q o ‘lida m irza b o ‘lib ishladi. D ehqonchilik bilan nsloydil
shug‘ullandi. Adibdagi bu xususiyatni Oybek: «U aqliy mehnat
kishilariga har mahal ham nasib b o ‘lavermaydigan darajada
jismoniy mehnatga o‘ch kishi edi», — deya ta ’riflagandi.
Abdulla Qodiriy 1909-yildan badiiy ijod bilan shug‘ullana
boshladi. D astlab kichik-kichik she’rlar, m aqolalar,
hajviy
asarlar bilan m atbuotga qatnashdi. So‘ngra «Ahvolimiz»,
«Millatimga» singari she’rlar, «Baxtsiz kuyov» (1914) pyesasi,
«Juvonboz» (1915), «Uloqda» (1915), «Jinlar bazmi» (1916)
va boshqa hikoyalarini yaratdi. Bu asarlarida barcha jadidchilar
singari Qodiriy ham kitobxonlarni ezgulikka, ilm-ma’rifatga
u n d ad i, u shb u g ‘o y alarig a g o ‘zal badiiy libos kiy dirdi.
«Ahvolimiz» she’rida shoir xalq va yurt taqdirini k o ‘zlab
quyidagicha yozadi:
K o 'r bizn in g a h volim iz, g 'a fla td a qa n d a y y o ta m iz,
J o y i kelgan c h o g ‘ida vijdonni p u lg a sotam iz.
О ‘g iim iz g a na odob, na fa n , na y a x s h i so ‘yla m a k ,
N a xudoning bu yru g 'i b o 'lgan ilm o 'rg a ta m iz...
О ‘rtadan chiqsa a g a r m illa tn i y a x s h i su y g ‘uvchi,
B iz ani d a h riy sanab, to 'pponcha bila otam iz.
K elin giz, yosh lar, ziyolilar, bu kun g ‘a y r a t qiling,
U xlagan larn i a gar Q odir esa k u yg ‘otam iz.
Qodiriyning «Baxtsiz kuyov» dramasida boylarga taqlid etib,
katta to ‘y o ‘tkazgan va natijada qarzga botib, baxtsizlikka
uchragan qambag‘al yigitning fojiasi hikoya qilinadi. Kambag‘al
yigit Solih o‘z xo‘jayinidan og‘ir
shartlar bilan pul qarz olib,
katta to ‘y qiladi, uylanadi. Biroq Solih qarzni o ‘z vaqtida to ‘lay
olm aydi. O qibatda, uning hovli-joyi qarz evaziga boyga
o ‘tadigan b o ‘ladi. Yosh kelin-kuyov bu kulfatga chiday olmay,
o ‘zlarini o ‘zlari halok qilishadi.
«Baxtsiz kuyov» dramasida yosh ijodkor Abdulla Qodiriy
kam bag‘al xizmatkor, sudxo‘r boy,
domla-imom obrazlarini
maromiga yetkazib yaratgan. Biroq asarda hayotdagi ijtimoiy
tengsizlik sabablarini, shuningdek, obrazlar xarakterini ochishda
b ir oz m a h o ra t yetishm ay qo lgan. Y u za k ic h ilik k a y o ‘l
137
q o ‘yilgan. Buni asarda adib uchun asosiysi o ‘z g‘oyalarini
o ‘tkazish ekanligi bilan tushuntirish m um kindir. A bdulla
Qodiriy o ‘z ustida jiddiy ishlash, so‘z san’ati
sirlarini egallash
orqali bu kabi nuqsonlardan qutula bordi va k o ‘p o ‘tmay
iste’dodli adib sifatida tanildi.
Abdulla Qodiriy dastlabki davriardayoq adabiy-ijodiy ishga
zo‘r mas’uliyat bilan qaraydi. Shunga ko‘ra badiiy asar yozishda
hayot haqiqatini yaqindan turib, puxta o‘rganishga alohida e’tibor
beradi. Ana shu maqsadda ko‘p joylarni yayov kezib chiqadi,
turli toifa odamlar hayotini sinchiklab o ‘rganadi, tadqiq etadi.
Abdulla Qodiriy ijodiy prinsipini: «Men turmushda ko‘rmagan,
bilm agan narsam haqida hech narsa yozm aym an,
har bir
asarimning yozilishiga turmushda uchragan biror voqea sababchi
b o ‘ladi», — tarzida ifodalagan edi. Abdulla Qodiriy hayot
haqiqatini o‘rganishga qanchalik katta ahamiyat bergan bo‘Isa,
uni badiiy haqiqatga aylantirishga ham shunchalik e’tibor bilan
qaragan. U badiiy g‘o‘rlikka, mahoratsizlikka qarshi adabiyotda
shakl va mazmunning birligi uchun izchil kurashgan. 0 ‘z asarlariga
hech bir erinmasdan sayqal va jilo bergan. So‘z va iboralarni tejab-
tergab, o ‘rni-o‘rnida, zo‘r mahorat bilan ishlatgan.
Abdulla Qodiriy 1917-yildan so 'n g dastlab jurnalistika
sohasida faoliyat ko‘rsatdi. 1923-yildan boshlab «Mushtum»
jurnalida mas’ul lavozimda ishladi. Felyeton,
maqola va hajviy
hikoyalari bilan «Mushtum»ga faol qatnashib, birinchi o‘zbek
satirik jurnalining asoschilaridan biri sifatida tanildi.
Abdulla Qodiriy ijodi yangi talablari asosida mavzu va janr
jihatidan ham, g‘oyaviy-badiiy jihatdan ham yil sayin tobora
o ‘sa bordi. 1924-yilda Moskvadagi V.Bryusov nomidagi Oliy
Adabiyot institutida olingan tahsil Abdulla Qodiriy ijodida
muhim aham iyat kasb etdi.
U M oskvadan qaytgach, yana
m a tb u o t so h asid a ishlad i, ijodiy ish bilan b an d b o ‘ldi.
Natijada, yangi o ‘zbek jurnalistikasining asoschilari qatoridan
munosib o ‘rin oldi.
Abdulla Qodiriy rus tilini mukammal bilgan. U 1927-1930-
yillarda ruscha-o ‘zbekcha lug‘at tuzish33, rus tilidagi turli
Do'stlaringiz bilan baham: