31
tizimlarning bosh
elementlaridan biri sifatida, qolaversa turli avtomatik tizimlarni
ishlab chiqish va ularda olingan natijalarni qayta ishlash maqsadida foydalaniladi.
O’tish jarayonlari.
Agar sistemaga ta’sir etuvchi g’alayonlanishlar bo’lmasa va rostlanuvchi
kattalikning hozirgi hamda berilgan qiymatlari teng bo’lsa, rostlash sistemasi
muvozanat holatda bo’ladi. G’alayonlovchi ta’sirlar
esa sistemani muvozanat
holatdan chiqaradi. yopiq, chetga chiqishlar prinsipi bo’yicha ishlaydigan
avtomatik rostlash sistemasilarda avtomat rostlagich sezadigan tengsizlik paydo
bo’ladi. Avtomat rostlagich rostlanuvchi ob’ektga nisbatan rostlovchining ta’sirini
ishlab chiqaradi, bu esa o’z navbatida modda yoki energiya sarfining o’zgarishiga
olib keladi. O’zgarish ma’lum vaqt davomida sodir bo’ladi, bu vaqt
rostlash vaqti
deyiladi. Rostlanuvchi kattalikning vaqt mobaynida o’zgarishi o’tish jarayoni
bo’lib, uning grafigi rostlash jarayonining egri chizig’i deyiladi. O’tish
jarayonining shakli rostlash sifatining asosiy ko’rsatkichlaridan biridir.
Rostlanuvchi kattalikning chetga chiqishlarsiz
kamayib tebranishlarsiz, ravon
o’tadigan egri chizig’i davriy bo’lmagan turg’un jarayonga xos bo’lib, odatda
bunday xollarda rostlash jarayoni sekin o’tadi. Rostlanuvchi kattalikning qiymati
berilgan qiymatidan ancha chetga chiqsa bu xol o’tish
jarayonining bunday
ishlashini maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatadi. So’ngra avtomatik rostlash
sistemasi harakatining tezligi oshirilsa, uning turg’unligi kamayadi,
chunki
signallarning sistemadan o’tishida kechikishi va tarkibiy elementlar dinamik
hususiyatlarining nomuvofiqligi ko’zatiladi.
Agar rostlanuvchi kattalikning chetga chiqish amplitudasi nol
:
gacha
kamaytirilsa, uning egri chizig’i so’nuvchi tebranishli jarayonga tegishli bo’ladi.
O’tish jarayonining bunday shakli qulaydir. Bu holda rostlash vaqti kam va
rostlanuvchi kattalikning chetga chiqish amplitudasi kichik bo’ladi. Agar
sistema
harakati yanada tezlashtirilsa, o’tish jarayoni so’nmas tebranishli jarayon shakliga
kirishi mumkin. Unda sistema hech qachon muvozanat holatiga kelmaydi,
o’lchanayotgan kattalik esa doim berilgan qiymat atrofida tebranib turadi.
Avtomatik rostlash sistemalarining vazifasi rostlanuvchi kattalikning chetga
32
chiqishini yo’qotishdan iboratligini e’tiborga olinsa, yoyiluvchi tebranishlar hosil
bo’lishiga yo’l qo’yish mumkin emasligi ma’lum bo’ladi.
Bunda chetga chiqish
amplitudasi vaqt o’tishi bilan oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: