141
faoliyatini yorituvchi hujjatlar hamda ularning saqlanishi.
VIII. Talabalarga beriladigan topshiriq:
Ta’lim muassasasining metodik birlashma
vazifalarini quyidagi sxema
yordamida ko’rsatib bering:
Методик бирлашманинг
асосий вазифалари
142
ASOSIY PEDAGOGIK TUSHUNCHALAR LUG’ATI
Akademik lisey
– o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga
olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur,
sohalashtirilgan,
tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida
davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta maxsus ta’lim beruvchi,
yuridik
maqomga ega ta’lim muassasasi.
Akademiya -
kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo’yicha oliy
va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshirishga imkon
beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Amaliy ishlar metodi
– o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash
ko’nikmalarini shakllantiruvchi usul.
Anomaliya
(yunoncha “anomal”) – me’yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish,
noto’g’ri rivojlanish.
Anomal bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish
– korreksion
pedagogikaning asosiy tushunchasi bo’lib, nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos
keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot
va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirish.
Axloq
(lotincha “moralis” xulq-atvor) – ijtimoiy
munosabatlar hamda shaxs
xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya
qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig’indisi.
Axloqiy ong –
shaxga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to’g’risidagi
nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya
– muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi
zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari,
mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish
asosida ularda axloqiy ong, axloqiy
faoliyat ko’nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan
pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Aqliy tarbiya
– shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni
berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga
yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
143
Baynalminallik
(“inter” orasida, o’rtasida, aro, “natio” xalq) – o’zga millat
va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda
vijdon
erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon etkazmaslikni ifoda
etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat.
Bakalavriat
– mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy
bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy
ta’lim.
Do'stlaringiz bilan baham: