Sh. H. Usanov, M. X. Tinibekov harbiy toksikologiya



Download 490,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/99
Sana24.01.2021
Hajmi490,82 Kb.
#56709
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
harbiy toksikologiya asoslari



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O‘RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAХSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI

SH.H. USANOV, M.X. TINIBEKOV

HARBIY TOKSIKOLOGIYA 

ASOSLARI

 

Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv-qo‘llanma

TOSHKENT

«NISO POLIGRAF»

2017



UO‘K 68

KBK  68ya721

        H 29

Ta q r i z c h i l a r : 



A. Nurmatov – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar 

vazirligi Radiatsion, kimyoviy va tibbiy biologik (bakteriologik) 

muhofaza boshqarmasi boshlig‘i;

F. Abidova – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar 

vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti dotsenti, kimyo fanlari 

nomzodi.

Ushbu  o‘quv  qollanmada  zaharli  moddalarning  turlari,  ulardan 

zaharlanganda yuzaga chiqadigan belgilar, zaharlanganlarga yordam 

berish  va  ziddi  zahar  qo‘llash  turlari  «Zaharlovchi  moddalarning 

tasniflanish»,  «Kimyoviy  hujum  vositalari»,  «Zaharlovchi 

moddalarning  ta’sir  mexanizmi»,  «Qisman  va  to‘liq  maxsus  ishlov 

o‘tkazish qoidalari» kabi qator mavzularda yoritilgan.

 

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik 



birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi  

Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan.

ISBN 978-9943-5081-1-8

© Sh.H. Usanov, M.X. Tinibekov, 2017 

© «NISO POLIGRAF», 2017



3

KIRISH

Zaharli  gazlardan  harbiy  maqsadlarda  foydalanish  g‘oyasi 

mashhur  nemis  kimyogari  V.  Nernst  tomonidan  XIX  asrda 

ilgari  surilgan.  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  Yevropada  kimyo 

sanoatining  rivojlanishi  bu  g‘oyani  amalga  oshirish  imkonini 

bergan.  Biroq  uzoqni  ko‘ra  biluvchi  siyosatchilar,  huquqshunoslar, 

olimlar ta’siri ostida 1899-yilning 29-iyul kuni Gaagada imzolangan 

Konvensiya zaharli moddalarni jang maydonida qo‘llashni butunlay 

taqiqlagan.  Ushbu  Konvensiyani  Yevropaning  deyarli  barcha 

mamlakatlari  imzolagan  bo‘lishiga  qaramasdan  kimyoviy  urushni 

cheklash imkoni bo‘lmagan. 

Birinchi jahon urushi davrida jami 180 ming tonna har xil zaharli 

moddalar  ishlab  chiqarilib,  shundan  47  ming  tonnasi  Germaniyaga 

to‘g‘ri  kelgan.  Ishlab  chiqarilgan  zaharli  moddalarning  125  ming 

tonnasi  amalda  qo‘llanilishi  natijasida  1,3  mln.  kishi  zarar  ko‘rib, 

ulardan  100  ming  nafari  halok  bo‘lgan.  Birgina  ipritning  12  ming 

tonnasi  harbiy  maqsadlarda  ishlatilib,  undan  400  ming  kishi 

zararlangan. 

Kimyoviy  qurollar  keltirib  chiqargan  talafotlar  yangi  tibbiy 

yo‘nalish  –  sanitar-kimyoviy  himoya  yo‘nalishi  paydo  bo‘lishiga 

sabab bo‘ldi. Biroq keyinchalik odamlarni zaharlovchi moddalardan 

muhofaza qilish uchun zaharli moddalarning insonlar va hayvonlar 

organizmiga  ta’sirini  chuqur  o‘rganish  lozimligi  ma’lum  bo‘ldi. 

Shundan  so‘ng  keng  qamrovli  ilmiy-tadqiqot  ishlari  olib  borildi. 

Natijada  fanning  yangi  bir  yo‘nalishi  harbiy  toksikologiya  fani 

paydo bo‘ldi. 

Olib  borilgan  izlanishlar,  ilmiy-tadqiqot  ishlari  natijasida 

zaharlovchi  moddalardan  himoyalovchi,  zaharlanganda  davolovchi 

vositalar kashf qilindi va ishlab chiqildi.



4

Kimyoviy  qurollarni  taqiqlashga  qaratilgan  qat’iy  tadbirlar 

amalga  oshirilayotganligiga  qaramasdan  zaharlovchi  moddalar  hali 

ham  mavjud  va  ular  terrorchilar  tomonidan  qo‘llanilishi  mumkin. 

Bundan  tashqari,  hozirgi  ilmiy  salohiyat  yangi  turdagi  zaharli 

moddalarni kashf qilish, ishlab chiqarish imkonini beradi va bunday 

moddalardan iqtisodiyot obyektlarida keng foydalaniladi. 

Shunday  ekan,  zaharlovchi  moddalarning  inson  organizmiga 

ta’sir  mexanizmini  o‘rganish  bugungi  kunda  ham  o‘z  dolzarbligini 

yo‘qotmagan.  




Download 490,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish