4-mavzu. Milliy innovatsion tizimlar konsepsiyasi



Download 24,48 Kb.
bet1/2
Sana29.11.2022
Hajmi24,48 Kb.
#875008
  1   2
Bog'liq
4-mavzu


4-MAVZU. MILLIY INNOVATSION TIZIMLAR KONSEPSIYASI

4.1. O`zbekistonning milliy innovatsion tizimi: salohiyati va samaradorligi

4.2. Zamonaviy innovatsion muhit


4.1. O`zbekistonning milliy innovatsion tizimi: salohiyati va samaradorligi


Ilm talab va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishning o’rni katta. Shu bois, butun dunyoda yangi va ilg’or texnologiyalarni bozor qiymati oshib bormoqda. O’zbekiston bu yo’nalishda o’ziga xos salohiyatga ega hisoblanadi. Bugungi kunda davlatimiz rahbarining ilm-fanni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratayotgani tufayli ushbu salohiyat yuksalib bormoqda. Har yili istiqbolli ilmiy g’oya va loyihalarni amalga oshirish uchun davlat grantlari ajratilmoqda. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ro’yobga chiqarilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar jahon ilm-fani uchun ham katta ahamiyatga egadir. Olimlar o’z ishlarini, birinchi navbatda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar oldida turgan aniq vazifalarni hal etishga yo’naltirayotir. Innovatsion salohiyatni oshirish kichik korxonalarni rivojlantirish bilan bog’liq. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, kichik korxonalar katta korxonalarga qaraganda, 4 barobar ko’p innovatsiyalar yaratadi yoki ilmiy tadqiqotga kiritilgan har bir dollarga kichik innovatsion korxonalar 2,5 barobar ko’p mahsulot yaratadilar. Korxonalarda innovatsion salohiyatni baholashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega: - ilmiy-texnik salohiyat (ilmiy darajaga ega xodimlar soni, bir xodimga to’g’ri keladigan ratsionalizatorlik takliflar soni, patentlar soni va boshqalar); - kommersializatsiya ko’rsatkichlari (ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmida yangi mahsulot ulushi, litsenziya shartnomalari soni va boshqalar); - bajarilayotgan ishlarning davomiyligi (innovatsion davrning kattaligi); - innovatsiyaning boshqarilayotgan tizimi tavsifi (korxonada innovatsion faoliyatni rag’batlantirish shakllari, yuqori darajadagi 122 rahbarlarning innovatsion loyihalarni amalga oshirishda qatnashishi, innovatsion faoliyatga qatnashuvchilarga erkinlik darajasini ta‘minlanishi). Innovatsion faoliyat maqsadlarni amalga oshirish miqyosi va xususiyatlardan kelib chiqib, innovatsion strategiyani ishlab chiqish mumkin. Innovatsion strategiya korxonaning uzoq muddatga rivojlanishida innovatsion salohiyatdan samarali foydalanishini ta‘minlaydigan tadbirlar majmuasidir. Innovatsion o’zgarishlar raqobat afzalliklari asosida o’rganilib, quyidagi strategiyalar ishlab chiqiladi: - differensiatsiyalash; - xarajatlarni pasaytirish; - eng yaxshi qiymat. ―Innovatsiyalarning iqtisodiy ahamiyatini misollarda ko’rib chiqish materialni tushunishni yanada soddalashtirish lozim. Shunday ekan innovatsiyalarning turli mamlakatlar, xususan, Xitoy, Tayvan, Koreya va Singapurlar misolida mamlakat sanoatida va iqtisodiyotining o’sishidagi ahamiyati e‘tiborga sazovordir. Ularning innovatsion rivojlanishi boshqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan ancha tez bo’lganligi sababi, bu mamlakatlar innovatsiyalarni yaratish uchun texnologiyalarni xorijdan sotib olib, o’zlari uni takomillashtirish ustida ishlashgan. ―Milliy innovatsion tizim‖ tushunchasini fanga dastlab amerikalik olim K.Frimen 1987 yilda kiritgan. ―Milliy innovatsion tizim turli istitutlarni birgalikda yoki alohida yangi texnologiyalarni yaratishga hissa qo’shgan va hukumat a‘zolarining yangi siyosatni ishlab chiqash va amalga oshirishga ta‘sir etuvchi innovatsion jarayondir. U o’zaro bog’langan institutlar tizimi bo’lib, ular ―bilimlar, yangiliklar va yangi texnologiyalarni tashkil etish, saqlash va uzatishni amalga oshiradilar. Dunyo olimlarining fikricha mamlakat innovatsion taraqqiyoti to’g’ri olib borilgan innovatsion siyosatga bog’liq.Rivojlanish yo’lidan borayotgan har bir davlatning innovatsion siyosatini bosh maqsadi milliy innovatsion tizimning barcha zaruriy unsurlari shakllanishi va o’zaro integrallashgan aloqada bo’lishini ta‘minlashdan iborat. Innovatsiyalar yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo.) foydalanish tushuniladi. Bugungi kunda yangiliklar, ularni amalga oshirish, samarali joriy etish va ulardan oqilona foydalanish yo’nalishlari, bozorni egallash, iste‘molchilar talabini qondirishga qaratilgan strategiyalarini o’rganuvchi alohida fan vujudga keldi. Innovatsiyalarning har bir necha turlarini ajratish mumkin. Iqtisodiyotda mahsulot va jarayon innovatsiyalari degan tushuncha bo’lib, ular o’ziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi. Jarayon innovatsiyasi ko’proq foyda olishga qaratilgan yangicha ishlash uslubi, ishlab chiqarish, sotuv jarayonlarini oqilona tashkil etish va bajarishni yanada takomillashtirishni o’z ichiga oladi. Innovatsion jarayonlarga innovatsion marketing va menejment, raqobat, liderlik strategiyalarini misol qilishimiz mumkin. Bunday innovatsion jarayonlar yirik kompaniyalar raqobatbardoshligi ortishida markaziy rol o’ynaydi.

Download 24,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish