34
darajadagi zaharlanishdan kelib chiqadigan salbiy oqibatlar 2–3
hafta davomida saqlanib turadi.
Og‘ir darajadagi zaharlanishda har xil turdagi asoratlar kuzatilib,
og‘ir kechadi. Ko‘p hollarda o‘limga sabab bo‘lishi ham mumkin.
Zaharlanish asoratlariga zotiljamdan tashqari o‘tkir nafas
yetishmovchiligi ham kiradi. Bunday asorat, asosan, nafas
markazining falajlananishi oqibatida kelib chiqadi.
Birinchi hafta davomida kuzatiladigan asoratlarning yana
bir xavfli turi to‘satdan sodir bo‘ladigan o‘tkir yurak-tomir
yetishmovchiligi hisoblanadi. Bunday asorat to‘qimalarda moddalar
almashinuvi buzilishi natijasida yuzaga keladigan energetik talabni
faoliyati buzilgan yurak-tomir tizimi qondirib bera olmasligi
oqibatida yuzaga keladi.
Yurak-tomir tizimida kuzatiladigan asoratlarga asab tizimidagi
o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar neyrosirkulator
distoniya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi (lanjlik, terlash, befarqlik,
yurak urishining tezlashishi va seknlashishi, qon bosimining
o‘zgarib turishi, yurak sohasida og‘riq va boshq.). Ushbu salbiy
oqibatlar uch-to‘rt hafta davomida kuzatilib turishi mumkin.
Og‘ir darajada zaharlanganlarda oshqozon-ichak tizimida
ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Zahar organizmga qanday yo‘l bilan
tushishidan qat’i nazar jabrlanganlar uzoq muddat davomida
ishtahaning pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, oshqozon sohasida
og‘riq, ich kelishining buzilishiga shikoyat qilishadi. Bunday
funksional buzilishlar bir necha oy davomida kuzatiladi.
Buyrakdagi o‘zgarishlar birinchi hafta davomida kuzatiladi.
Biroq organizmning holati tiklangan sari siydik ajralishi ham
me’yorlashib undagi o‘zgarishlar yo‘qoladi.
Yuqorida keltirilgan asorat va oqibatlardan tashqari, kam hol-
larda markaziy va periferik asab tizimida ham psixoz ko‘rinishida,
nevrotik holat, astenik sindrom kabi ko‘rinishlardagi o‘zgarishlar
kuzatilishi mumkin.
Asab tizimidagi o‘zgarishlarning asosini astenik simptomlar
majmuasidan iborat simptomokompleks tashkil qiladi. Bunga
35
quyidagilar kiradi: lanjlik, ruhiy va jismoniy toliqish, ish
qobiliyatining tushib ketishi, kayfiyatning beqarorligi (tez
asabiylashish, tez tushkunlikka tushish, tez xafa bo‘lish, qo‘rqoqlik),
kayfiyatning tushib ketishi, befarqlik, bosh aylanishi, ko‘ngil
aynishi, bosh og‘rishi, uyquning buzilishi, yomon tush ko‘rish,
xotiraning pasayishi, tez unutuvchanlik. Bunday nevrotik buzilishlar
uzoq muddat davomida saqlanib qoladi. Biroq davolanish natijasida
butunlay yo‘qolib ketadi.
Og‘ir darajadagi zaharlanishlarda psixoorganik sindrom deb
ataluvchi kech paydo bo‘ladigan o‘zgarishlar hamda periferik
asablarning zararlanishi kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: