Tez ta’sir qiluvchi ZMlar hosil qiladigan zaharlanish o‘chog‘i
sanitar yo‘qotishlarning bir necha (bir necha o‘n) daqiqa davomida
hosil bo‘lishi, ommaviyligi va zaharlanish jarayoni tez kechishi
bilan xarakterlanadi.
Bunday zaharlanish o‘choqlari uchun quyidagilar xos:
– ko‘plab odamlarning birdaniga zaharlanishi;
– tibbiyot xodimlarining ham zararlanishi;
– o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa 1 soat ichida oxiri
o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan og‘ir zaharlangan
odamlarning ko‘p bo‘lishi;
– tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot xodimlarining yetarli
bo‘lmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |