Say d u lla m irzayev


A ra la sh m a y pish arm i?



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

A ra la sh m a y pish arm i?
I k k i y o r g a к о ‘n gil bergan
H ech du n yoda yash arm i?
Hamzaning 30 dan ortiq she’ri xalq qo‘shiqlari kuyi asosida 
yozilgan. «Sog‘inib» she’ri «Qora sochim» ashulasi ohangida,
128


«Salom ayting» she’ri «Savti chorgoh» ohangida, «Bir eshon 
hazratlari aytalar ekan» she’ri «Voy zolim» nomli xalq ashulasi 
ohangida yaratilgan.
H am za asarlari tilida xalq og‘zaki ijodi ta ’siri, ayniqsa, 
ochiq-oydin k o ‘rin adi. Shoir o ‘z ijodida xalq m aqollari, 
h ik m atli s o ‘zlari, o b razli ifo d a la ri, o ‘x sh a tish lari, s o ‘z 
o ‘yinlaridan ko‘p foydalanadi. Keng xalq ommasi tushunishi 
qiyin bo'lgan arabcha, forscha so‘zlar o‘rniga jonli xalq tilidagi 
so‘z va iboralarni ishlatadi:
G uldir etib, bulut tarqab,
Y a lt-yu lt etib chaqm oq chaqdi,
Ishchi bobo seskansang-chi,
S h arqqa qu yosh chinlab chiqdi.
Bularning hammasi Hamza asarlarining tili xalqqa g‘oyat 
yaqin va tushunarli boiganidan, binobarin, ular hozirgi zamon 
o ‘zbek tilig a o ‘tish d a m u sta h k a m k o ‘p rik vazifasin i 
bajarganligidan dalolat beradi.
T o ‘g ‘ri, H am zaning s h o ‘ro la r d a v rid a yozilgan b a ’zi 
she’rlarida zam onasozlik, hukm ron m afkura bilan m urosa 
q ilis h lik h o lla ri u c h ra y d i. S h u n g a q a ra m a y , H am za 
she’riyati, um um an olganda, adabiyotim izning y u tu g ‘idir. 
Hamza yangi o ‘zbek she’riyatining ilk nam unalarini yaratgan 
ijodkorlardan biri sifatida tarixda qoldi. Shu bilan birga, u 
y ang ich a m azm unni yangicha sh ak ld a ifo d a lash uch u n
kurashib, poetik shaklni m ukam m allashtirish, badiiy asar 
tilin i jo n li x alq tilig a y a q in la s h tiris h b o r a s id a jid d iy
izlanishlar olib borgan shoirdir.
Hamza Hakimzoda dramaturgiya sohasida ham samarali 
rav ish d a ijod q ild i va o ‘zbek d ra m a tu rg iy a sig a asos 
soluvchilardan biri sifatida tanildi. Hamza «Boy ila xizmatchi», 
«Maysaraning ishi», «Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar 
ishi», «Jahon sarmoyasining so‘nggi kunlari», «Muxtoriyat yoki 
avtonomiya», «Tuhmatchilar jazosi», «Kim to ‘g‘ri», «Xorazm 
inqilobi», «F arg‘ona fojiasi», «Loshmon fojiasi», «Istibdod 
qurbonlari», «Toshkentga sayohat», «Saylov oldidan», «Eshon
129


o ‘pkasiga javob», «Burungi saylovlar», «Mart qurboni Oynisa», 
«Y er islo h oti» singari q irq q a yaqin k a tta -k ic h ik sahna 
asarlarining muallifidir.
Ham/1 dastlab «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari», «Ilm 
hidoyati», «M ulla N orm uham m ad domlaning kufr xatosi» 
(1915), «Loshmon fojialari» (1916) kabi pyesalar yozdi. Bu 
sahna asarlarida dram aturg qoloq aqidalar, nodonlik tufayli 
og‘ir turm ush girdobiga tushib qolgan personajlar hayotini 
ta ’sirli aks ettirishga urindi. Johil, m a’rifatsiz kishilarning 
zo ‘ravon va insofsizligini fosh etdi. Oddiy xalqning og‘ir 
ahvolini aks ettirib, unga hamdardlik bildirdi.
Eski tuzumni, xurofiy urf-odatlarni fosh etish, xalqparvarlik 
va m a’rifatni targ'ib etish Hamza asarlarining asosiy g‘oyaviy 
mazmunini tashkil etadi. «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» 
dramasida ijtimoiy tengsizlik, xotin-qizlarning ayanchli ahvoli 
ochiq ko‘rsatilgan. 0 ‘qimishli boyvachcha Mahmudxon bilan 
faqir kosib qizi M aryam xon bir-birlarini sevadilar. Lekin 
mavjud ijtimoiy tartiblar va xurofiy urf-odatlar taqozosiga ko‘ra 
bu yoshlar bir-birlariga yetisholmaydilar. Maryamxon Hazrat 
eshonga yettinchi xotin qilib nikohlab beriladi. M aryamxon 
bunday o ‘ta adolatsizlikka aslo rozi b o ‘lmaydi va zahar ichib 
o ‘ladi. M ahmudxon esa sevgilisi Maryamxonsiz yashashdan 
ko‘ra, o ‘limni afzal biladi: Maryamxonning qabri ustida o ‘zini- 
o ‘zi o tib h alo k b o ‘ladi. D ra m a d a jo h il ru h o n iy la rn in g
vahshiyligi, vijdonsizligi, insofsizligi, ayollar huquqining oyoq 
osti qilinganligi ochib tashlanadi.
Hamzaning dastlabki dram alarida turli badiiy nuqsonlar 
mavjud. Monolog va dialoglarning ortiqcha cho‘zilib ketgani, 
naturalistik epizodlarning uchrashi, b a ’zi hollarda voqea va 
ziddiyatning sust rivojlanishi ana shu nuqsonlar jumlasidandir. 
U m u m an o lg a n d a , H am za d ra m a tu rg iy a so h asid a ham
muayyan evolutsiyani kechirgan: asardan asarga o ‘sa borgan. 
Shu ta riq a , u 1917-yildan keyingi d av rd a yangi o ‘zbek 
dramaturgiyasining yaratilishida faol ishtirok etgan.
Hamza dramaturgiyaning deyarli barcha janrlarida qalam 
tebratib, dram a («Boy ila xizmatchi»), tragediya («Paranji 
sirlari») va komediya («M aysaraning ishi») janrining yetuk
130


namunalarini yaratdi. Bundan tashqari, Hamza «Qora soch» 
nomli opera yaratish ustida ijodiy ish olib bordi.
H am zaning «Boy ila xizmatchi» (1918) dram asi o ‘zbek 
adabiyoti tarixida muhim o ‘rin egallaydi. T o‘g‘ri, bu dramaning 
to ‘liq va asl m atni bizgacha yetib kelm agan, y o ‘qolgan. 
Dramaning hozirgi amaldagi matni esa K. Yashin tomonidan 
1939-yilda tiklangan nusxadir.
«Boy ila xizmatchi» dram asining asosiy g ‘oyaviy-badiiy 
xususiyatlari Hamza tomonidan belgilab berilgan. K. Yashin 
esa asarni asl nusxaga tayangan va asoslangan holda, zamon 
ta la b la rig a m os rav ish d a q a y ta ish la b k en g ay tirg an , 
p a rd o z la g a n , a sarg a sayqal b erg an . N a tija d a o ‘zbek 
d ram atu rg iy asin in g yetuk, g o ‘zal nam unasi — «Boy ila 
xizmatchi» dramasining mukammal varianti 1939-yilda yuzaga 
kelgan. D em ak, «Boy ila xizm atchi» d ra m a si s o ‘nggi 
variantining muallifi Hamza va Yashindir, deyilsa to ‘g‘ri va 
adolatli boiadi. Darvoqe, XX asrning 30-yillarida shunday deb 
yozilgan ham edi30.
«Boy ila xizmatchi» dramasida xalqimizning birinchi jahon 
urushi arafasidagi hayoti qiziqarli sujet, keskin konflikt va 
yorqin obrazlar vositasida m ahorat bilan k o ‘rsatilgan. 0 ‘sha 
davrdagi hayot haqiqati — ijtimoiy adolatsizlik yaqqol aks 
ettirilib, m anfaat bilan to ‘qnashuv dram a sujetiga mohirlik 
bilan singdirib yuborilgan. Shu tariqa dram ada mehnatkash 
omma siyosiy ongining uyg‘onishi, o ‘sishi tabiiy ifodalangan.
«Boy ila xizmatchi» pyesasi badiiy m ahorat e’tibori bilan 
ham qimmatlidir. Asarda konflikt hayotiy, dramatizm kuchli 
bo‘lganidek, qahramonlar xarakteri ham jonli va yorqin qilib 
ishlangan. D ram ad a G ‘ofir, Jam ila, G u lbahor, Solihboy, 
Q odirqul m ingboshi, X onzoda, qozi, imom, H ojiona kabi 
personajlarning o ‘ziga xos individual belgilari ustalik bilan 
gavdalantirilgan.
D ram ada konflikt rivojlangan va o ‘sgan sari o brazlar 
x arak teri yaqqol nam oyon b o ‘la boradi. B oshqacha qilib

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish