otasi. P u l— belga quvvat, boshgatoj. Puldorodam
—
qanotli odam.
Bu qanot bilan M ag 'ribdan Mashriqqa uchasan, har yerda oshna-
og ‘ayni, do ‘st-yor topasan».
Mirzakarimboy.
«Men do ‘stlarga sira
ishonmayman...», «Xotin erning quli, xotinning ko'ngliga, ra'yiga
qarab ish qilgan erk a k
—
odam em as»,
— deydi.
Y uqorida
keltirilgan misollardan Mirzakarimboyning yirtqich qiyofasi,
uning odamgarchilikdan mahrum ekanligi yaqqol anglashiJadi.
«Qutlug1 qon» romani til va badiiy mahorat jihatidan ham
g 'o y atd a diqqatga sazovor. A sarda adib obraz yaratishda
psixologik tahlil san’atidan, xalq tili boyliklaridan ustalik bilan
foydalangan. Obraz xarakterini, personaj tilini tabiiy va jonli
qilib tasvirlagan. Shunga ko‘ra,
romandagi har bir obrazning
o ‘z ichki-tashqi dunyosi bor, o ‘z xarakteri va individual tili
bor. Masalan, Abdushukur tilidan ishlatilgan «g‘olibo maqsad»,
«kaminaning g‘oyaviy hayoti», «evoh, zavoli Turkiston», «milliy
sarmoya», «o‘z boylarimiz — musulmon boylarimiz» singari
so‘z va iboralar, bu obraz tiliga individual tus bergan.
R om anda personajlar tili singari muallif nutqi ham katta
mahorat bilan ishlangan. Asarda Oybek jonli xalq tili boyliklari:
xalq
m aq o llari, hikm atli s o 'z la r va obrazli ib o ra la rd a n ,
shuningdek, o ‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a, majoz
kabi tasviriy vositalardan unumli foydalangan. Bundan tashqari,
yozuvchi xalq maqol va hikmatli so‘zlari darajasida turuvchi
«Yer sotgan — er bo im aydi, er — yer sotmaydi», «Jabrning
to'qm og'iga toqat yo‘q», «Xalq o'z ishini bilib qiladi», « 0 ‘tinsiz
qozon qaynamaydi» singari sermazmun,
chiroyli jum lalar va
obrazli iboralar yaratgan.
«Qutlug' qon» romani sujet va kompozitsiya jihatidan ham
tahsinga loyiqdir. Unda asar g'oyasini va obrazlar xarakterini
ochishga xizmat qilm aydigan tasvirlar, oshiqcha voqea va
e p iz o d la r y o 'q . Y ozuvchi v o q e alar ta sv irin i o rtiq c h a
cho'zmaydi. Voqeadan voqea chiqarish va ularni tabiiy tarzda
bir-biri bilan bog'lash orqali asosiy sujet chizig'ini
vujudga
keltiradi. Shu bilan birga, sujetni xarakter yaratish ishiga
mohirona xizmat qildiradi.
Kezi kelganda shuni ham qayd etish kerakki, roman ayrim
qusurlardan ham xoli emas. Asarda o'sha davr taqozosiga ko'ra,
210
sotsialistik realizm talabiga binoan rus-inqilobchi Petrov obrazi
sun’iy
ravishda kiritilgan, uning Y o‘lchiga k o ‘rsatgan ta ’siri
id ealla sh tirilg an . Ja d id A b d u sh u k u r esa b ir to m o n lam a
tasvirlanib, o ‘quvchida yoqimsiz taassurot qoldirishga urinilgan.
Oybekning «Navoiy» (1944) romani ham o ‘zbek adabiyoti
tarixida faxrli o ‘rin tutadi. Yuzaki qaraganda, Oybek
urush
yillarida uzoq o‘tmish mavzusida «Navoiy» romanini yaratish
b ilan o ‘sha ja n g o v a r d av r ta la b la rid a n
u zo q lash gan d ay
k o ‘rinadi. Aslida esa bunday emas. Chunki Oybek o ‘tmish
voqeligini aks ettirish, buyuk tarixiy shaxs Alisher Navoiy
obrazini yaratish, uning V atanga va xalqqa b o ‘lgan cheksiz
muhabbatini tasvirlash asosida vatanparvarlik, insonparvarlik,
qahram onlik va yom onlikka nafratni ta rg ‘ib qildiki, urush
davri talablariga to ‘la mos kelar edi.
«N avoiy» ta rix iy -b io g ra fik ro m an ja n rin in g n o d ir
namunasidir.
R om an voqeasi 18 yoshli yigit — A lisher N avoiyning
Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy
hayotining eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab
oladi. A sar voqeasi N avoiyning o ‘limini aks ettirish bilan
tugaydi. D em ak, asard a N avoiy
ta rjim ai holining asosiy
bosqichlari hayot haqiqatiga mos holda yorqin tasvirlangan.
Asarda Navoiyning olijanob fazilatlari, ajoyib xislatlari, Vatan,
xalq va adabiyot oldidagi buyuk xizmatlari birin-ketin ochila
boradi. Navoiy obrazi romanda ei va xalq uchun qayg'uruvchi,
y urtning baxt-saod ati haq ida jo n kuydiruvchi, ad o lat va
haqqoniyat uchun astoydil intiluvchi ulug‘ siymo sifatida
namoyon bo‘ladi. Navoiy o‘z do‘stlariga nasihat qilib:
Do'stlaringiz bilan baham: