Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
namoyon bo‘lishini talab etadi. ana shu tashkiliy-pedagogik jarayonda ta’lim qonuniyatlari va
tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo‘lishi,
ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta’lim va tarbiyani tashkil etishda o‘qituvchi
mahoratining noan’anaviy shakllari keng ko‘lamda joriy etilishi kuzatilmoqda. innovatsion
pedagogik texnologiyalarning mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor
qaratadigan yo‘nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur.
o‘quv – tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining
bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu
esa o‘quvchidan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. har qanday
pedagogik texnologiyaning ta’lim va tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib
chiqqan holda, o‘quvchini kim o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq.
Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq
va muammolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga,
o‘z nutqai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Pedagogik texnologiya va ularning
ta’lim-tarbiyada qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va etuk malakaga ega
bo‘lishlarini ta’minlaydi.
innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan darsning an’anaviy darsdan farqi shuki,
bu darsda o‘quvchiga erkinlik muhitini yaratib berishida ko‘rinadi. Bu imkoniyat o‘quvchiga
hech qanday tazyiq o‘tkazmasdan uning shaxsiyatiga tegmasdan savollar berish orqali do‘stona
munosabatdagi o‘quv muhitini yaratishidadir. innovatsion pedagogik texnologiya ta’lim
mazmuning ratsional yo‘llarini ishlab chiqaruvchi jarayon bo‘lib, unda o‘qituvchi asosiy ma’sul
shaxs hisoblanadi. Chunki uning asosiy vazifasi axbortni o‘quvchilarga tez aniq tushunarli tarzda
etkazib berishidan iborat.
o‘qitishning turli texnologiyalari pedagogik o‘yinlar, qiziqarli boshqotirmalar, rasmli
ko‘rinishdagi rebuslar o‘quvchilarda o‘qishga nisbatan qiziqishlarini orttirish, mavzuni
o‘zlashtirish darajasini oshiradi va fikrini mustaqil bayon qilish ko‘nikmasini shakllantiradi.
an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, dars jarayonini oqilona tashkil etilishi, o‘qituvchi
tomonidan o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirib ularning ta’lim jarayonida
faolligini muttasil rivojlantirib turilishi o‘quv mavzusini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning
mazmunini ochishda ―Bahs-munozara, ―aqliy hujum, ―muzyorar, ―Tarmoqlash, ―Baliq skleti,
―nima uchun, ―venn diagramma usullaridan oqilona foydalanish zamon talabiga aylanib bormoqda.
Pedagogik texnologiya – bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq, hamda o‘qitish
jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan ta’lim samaradorligini oshirish, o‘qituvchining texnologik
vositalari, kompyuter, masofali o‘qitish, yoki turli xiltexnikalardanfoydalanish deb belgilanadi.
Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan
maqsaddan kafolatlangan natijada xamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga
bog‘liq deb hisoblash mumkin. Ya’ni, o‘qitish jarayonida maqsad bo‘yichakafolatlangan natijaga
erishishda qo‘llaniladgan xar bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorlik faoliyatini
tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, ta’lim jarayonida o‘quvchilar mustaqil
fikrlay olsalar, sinf va ularga baxo bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun
imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi.
o‘qituvchi faoliyati yangilanmasa ta’lim-tarbiyada samaradorlikka erishib bo‘lmaydi.
Pedagogik faoliyat tug‘ma talant emas, nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki uning
asosida izlanish, ijodiy mehnat yotadi. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi innovatsiyalar, ilg‘or pedagogik
texnologiyalar, yangiliklar, dars o‘tishning interfaol usullari o‘z-o‘zidan ta’limga kirib kelmaydi.
Xullas, boshlang‘ich sinflarda dars samaradorligini sifatini oshirishda pedagogik texnologiyada
kutilgan natijaga erishish uchun faqat o‘qituvchi emas, o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlari, talablari
va xislatlariga asoslangan holda, ko‘zda tutilgan maqsad amalga oshirilishi va natijali bo‘lishini
rejalashni tarbiyachi-o‘qituvchi o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Tarbiyachi-o‘qituvchining obro‘-
e’tibori nafaqat o‘zini, balki barkamol avlod tarbiyasi va mamlakat kelajagini ham belgilab beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tolipov o‘., usmonboyeva m. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. - T.: ―Fan‖,
2006.
2. Babayeva d. nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. TdPu. 2018.
3. internet ma’lumotlar.
92
Do'stlaringiz bilan baham: |