Sh. H. Usanov, M. X. Tinibekov harbiy toksikologiya


Og‘ir darajada zaharlanish



Download 490,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/99
Sana24.01.2021
Hajmi490,82 Kb.
#56709
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
Bog'liq
harbiy toksikologiya asoslari

Og‘ir darajada zaharlanish  yanada  tez  kechadi.  Og‘ir 

darajada  zaharlanish  markaziy  asab  tizimining  zararlanishi  va 

buning  oqibatida  kelib  chiqadigan  buzilishlar  bilan  ifodalanadi. 



32

Yuqorida  keltirilgan  belgilarning  yuzaga  chiqishi  tezlashib, 

qo‘shimcha  ravishda  ko‘zga  tashlanadigan  bezovtalik,  qo‘rquv, 

toliqish  kuzatiladi.  Badanning  har  joy-har  joyida  paydo 

bo‘ladigan titrashlar butun tanani qoplaydi. Bu titrashlar chaynash 

mushaklaridan  boshlanib,  keyinchalik  bilak,  boldir,  tananing 

yuqori qismlarini egallab oladi. Titrashlar mushaklar tortishishiga 

aylanadi.  Bunday  tortishishlar  paytida  jabrlangan  odam  hushdan 

ketadi. Teri ko‘kimtir rangga kiradi. Butun tanani sovuq ter bosadi. 

Zaharlanish  tez  kechganida  qorachiqlarning  qisqarishi  ham, 

yutinish refleksi ham kuzatilmasligi mumkin. Biroq, so‘lakning va 

shilliqning ko‘p miqdorda ajralishi ko‘zga tashlanib turadi. 

Og‘ir  darajada  zaharlanishda  nafas  notekis,  shovqinli,  titragan 

holda bo‘ladi. Tomir urishi tezlashadi (ba’zida sekinlashadi), notekis 

bo‘ladi.  Qorin  bosib  ko‘rilganda  bo‘sh  bo‘lgani  holda  har  joy-

har  joylari  tortishib  turgan  bo‘ladi.  Ba’zida  ichaklarning  qisqarib 

qolganligi seziladi. Jigar kattalashmaydi. Qo‘l va oyoqlarda shishlar 

kuzatilmaydi.

Tana  mushaklarining  tortishishi  qaytalanib  turishi  mumkin. 

Mushaklarning  tortishishi  falajlanish  bosqichiga  o‘tib  ketishi  ham 

mumkin. Falajlanish davri chuqur koma holati bilan xarakterlanadi 

(hushsizlik,  reflekslarning  yo‘qolishi,  yutinish  refleksining 

yo‘qolishi, axlat va siydikning chiqib ketishi). 

Falajlanish  bosqichida  jabrlanuvchi  o‘ta  og‘ir  holatda  bo‘ladi. 

Shilliq  qavatlar  va  terining  ko‘karishi  yaqqol  ko‘zga  tashlanib 

turadi. Nafas olishdagi ravonlik yo‘qolib, sekinlashib qoladi. Tomir 

urishi  kuchsiz  bo‘ladi,  tezlashadi,  ravonligi  yo‘qoladi.  Qon  bosimi 

tushadi.  Nafas  olishning  buzilishi,  ba’zida  yurak  faoliyatining 

susayishi o‘limga sabab bo‘ladi. 

Og‘ir darajadagi zaharlanishlar tez rivojlanib, juda tez (bir necha 

daqiqadan bir necha o‘n daqiqa ichida) o‘limga olib kelishi mumkin.


Download 490,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish