12
yuqori foydani ta’minlovchi bozorning aniq segmentini tadqiq qilinishiga e’tiborni
qaratishga imkon beradi.
Demak, “Innovatsion marketing” – korxonaning bozor sharoitlarida tadqiq
etish asosida uning innovatsion, ishlab chiqarish va sotish faoliyatani
optimallashtirishga qaratilgan xo‘jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Boshqacha
qilib aytganda, innovatsion marketing - korxonada an’anaviy marketingning usul va
shakllarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan marketing
konsepsiyasidir.
Innovatsion marketingning asosiy maqsadi innovatsiyalarni bozorga kiritish
strategiyasini ishlab chiqish va yangi mahsulotning bozorda mustahkam o‘ringa ega
bo’lishi hamda kelgusida uni eksportini ta’minlashdan iborat. Shuning uchun
an’anaviy marketingdan farqli ravishda innovatsion marketing asosida innovatsiyalar
bozorini tadqiq etish, bozorni test qilish, bozor konyunkturasini tahlil qilish, talabni
shakllantirish, iste’molchilar xulq - atvorini modellashtirish orqali bozor segmentlari
ishlab chiqish yotadi.
Innovatsion marketing korxonaga iste’molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish,
zamonaviy biznesda ustuvorlikni “funksional” mahsulotlardan “innovatsion”
mahsulotlarga o’tkazish hisobiga bozorni egallab olish imkoniyatini beradi:
- funksional mahsulotlar eng muhim, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat
qiladi va aksariyat hollarda xarid joyiga qarab o’tirmasdan xarid qilinadi;
- innovatsion mahsulotlar esa, aksincha, texnika va modaning so’nggi so’zini
ifodalaydi, ularga talabni oldindan aytish qiyin, ularning hayotiylik davri esa ancha
qisqaroq bo’ladi.
Fikrimizcha, turizm sohasidagi korxonalar avvaldan o’z harakatlarini bozorni
egallashga,
segmentatsiyalarni
kengaytirish
va
chuqurlashtirishga,
o’z
iste’molchilarini shakllantirishga qaratgan bo‘lishlari lozim. Zamonaviy marketing
faqatgina bozor tahlili va tashqi omillar bilan chegaralanib qolmasdan, balki doimiy
imkoniyatlarni shakllantirishga ham o’z hissasini qo’shadi.
Innovatsion marketingda boshqaruv usullari vaziyatga qarab o‘zgarishi
mumkin. Innovatsiyalarning har bir hayotiylik sikliga alohida usul va strategiyani
ishlab chiqish talab etiladi.
Odatda, tadbirkorlarning innovatsiyalarga rag‘bati ularning sifatli,
raqobatbardosh hamda yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki yanada samarali va
modifikatsiyalangan texnologiyalardan foydalanish asosida olayotgan foyda
miqdorini oshirishga intilishi bilan belgilanadi. Muvaffaqiyatli innovatsiyalar
haqiqatdan ham foyda va hatto qo‘shimcha foyda keltiradi. Lekin, bu qo‘shimcha
foyda yoki qo‘shimcha foyda yo’lidagi innovatsion bo’sag’adan hamma ham o’ta
olmaydi, yangi mahsulot va texnologiyalarni o’zlashtirish davrida xarajatlar baland
bo’ladi.
Biroq, innovatsion loyiha bilan shug’ullanish uchun tadbirkor imkoniyatga ega
bo‘lishi lozim. Avvalo, ekspertizadan yoki sinov ekspluatatsiyasidan o’tgan ixtiro
yoki ilmiy-texnik faoliyatning boshqa natijasi, kamida texnologik qo‘llash uchun
yaroqli bo‘lgan innovatsion g’oya bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: