Sevish – qabul qilish: qanday bo`lsa, shundayligicha qabul
qilishdir.
Onalar farzandlarini o`g`rimi, xunukmi – sevaveradi,
chunki ularni borligicha qabul qiladi.
Nafratlanish – bu qabul
qilolmaslik, ya’ni undagi xususiyatlarni tan ololmaslik, rad
etishdir.
Demakki, biz kimni qabul qila olsak, uni sevgan
bo`lamiz; kimni qabul qilolmasak, undan nafratlanamiz.
Agar
siz hayotingizda birortayam erkakni sevmagan bo`lsangiz –
demak, siz hech bir erkakni tan ololmagansiz, qabul
qilolmagansiz deganidir.
Biz istasak, hammani seva olamiz.
Buning uchun biz hammani borligicha qabul qila olishimiz
kerakdir.
Ana, siz “sevish”ni o`rganib oldingiz. Sevgi – bu to`liq qabul
qilish holatidir. Nafrat esa qabul qila olmaslik, rad etish
holatidir.
QABUL QILISHNI O`RGANAMIZ
Hamma psixologlar qabul qilish haqida ko`p gapirishadi.
Aslida qabul qilish nima? Qanday qilib biz insonlarni qabul qila
olamiz?
Insonlarni qabul qila olmasligimizga asosan kibrimiz,
manmanligimiz, ya’ni egomiz sababchi bo`ladi. Kibrimiz sababli
biz boshqalarning qalbini ko`ra olmaymiz.
Yaqinda qabulimga 31 yoshli ayol keldi. Ayol gapga
tushunmaydigan, yosh bola xarakterida, hissiyotlarini ayta
olmaydigan ko`rinardi. Men kvant maydonda yordamchilar bilan
tahliliy seanslarni olib boraman. 4 ta yordamchilarim bilan ish
boshladik. Ayolga biror narsani uqtirish ancha mushkul edi.
To`rtala yordamchimning jahli chiqib ketdi. Hammasi ayolni
ayblashga tushib ketishdi. Qo`yib bersam, ular urib tashlashga
ham tayyor edilar. Ayol yig`lar, lekin hech narsani tushunishni
istamasdi. Hamma kibrga kirib ketdi. Hattoki, men ham bir lahza
kibrga kirdim. Men master sifatida tahliliy seansni boshqarishim
va ortiqcha hissiyotlarga berilmasligim kerak edi. Va ayolga
hamda to`rt yordamchimga qaradim. Ayolning qalbiga nazar
soldim. Shunda insayt ochildi: qarshimda qalbi boladay beg`ubor
bo`lgan inson turardi. U insonlarni bolalarcha ayblardi, lekin
ularni haqorat qilishni, kamsitishni bilmasdi. Xuddi bolalar kabi
o`zini tushunmagan “aqlli” kattalardan tushunarsiz xafa
bo`lardi. Yordamchilarim ona, aka, opa va ayolning o`zi sifatida
maydonda ish olib borishayotgandi. Ona ham, aka ham, opa
ham kibrga kirib ketgandi. Ular ayolni ahmoq, tentak, yosh bola,
aqli kalta, aqli o`smay qolgan, xizmatkor, qul, o`zining fikri yo`q,
eshakday o`jar va shu kabi so`zlar bilan ayamay
haqoratlashardi. Men ularni to`xtatdim. Ayoldan ularga qarab
“Siz aybdorsiz” deb aytib chiqishni so`radim. “Siz aybdorsiz. Siz
aybdorsiz. Meni inson sifatida ko`rmaganingiz uchun aybdorsiz.
Mening qalbimni ko`ra olmaganingiz uchun aybdorsiz. Kibringiz
uchun aybdorsiz” – deb har biriga qayta-qayta aytib chiqa
boshladi ayol. Hamma jim qolgandi. Kibr qayergadir yo`qoldi.
Faqat qabul qilish qolgandi. Ona ham, aka ham, opa ham
yig`lardi. Ular endi unda qalbni, insonni ko`rishni boshlashgandi.
O`zlarining kibrlaridan, manmanliklaridan, aqlga qul bo`lib
insonlarni sezmay qolganliklaridan yig`lashardi. Har bir
insonning alohida olam ekanligi, har bir insonda avvalo qalb
borligi, u istagancha yashashga haqli ekanligini anglashgandi
ular.
Biz ko`pincha kibrga berilamiz. Insonlarni his qilmay
qo`yamiz. Ularning og`riqlarini, tajribalarini, taqdirini,
hissiyotlarini hurmat qila olmaymiz. Qachonki siz
qarshingizdagi insonni inson sifatida, qalb sifatida ko`ra
olsangiz, uni qabul qila olasiz
Do'stlaringiz bilan baham: |