topib, ularni amalga oshiruvchi sistemani moslashuvchi avtomatik 
rostlash sistemasi deyiladi. 
Avtomatik rostlash sistemalari uzluksiz va uzlukli (diskret) sistemalarga 
bo’linadi. Uzluksiz ARS da rostlanuvchi kattalik sistema zanjiri bo’yicha uzluksiz 
o’zgaradi va rostlanuvchi ob’ektga iisbatan rostlovchi miqdorning uzluksiz ta’sirini 


26 
hosil qiladi. Uzlukli rostlash sistemasida rostlanuvchi kattalikning uzluksiz 
o’zgarishi boshqaruvchi va ijro etuvchi zvenolarga vaqti-vaqti bilan ta’sir qiladi. 
Uzlukli sistemaga impulsli va pozision (rele) sistemalar kiradi. Agar 
sistemaning rostlovchi ta’siri o’tayotgan vaqtning muayyan davrlarida beriladigan 
bir qator impulslardan iborat bo’lsa, bu sistema impulsli rostlash sistemasi bo’ladi. 
Bu sistemalarda impulslar parametrlari (amplituda, uzunlik va ishora) tengsizlik 
miqdoriga bog’liq. Agar avtomatik rostlash sistemasi tarkibiga biror rele 
harakatidagi element kirsa, bu sistema releli rostlash sistemasi deyiladi. Rele 
elementining chiqish signali pog’onasimon bo’lib, kirish signali biror muayyan 
qiymatga etganda, u bir marta qayd qilingan holatdan ikkinchisiga o’tadi. Rele 
elementining chiqish signali qayd qilgan qiymatlari soniga ko’ra avtomatik 
rostlash sistemasilar ikki yoki ko’p pozision bo’ladi. 
Ko’pincha ob’ektlarda bir yo’la bir necha parametrlarni rostlash zaruriyati 
paydo bo’ladi. Agar rostlash konturlari maxalliy bo’lib, rostlagichlar tashqi 
aloqayo’llari bilan o’zaro bog’lanmagan bo’lsa, bunday sistemalar bog’lanmagan 
rostlash sistemalari deyiladi. Agar rostlanuvchi miqdorlar ob’ekt ichida 
bog’lanmagan bo’lsa, bunday sistemalar texnologik jarayonning sifatli o’tishini 
ta’minlaydi. Agarda miqdorlar o’zaro bog’langan bo’lsa avtomatik rostlash 
sistemasibog’langan bo’ladi. Bog’langan rostlash sistemalaridagi rostlagichlar 
avvalgidek o’zaro bog’lanmaydi. Har qaysi maxalliy rostlash konturi boshqa 
konturlarga korrelyasiyalangan ichki aloqa orqali ta’sir qilgani sababli rostlash 
sifati yomonlashadi. Natijada sistema turg’unlashmagan bo’lib qolishi mumkin. Bu 
holda bog’langan rostlash sistemasi qo’llaniladi. 
Rostlagichlari o’zaro tashqi aloqa orqali bog’langan sistema bog’langan 
rostlash sistemasi sinfiga kiradi. SHu bilan birga rostlagichlarning o’zaro ta’sirida 
rostlanuvchi kattaliklar ichki bog’lanishlarining zararli ta’sirinn birmuncha 
kompensasiya qilishi ham nazarda tutilgan. Eng mukammal xollarda tashqi 
bog’lanishlar ichki bog’lanishlar Yuzaga keltiradigan ko’ngilsiz xodisalarni 
butunlay yo’qotadi va bunday bog’langan sistema 
avtonom
deyiladi. 


27 
Avtomatik tizim texnologik jarayon yoki jihozni odam ishtirokisiz berilgan 
dastur asosida boshqarishga qaratilgan qurilmalar majmuasiga aytiladi. Har qanday 
avtomatik tizim (AT) qaerda qo’llanilishidan qat’iy nazar ikkita asosiy qismdan 
tashkil topgan: boshqarish ob’ekti (BO) va boshqaruv qurilmasi (BQ) dan; Uning 
fuknsional sxemasi 1-rasmda keltirilgan. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish