3
Umumiy pedagogika fanidan seminar mashg’uloti va uni o’tkazish metodikasi
bo’yicha o’quv - uslubiy qo’llanma.
Muallif: Yusupov M.M. Muqimiy nomidagi Qo’qonDPI umumiy boshlang’ch
ta’lim kafedrasining 6-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va
chop etish uchun
tavsiya etilgan.
Mas’ul muharrir:
Isoqov Z.- Qo’qon DPI dos. f.f.n.
Taqrizchilar:
O’. J. Yo’ldoshev Qo’qon DPI dos. .
A.N. Ziyayev Qo’qon DPI katta o’qituvchi
Oliy ta’limda seminar mashg’ulotlarini samarali tashkil qilinishi ta’lim
sifatining oshishiga va talaba shaxsini rivojlanisiga yordam beradi.
Oquv-uslubiy
qo’llanmaga
Umumiy
pedagogika
fanilan
seminar
mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish metodikasi bo’yicha uslubiy tavsiyalar
berilgan. O’quv-uslubiy qo’llanma pedagog mutaxassislar, uslubchilar va talabalar
uchun mo’ljallangan.
Oquv- uslubiy qo’llanma Muqimiy nomidagi Qo’qon DPIning O’quv-uslubiy
kengashining 26.06. 2019 y. 11- sonli qaroriga asosan chop etishga ruxsat berildi.
4
Kirish
Jadal rivojlanayotgan jamiyatga pedagogik va umummadaniy ko’nikmaga
ega, turli vaziyatlarda mustaqil qaror chiqara oladigan, hamkorlikka qobiliyati bor,
o’zining ko’nikmalarini taqdimot qiladigan
va amalga oshiradigan, o’zaro
tushunish va dialogga tayyor bilimli insonlar zarur. Hozirgi kunda ta’lim tizimida
bo’layotgan yangiliklar megatendensiyalar ta’sirida o’zgarib borishi, ta’lim
jarayonini shaxsning ehtiyojlarini hisobga olishni,
uning ilmiy-pedagogik
bilimlarini rivojlantirishni, kommunikativ qobiliyatlarini
shakllantirishni taqozo
etmoqda. Pedagogik jihatdan shaxsning aniq bir yo’nalish bo’yicha atroflicha
bilimga ega bo’lishi va ko’nikma va malakalarining shakllanishi aynan ta’lim
jarayonida bo’lib, bunda seminar mashg’ulotlari ham katta ahamiyat kasb etadi.
Seminar (lotinchadan tarjimada-“ko’chatzor”) mashg’uloti –
talabalar faol
ishtirok etadigan ta’limni guruhli tashkil etish shakli bo’lib, o’tilganlarni
mustahkamlashga yo’naltirilgan ta’limning diolog ko’rinishdagi turi. Seminar
mashg’ulotining asosiy vazifasi quyidagilar:
1.
Ilgari olingan bilimlarni mustahkamlash
vazifasi - mustaqil
tayyorgarlik, muhokama qilishda va axborotlarni mashg’ulotda og’zaki
suhbatlashish jarayonida.
2.
Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish vazifasi - birinchi
manbalar bilan mustaqil ishlash, referat va xabarlar tayyorlash.
3.
Mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish vazifasi – mustaqil
izlanish, axborotlarni tanlash va qayta ishlash tufayli.
4.
Intelektual faolyatni stimullashtirish (rag’batlantirish) vazifasi – aqliy
va esda saqlash faoliyati tufayli.
Talabalarning
faolligi
va
ko’rilayotgan
muammo
mazmunining
xususiyatlaridan kelib chiqib seminar mashg’ulotining quyidagi turlari farqlanadi: