Kimyoviy zaharlanish o‘choqlari deganda, odamlarning nobud
bo‘lishi yoki zararlanishiga, ya’ni sanitar yo‘qotishlarga sabab
bo‘ladigan zaharlangan hudud tushuniladi. U ZM turiga qarab bir
necha turlarga ajratiladi.
– tez ta’sir qiluvchi, asabni falajlovchi (zarin, zoman, VX
gazining aerozoli) va ta’sirlovchi ta’sirga ega zaharli moddalar
qo‘llanilganda hosil bo‘ladigan zaharlanish o‘chog‘i;
– sekin ta’sir qiluvchi, barqaror iprit va VX (Vi-iks) gazlari
– tez ta’sir qiluvchi beqaror sinil kislota qo‘llanilganda hosil
bo‘ladigan zaharlanish o‘chog‘i;
– sekin ta’sir qiluvchi beqaror fosgen (difosgen) qo‘llanilganda
hosil bo‘ladigan zaharlanish o‘chog‘i.