Семинар машғулотларининг технологик лойиҳалари


Mashg’ulotda qo’llaniladigan metod va texnologiyalar mohiyati



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/112
Sana16.03.2022
Hajmi1,47 Mb.
#498836
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   112
Bog'liq
umumij pedagogika fanidan seminar mashgulotlari va uni otkazish metodikasi

 
Mashg’ulotda qo’llaniladigan metod va texnologiyalar mohiyati 
1. “Aqliy hujum” metodi
talabalarda mavzu (masala, muammo) xususida 
keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy 
foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil qilishga 
rag’batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg’ulotlar jarayonida 
ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha orginal echimlarni topish imkoniyati 


94 
tug’iladi. Mazkur metod tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni 
aniqlash va ularga muqobil bo’lgan g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. 
Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish 
lozim: 1) talabalarning o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish 
g’oyalarni yozish borish uchun yozyv taxtasi yoki varaqlarni tayyorlab qo’yish; 
muammo (yoki mavzu)ni aniqlash; 3) mashg’ulot jarayonida amal qilinishi lozim 
bo’lgan shartlarni belgilash; 4) bildirilayotgan g’oyalarni ularning mualliflari 
tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish qog’oz varaqlari g’oya (yoki 
fikr)lar bilan to’lgandan so’ng ularni yozyv taxtasiga osib qo’yish; 5) bildirilgan 
fikrlarni yangi g’oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat 
qaratiladi; 6) boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularga 
tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan 
xulosalarga kelish kabi harakatlarning talaba tomonidan sodir etilishiga erishiladi; 
7) talaba tomonidan bildirilayotgan har qanday g’oya baholanmaydi; 8) 
talabalarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun 
qulay muhit yaratiladi; 9) g’oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash; 10) 
boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g’oya)lar ustidan kulish, kinoyali 
sharhlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik; 11) yangi g’oyalarni bildirish davom 
etayotgan ekan, muammoning yagona to’g’ri echimini e’lon qilishga 
shoshilmaslik.
 
Mashg’ulot jarayonida ushbu metoddan foydalanishda quyidagi qoidalarga 
amal qilish talab etiladi: 1. Talabalarni muammo doirasida keng fikr yuritishga 
undash, ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish. 2. Har bir talaba 
tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag’batlantirilib boriladi. Bildirilgan fikrlar 
orasidan eng maqbullari tanlab olinadi. Fikrlarning rag’batlantirilishi navbatdagi-
yangi fikrlarning tug’ilishiga olib keladi. 3. Har bir talaba o’zining shaxsiy 
fikrlariga asoslanishi va ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni 
umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan 
fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi. 4. Mashg’ulot jarayonida talabalar 
faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan 


95 
fikrlarni baholashga yo’l qo’yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa, talabalar 
diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar 
ilgari surilmaydi. Metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad talabalarni 
muammo bo’yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda 
ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish