Sekin ta’sir qiluvchi ZMlar hosil qiladigan zaharlanish
o‘chog‘i sanitar talafotlarning asta-sekin shakllanishi bilan
xarakterlanadi (4–12 soat va undan ortiq). Bunda tibbiy yordam
uchun kuch va vositalarni safarbar qilish, jabrlanuvchilarni
saralash, evakuatsiya qilish va to‘liq tibbiy yordamni tashkil qilish
imkoniyatlari mavjud.
Sekin ta’sir qiluvchi ZMlar hosil qiladigan o‘choqlar uchun
quyidagilar xos:
– zaharlanganlarda belgilarning asta-sekin, bir necha soat ichida
paydo bo‘lishi. Bunday joyda zaharlanganlarni qidirish va ularni
olib chiqish imkoniyati mavjud;
– og‘ir darajada zaharlanganlarning uzoq muddat yashamasligi:
VX gazlari bilan zaharlanganda klinik belgilar paydo bo‘lgandan
so‘ng bir soatgacha, iprit, fosgen va boshqalar bilan zaharlanganlarda
bir necha soat yoki kunlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |