Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti matkarimov avazxon



Download 140.53 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi140.53 Kb.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

SHARQ FILOLOGIYASI VA FALSAFA FAKULTETI

MATKARIMOV AVAZXON

XITOY TILIDA O`RIN HOLINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI”

mavzusida yozilgan

KURS ISHI

Annotasiya

Mazkur ish xitoy tili til tizimidagi o`rin holining o`ziga xosliklari, jumladan o`rin holining turlari, gap strukturasidagi o`rni, ifoda shakllari batafsil ko`rib chiqilgan. Shuningdek, o`rin holini yasovchi predloglarning sintaktik xususiyatlari haqidagi tahlillar ham ushbu ishdan joy olgan.

Ilmiy rahbar: Ismatullayeva Nargiza

TOSHKENT – 2013

MUNDARIJA

Kirish……………………………………………………………………..3



  1. Xitoy tilida holning o`ziga xos xususiyatlari…………………………5

  2. Xitoy tilida o`rin holining grammatik xosliklari – o’rin holining turlari, ifoda shakllari, gapdagi o`rni…………………………………………7

  3. Xitoy tilida o`rin holini yasovchi predloglarning sintaktik xususiyatlari…………………………………………………………14

Xulosa…………………………………………………………………...19

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati……………………………………...20



KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O`rganayotgan mamlakat tilining grammatik tizimini chuqur o`rganish, jumladan gap bo`laklarini alohida tahlil qilish tilni mukammal egallashda muhim ahamiyatga ega. Xitoy tili grammatikasidagi ikkinchi darajali gap bo`laklaridan holni o`rganishga o`zgacha yondashuvni talab qiladi. Hususan, hol mavzusini umumiy emas, torroq ko`lamda tahlil qiladigan bo`lsak o`rin holining ahamiyati katta. O`zbek tilidan farqli o`laroq predloglar ishtirokida namoyon bo`lgan o`rin hollarining tegishli predlogi holning oldidan qo`llanilsa, o`zbek tilida esa mazkur predlog hol bilan birga so`z shakli yasovchi qo`shimcha sifatida qo`llaniladi. Masalan, 布哈拉 zai Buhala – Buxoroda, 前走 wang qian zou – oldinga yurmoq va h.k. Xitoy tilida o`rin holining o`ziga hos xususiyatlari juda ko`p bo`lib, ularni atroflicha tahlil qilish va shu yordamida o`zbek tilida xitoy tili grammatikasi yuzasidan ma`lumotlar bilan boyitishning zaruriyligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Mazkur ishimizga materiallar to’plash jarayonida shuning guvohi bo`ldikki, so‘nggi yillarda hol va hususan o`rin holi bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari holning ma’no (mazmun) turlari keragicha tahlil qilingan bo‘lsa-da, uning grammatik tabiati chuqur va atroflicha tavsif etilmaganligini ko‘rsatadi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar ham holning faqat nutqiy ko‘lamdagi tashqi belgilari, ma’nosi, vazifasi hamda ifodalanish xususiyatlarini talqin qilishga bag‘ishlangan.

Mavzuning yangiligi. Yuqorida o’rganilgan dalillarga tayanib mazkur tadqiqot ishi muammosi o’zbek tilida batafsil o’rganilmaganligi kuzatildi. Shuningdek ishda tadqiqot mavzusi bilan bog’liq katta hajmdagi asliyatdagi manbalar xitoy tilidan o’zbek tiliga o’girildi.

Kurs ishining maqsadi o`rin holining grammatik xususiyatlarini ochib berish; vazifalari o`rin holining turlarini bir-biridan farqlash, o`rin holining tarkibiy qismi hisoblanuvchi ayrim predloglarning sintaktik mazmunlarini tahlil qilishdan iborat

Kurs ishining ahamiyati. Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti sho`’basi, xitoy tili va adabiyoti sho`’basi, shuningdek xitoy tiliga ixtisoslashgan litseylar va maktablarda amaliy ahamiyat kasb etib, ma’ruza matnlarini tuzish, amaliy mashg`ulot ma’ruzalarini tayyorlash, ilmiy-uslubiy qo`llanmalarni yaratishda asqotishi mumkin.

Kurs ishining tuzilishi. Mazkur ishimiz Kirish, uchta paragraf, shuningdek, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.

1. XITOY TILIDA HOLNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Hol bu – kesim-predikat ichidagi boshqa bir qo’shimcha tarkibiy qismdir. U kesimning markaziy so’zidan oldin qo’shilib, vaziyat, payt, o`rin, yo’nalish, shat, ob’yekt, tasdiq, inkor, soha, daraja va h.k. qirralardan kesimning markaziga sayqal beradi yoki chegaralaydi.

O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasida holga shunday izoh keltiriladi: “HOL (tilshunoslikda) — gapning ikkinchi darajali bulaklaridan biri bo‘lib, ish-harakatning belgi-sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rin, payt, sabab, maqsad, shart-sharoit, miqdor-daraja kabi xususiyatlarini ko‘rsatadi. Hol ravish, fe’l, ot, sifat, son, olmosh kabi so‘z turkumlari bilan, shuning‘dek, taqlidiy so‘zlar bilan ifodalanadi: Odil uyalganidan qizarib ketdi (Oybek); Sulaymonov tantanali ravishda knopkani bosdi (Abdulla Qahhor); Yetti o‘lchab, bir kes (Maqol). Ravishning barcha turlari hol vazifasida kela oladi. Fe’lning ravishdosh, sifatdosh shakllari hol vazifasida keladi. Masalan, Saida kulib so‘zladi. Anvar jilmaygan holda kirib ketdi1”.

Hol va aniqlovchi (atribut)ning o’xshash tomoni shundan iboratki, ikkisining oldidan ham qo’shimcha element qo’shiladi; farqli tomoni – hol kesim (predikat) ichidagi qo’shimcha element hisoblanadi, aniqlovchi esa ega yoki to’ldiruvchi ichidagi qo’shimcha bo’lakdir. Ergash gap tartibi nuqtai nazaridan qarasak, hol ikkinchi yoki uchinchi tartibdagi elementdir, ba’zida hatto yanada quyiroq tartib elementi.

Holning strukturasida odatda hol bo’lib quyidagilar xizmat qiladi: sifat, ravish, payt, o`rinli otlar, xohish-istak fe’llari, ko’rsatkich olmoshlar, hamda yo’nalishni ifodalovchi so’z birikmalari, predlogli so’z birikmalari, fe’l-ob’yektli so’z birikmalari, kesim tipidagi birikkan so’z birikmalar, kesim tipidagi ergashgan so’z birikmalar, kesim tipidagi ega-kesimli so’z birikmalar va h.k.

Harakat hisob so’zli miqdoriy so’z birikmalari hamda reduplikativ shakladagi miqdor so’z birikmalari (xoh harakat hisob so’zi, xoh predmet hisob so’zi bo’lmasin) ham hol bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Xitoy tili grammatikasida holning yozma belgisi struktur yuklama “地” de hisoblanadi. Hol o`zidan keyin “地” de ni olishi ham mumkin, olmasligi ham mumkin bo’lib, vaziyat bir oz murakkab. Odatda miqdoriy so’z birikmasi, ega-kesimli so’z birikmasi, fe’l-ob’yekt tipidagi so’z birikmasi va hokazolar hol bo’lib kelgan paytida, aksariyati “地” de ni oladi. Predlogli so’z birikmasi, yo’nalishni ifodalovchi so’z birikmasi, xohish-istak fe’llari, payt, o’tin-joy otlari hol vazifasida kelgan chog’ida esa “地” de ni ola olmaydi. Ravish, bir bo’g’inli sifatlar hol vazifasida kelganida ham odatda “地” de ni olmaydi.

Agar markaz so’z oldidan bir necha hollar (ko’p qatlamli hollar) bo’lsa, bu holda ularning so’z tartibiga e’tibor berish kerak. Ko’p qatlamli hollardagi hollarning miqdori odatda ko’p qatlamli aniqlovchidagi aniqlovchilar sonidan bir oz kamroq. Uning so’z tartibi ko’p qatlamli aniqlovchining so’z tartibidan o’garuvchanroq.

Ko’p qatlamli holning odatiy so’z tartibi quyidagicha:


  1. Paytni ifodalovchi ot yoki yo’nalishni ifodalovchi so’z birikmasi, predlogli so’z birikmasi;

  2. Ravish;

  3. O`rinni ifodalovchi predlogli so’z birikma, yo’nalishni ifodalovchi so’z birikmasi;

  4. Holatni ifodalovchi sifat yoki kesim so’z birikma;

  5. Ob’yektni ifodalovchi predlogli so’z birikmasi.

Ular orasidagi ravishning o’rni nisbatan o’zgaruvchan bo’lib, uni uchinchi o’rindan keyin ham qo’yish mumkin.

Holning gapdagi joylashuviga ko’ra oddiy hol va gap boshidagi hollarga ajratish mumkin: 1) egadan keyin, kesimning markaziy so’zidan oldin. Bu holning odatiy o’rni; 2) egadan oldin keladi. Bu holning o’ziga xos joylashuvi bo’lib, bunday hol “gap boshidagi hol” deb nomlanadi.

Xitoy tilida hol 8 ta katta turga bo’linadi:

时间状语 shijian zhuangyu – Payt holi

条间状语 tiaojian zhuangyu – Shart holi

原因状语 yuanyin zhuangyu – Sabab holi

目的状语 mudi zhuangyu – Maqsad holi

结果状语 jieguo zhuangyu – Natija holi

让步状语 rangbu zhuangyu – To`siqsiz hol

比较状语 bijiao zhuangyu – Qiyosiy hol



2. XITOY TILIDA O`RIN HOLINING GRAMMATIK XOSLIKLARI – O’RIN HOLINING TURLARI, IFODA SHAKLLARI, GAPDAGI O`RNI

Xitoy tilida “qayerda?”, “qayerga?” savollarga javob beruvchi o`rin hollari ajratib ko’rsatiladi.

“Qayerda?” savoliga javob beruvchi o`rin holini 静止状语jingzhi zhuangyu – statik o`rin holi, “qayerga?” savol javob beruvchi o`rin holini esa 动力状语 dongle zhuangyu – dinamik o`rin holi deyiladi.

静止状语jingzhi zhuangyu – Statik o`rin holi

1. Statik o`rin holini ifodalash usullari

A. O`rin-joy nomlari (ot bilan ifodalanishi) bilan

香港  Xiānggǎng – Gonkong


上海  Shànghǎi – Shangxay

B. O`rin ravishi bilan

那边  nàbiān – u yer; 那儿  nàr – u yer; 那里  nàli – u yerda; 这里  zhèlǐ – bu yer, bu yerda; 这边  zhèbiān – bu yer; 这儿  zhèr – bu yer

C. O`rin ravishi va olmosh bilan

他那儿  tā nàr – unikida (u yerda)
他这儿  tāzhèr – bunikida (bu yerda)
在你们那儿有没有图书馆? zài nǐmen nàr yǒu mei yǒu túshūguǎn? – Sizlarnikida kutubxona bormi?

D. Makonda ob’yektning joyini aniqlashtiruvchi maxsus ibora bilan ifodalanadi. U quyidagi sxemaga ko’ra quriladi:

在 (zài) + ot + joyni aniqlashtiruvchi (so’ng) ko’makchi

Ko’makchilar:

外 wài – tashqari, tash; 内 nèi – ichkari;下 xià – ost; 上 shàng – ust; 左 zuǒ – chap; 右 yòu – o’ng; 前 qián – ro’para, old; 后 hòu – orqa, ort

Ular alohida ham, 边 biān и 面 miàn (“tomon”) suffikslari bilan ham ishlatilishi mumkin.

Alohida quyidagi so'zlar qo'llanilmaydi:

对面  duìmian – ro’parasida


旁边  pángbian –oldida, qoshida
中间  zhōngjian – o’rtasida, markazida

Yuqorida ko'rsatilgan sxema bo'yicha bir necha misollarni ko'rib chiqamiz:

在桌子下面  zài zhuōzǐ xiàmian – stolning ostida
在桌子上面  zài zhuōzǐ shàngmian – stolning ustida

Ko'makchilar odatda geografik joy nomlaridan so'ng, yana qit'a tomonlarini ifodalovchi so'zlardan so'ng qo'yiladi:

běi – Shimol; 南  nán – Janub; 西  – G'arb; 东  dōng – Sharq

2. Statik o`rin holining gapdagi o'rni

Xitoy tilida statik o`rin holining gapdagi o’rni kesim nima bilan ifodalangaligiga bog’liq.

A. Agar kesim 在 zai bilan ifodalangan bo’lsa, hol doim shu fe’ldan so’ng qoyiladi.

Masalan, 我在小学学习  Wǒ zài xiǎoxué xuéxí – Men boshlang’ich maktabda o’qiyman

Agar o`rin holi jonli predmetni anglatuvchi olmosh yoki ot bilan ifodalangan bo'lsa, bu kabi holdan so’ng odatda o`rin ravishi yoki joy ma’noli ot qo’yiladi.

我们的京剧票在王刚Wǒmen de jīngjù piào zài Wáng gāng deyish MUMKIN EMAS.

我们的京剧票在王刚那儿  Wǒmen de jīngjù piào zài Wáng gāng nàr –“ Bizning pekin operasiga chiptamiz Vang Gangnikida”


Yoki
我们的京剧票在王刚家 –Wǒmen de jīngjù piào zài Wáng gāng jiā – “Bizning pekin operasiga chiptamiz Vang Gangning uyinikida” deyish TO'G'RI BO'LADI.

Agar o`rin holi joyni anglatuvchi ot, geografik nom va boshqalar bilan ifodalangan bo'lsa, yuqorida bayon etilgan qoida bu yerda qo’llanilmaydi:

他在莫斯科  Tā zài Mòsīkē – U Moskvada

B. Agar kesim有 yǒu fe'li bilan ifodalangan bo'lsa, hol undan oldin qo'yiladi.

Masalan,

桌子上有报纸 Zhuōzǐ shàng yǒu bàozhǐ – Stolda gazetalar bor


你们这儿有多少学生?  Nǐmen zhèr yǒu duōshǎo xuéshēng? –  Sizlarda nechta o’quvchi bor?

Bunday gaplarni quyidagi tipdagi gaplardan farqlay bilish juda muhim:

我在家里有四本语法书 – Menda uyimda grammatika bo'yicha 4 ta kitob bor

Bu yerda o`rin holi 有 you bilan emas, balki 在 zai yordamida kiritiladi. 有 esa bu gapda “bor bo’lmoq, mavjud bo’lmoq” ma’noli fe'l sifatida namoyon bo'ladi.

C. Agar kesim mavjudlik ma'nosidagi 是 shi fe’li bilan ifodalangan bo’lsa, hol uning oldidan qo’yiladi.

小吃店对面是我的家  xiǎochīdiàn duìmiàn shì wǒ de jiā – Yegulik do`konining ro`parasida mening uyim


Inkor shakli: 
小吃店对面不是我的家 – xiǎochīdiàn duìmiàn bú shì wǒ de jiā – Yegulik do'koni ro'parasida mening uyim emas

Izoh:


有ishtirokidagi gaplarning 是 ishtirokidagi gaplardan farqi quyidagicha:

有 ishtirokidagi gaplarda suhbatdoshga u bilmaydigan narsalar haqida xabar beriladi. 是 ishtirokidagi gaplarda esa yo suhbatdosh gapirayotgan xabarni tasdiqlaysiz, yoki uni rad etasiz (lekin har qanday holatda ham suhbatdosh biladigan narsa haqida so'zlaysiz).

D. Odatiy fe'l-kesimda hol gapning boshida, ega va kesim o'rtasida hamda kesimdan keyin turishi mumkin. Muhimi, agar gapda 在 bo’lsa, o`rin holi albatta undan so’ng keladi.

Izoh:


Uch guruh holat fe’llari mavjud:

放  fàng – qo’ymoq; 住  zhù – yashamoq, istiqomat qilmoq; 躺  tǎng – yotmoq; 坐  zuò – o’tirmoq; 站  zhàn – turmoq; 挂  guà – osilib turmoq

Agar kesim mana shu fe’llarning biri bilan ifodalangan bo’lsa, o`rin holi kesimdan keyin qo’yiladi. Bunda 在 fe’lining shu fe’llardan keyin qo’yilishi juda muhim.

我的书放在桌子上  Wǒ de shū fàng zài zhuōzǐ shàng – Mening kitobim stolning ustida turibdi



动力状语 dongle zhuangyu – Dinamik o`rin holi

Xitoy tilida dinamik o`rin holi “Qayerga?”, “Qayerdan?” savollariga javob beruvchi hol hisoblanishini eslatib o’tamiz.

Dinamik o`rin holining gapdagi joylashuvi

A. Fe’l-kesimdan keyin pozitsiyasida dinamik hol agar fe’l-kesim gapirayotgan shaxsga nisbatan yoki gapirayotgan shaxsdan harakatni anglatsa va 来 lai, qu so’zlari yordamida qurilsa qo’yiladi:

Masalan,

他晚上来我家  Tā wǎnshang lái wǒ jiā – U kechqurun mening uyimga keladi


我夏天想去北京学习  Wǒ xiàtiān xiǎng qù Běijīng xuéxí – Men yozda Pekinga borib o’qishni xohlayman

Izoh:


Qachonki 来 lai va 去 qu modifikator sifatida ishlatilsa, o`rin holi modifikator va kesimning o’rtasiga qo’yiladi.

我进商店去  Wǒ jìn shāngdiàn qù – Men do'konga kirdim

Agar bunda yana 到 dao – “yetib bormoq”, “-ga yetib kelmoq” fe’li ishlatilsa, holdan so’ng 来 lai va 去 qu modifikatorlari ham qo’yiladi:

今天我想到商店去  Jīntiān wǒ xiǎng dào shāngdiàn qù – Bugun do’konga bormoqchiman

Agar fe’l-kesim harakatning yo’nalishini ifodalamasa (yuqoridagi holatlar singari), o`rin holi undan keyin turishi lozim, faqatgina u harakat yo’nalishi ko’rsatkichi bilan shakllantirilgan bo’lsa.

他跑食堂近来  Tā pǎo shítáng jìn lái – U oshxonaga yugurib kirdi (gapiruvchi oshxonada)

B. Dinamik hol fe’ldan oldin qo’yiladi agar:

1) “Qayerdan?” so’rog’iga javob beradi va从 cóng (-dan) predlogi bilan kiritiladi, masalan:

我从中国带来了一些汉语语法书  Wǒ cóng zhōngguó dài lái le yìxiē hànyǔ yǔfǎ shū – Men Xitoydan xitoy tili grammatikasiga oid bir nechta kitoblar olib keldim.

2) “Qayerga?” savoliga javob beradi va 往 wang (…ga yo’nalib) predlogi bilan kiritiladi, masalan:

请你们往前走,那儿有一家商店 – qǐng nǐmen wǎng qián zǒu, nàr yǒu yì jiā shāngdiàn – Marhamat, oldinga yuring, u yerda bir do'kon bor.

往上 wangshang – yuqoriga, tepaga; 往下 wangxia – pastga; 往左 wangzuo – chapga, so’lga; 往右 wangyou – o’ngga; 往前 wangqian – oldinga; 往后wanghou  – orqaga; 往北wangbei  – shimolga; 往南 wangnan – janubga; 往西 wangxi – g’arbga; 往东 wangdong – sharqqa; 往哪儿wang nar  – Qayerga?

3) 从….往…. cong…wang…, 从…到…cong…dao… konstruksiyasi ishtirok etganida

他从树上往下跳了  Tā cóng shù shàng wǎng xià tiào le – U daraxtdan yerga sakradi



3. XITOY TILIDA O`RIN HOLINI YASOVCHI PREDLOGLARNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI

Predlog xitoy tili doirasida juda muhim rol' o'ynaydi. Har bir o’quvchining diqqat-e’tiborini talab qiladi. Xitoy tilidagi predlog o’zicha gapning tarkibiy qismi bo’la olmaydi, albatta ob’yekt bilan birikib predlog-ob’yektli so’z birikmasi hosil qilsagina hol, aniqlovchi va qo’shimcha fe’l bo’la oladi. Predlog funksional va ifoda etuvchi ma’nosi jihatidan har xil turlarga bo’linadi. Mazkur ishda faqat o`rinni ko’rsatuvchi predloglarni ko’rib chiqamiz.

Bunday turdagi predloglar asosan ish-harakat qayerda sodir bo’lganligini, qayerdan boshlanganligini, ish-harakatning yo’nalishi yoki ish-harakat kesib o’tgan joyni ifodalaydi. Ayrim iboralar asosan og’zaki nutqda qo’llansa, ayrimlari yozma shaklda ko’p foydalaniladi.

1. 在 zai, cong, zi, you, da – “-dan”

Bu guruh predloglari ish-harakat sodir bo’lgan joy yoki boshlang’ich punktini ko’rsatadi. 打 da bir oz og’zakilashgan bo’lib, kuchliroq mahalliy koloritga ega.

大家每天都在学生食堂吃饭。 Dajia meitian dou zai xuesheng shitang chi fan. – Barcha har kuni talabalar oshxonasida ovqatlanadilar.

明天我们从北京站出发去南京。 Mingtian women cong Beijing zhan chufa qu Nanjing. – Ertaga biz Pekin stansiyasidan Nanjingga yo`l olamiz.

本次列车自北京开往西安。 Ben ci lieche zi Beijing kaiwang Xi’an. – Bu poyezd Pekindan Sianga boradi.

他们先到广州,然后再由广州出发去海南。Tamen xian dao Guangjou, ranhou zai you Guangjou chufa qu Hainan. – Ular avval Guangjouga boradilar, so`ng qayta Guangjoudan Xaynanga otlanadilar.

你们是打哪儿来的? Nimen shi da naer laide? – Siz qayerdan keldinggiz?

Mazkur guruh predloglaridan eng ko`p qo`llaniladiganlari, hususan ko`pgina konstruksiya sifatida namoyon bo`ladigan predloglarning sintaktik xususiyatlarini ko`rib chiqsak.

zai predlogining sintaktik ahamiyati: predmetga jarayonning amalga oshish joyi, payti, shartini ko`rsatadi. Bizning vaziyatda在 predlogli konstruksiyalar jarayonning amalga oshish o`rnini ko`rsatishi singari sintaktik ma’nosini olamiz. Mazkur ma’no jarayonning qay bir ishtirokchisi (sub’yekt, ob’yekt yoki qurol) jarayonning amalga oshishida joyda bo`lishiga qarab bir qator o`ziga xos ko`rinishlarga ega. Jarayonning amalga oshishi quyidagilarning joyda bo`lish bilan birga borish xolatlari kuzatiladi:

a) harakat sub’yekti (ishlab chiqaruvchisi):

鱼在水中游泳 Yu zai shui zhong youyong – Baliq suvda suzadi.

她常在每人的地方流泪 Ta chang zai mei ren de difang liulei – U ko`pincha hech kim yo`q joyda ko`z yosh to`kardi.

b) harakat ob’yekti:

这个我在报上看过 Zhe ge wo zai bao shang kanguo – Buni men gazetada o`qiganman.

我在字典里找不到这个字 Wo zai zidian li zhaobudao zhe ge zi – Men lug`atdan bu iyeroglifni topa olmayapman.

c) harakat quroli:

他把手在我的肩头一排 Ta ba shou zai wode jiantou yi pai – U qo`li bilan yelkamni qoqdi.

狗伸出前爪在雪人的身上抓了一下。 Gou shenchu qian zhao zai xueren de shen shang zhua le yi xia – It old panjasini chiqarib qor odamni timdaladi.

cong ishtirokidagi konstruksiyalarning sintaktik mazmuni quyidagilardan iborat:

Ish-harakat o`z joyini o`zgartirish jarayonining boshlang'ich punkti, boshlang`ich nuqtasini ko`rsatadi. Bu holat uchun fe'l strukturasida quyidigilarning mavjudliligi hosdir:

a) 出来(去)chulai (qu), 进来 (去)jinlai (qu), 下来 (去)xialai (qu), 过来 (去) guolai (qu) singari ish-harakatini yo`naltiruvchi modifikatorlarning mavjudligi:

他从楼梯上跑下来了 Ta cong louti shang paoxialai le – U zinadan yugurib tushib keldi.

太阳从窗户外面射进来 Taiyang cong chuanghu waimian shejinlai – Quyosh nuri derazadan kirdi.

guo «-dan o`tmoq» modifikatori qo`llanilganida 从 cong fe'l oldi predlogli kompleks ko`chib o`tishning oraliq nuqtasini ko`rsatadi:

有一辆汽车从他的身边开过去了 You yi liang qiche cong tade shenbian kaiguo qu le – Bir mashina uning yonginasidan o`tib ketdi.

b) ish-harakat yo`nalishining so`nggi nuqtasini ko`rsatuvchi 到dao, xiang fe`l orti predloglarining mavjudligi:

从城里迁到城外 cong cheng li qiandao cheng wai – shahardan shahar tashqarisiga ko`chib o`tmoq

同时他的面孔从仲昭这边转向金博士 Tongshi tade miankong cong Zhongzhao zhebian zhuanxiang Jin boshi – Bir vaqtning u yuzi bilan Jongjaodan professor Jin tomon o`girildi

c) ko`chib o`tish predmetini anglatuvchi fe’l orti otining mavjudligi:

从书架上取一本书 cong shujia shang qu yi ben shu – kitob jovonidan bitta kitob olmoq

2. 朝 chao, xiang,wang, chong – “-ga”

Bu guruh predloglari ish-harakatning yo’nalishini olib chiqadi. Orqasidan ko’pincha “上,下,左,右,前,后,里,外,东,南,西,北” singari so’zlar bilan ishlatiladi. Ular orasida 朝 chao va 冲 chong nihoyatda og’zakilashgan.

你们一直朝前走一会儿就能到。Nimen yizhi chao qian zou yihuier jiu neng dao. – Siz to`g`ri oldinga yurib boravering, yetasiz.

咱们继续向南开,没多远了。 Zanmen jixu xiang nan kai, mei duo yuan le. – Janub tomon yurishda davom etaylik, uzoq qolmadi.

哎呀,你赶快往右拐呀!Aiya, ni gankuai wang you guai ya! – Ay, tezda o`ng tomonga buriling!

这趟车往上海开,你去哪儿?Zhe tang che wang Shanghai kai, ni qu naer? – Bu avtobus Shangxayga yuradi, siz qayerga borasiz?

咱们教室的窗户是冲东还是冲南的? Zanmen jiaoshi de chuanghu shi chong dong haishi chong nan de? Auditoriyamizning derazasi sharqqa qaraganmi yoki janubgami?

dao, xiang, wang predlogi ishtirokidagi prepozitiv konstruksiyalar sintaktik ma’nosining umumiy xususiyati jarayon mo`ljalga olgan predmetni ko`rsatishdir. Ko`rsatilgan mazmunni amalga oshirishda, shuningdek qo`llash sohasida har bir muayyan predloglar bilan ma’lum bir xususiyatlar bilan bog`langan bo`ladi.

Ushbu predloglardan keng qo`llanuvda ko`p uchratishimiz mumkin bo`lgan 到 dao predlogi predmetni quyidagicha ko`rsatadi:

Sub’yekt harakati yo`naltirilganligiga nisbatan oxirgi punkt. Mazkur ma’no imkon boricha konkret, mavhum qayta anglashlarga ega bo`lmagan va o`z faoliyati bilan sintagmaning markaziy tarkibiy qismi sifatida namoyon bo`luvchi fe’llarning tor doirasini qamrab olgan holda amalga oshiriladi. Bular asosan 来 lai “kelmoq” va 去 qu “ketmoq, bormoq” singari harakat fe’llaridir. Ushbu fe’llar:

a) alohida, bo`lakcha qo`llaniladi:

我到这里来过三回了 Wo dao zhe li laiguo san hui le – Men bu yerga uch marotaba kelganman.

b) maqsadga qaratilgan fe’l bilan birgalikda qo`llaniladi:

我这次从太原到县里来开会 Wo zhe ci cong Taiyuan dao xian li lai kaihui – Bu safar men Tayyuandan uyezdga yig`ilishga keldim.

lai “kelmoq” ,去 qu “ketmoq, bormoq” fe’llari tushirib qoldiriladigan va maqsadga qaratilgan fe’l 到 dao elementili otli kompleksga bevosita birlashtiriladigan vaziyatlar keng tarqalgan:

北京这么大,到哪里(去)找医院啊!Beijing zheme da, da nail (qu) zhao yiyuan a! – Pekin shunchalar katta, kasalxonani qayerdan topamiz-a!

XULOSA

Mazkur ishning mazmunini mujassamlashtiruvchi quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:



  1. Hol bu – kesim-predikat ichidagi boshqa bir qo’shimcha tarkibiy qismdir. U kesimning markaziy so’zidan oldin qo’shilib, vaziyat, payt, o`rin, yo’nalish, shat, ob’yekt, tasdiq, inkor, soha, daraja va h.k. qirralardan kesimning markaziga sayqal beradi yoki chegaralaydi.

  2. “Qayerda?” savoliga javob beruvchi o`rin holini 静止状语jingzhi zhuangyu – statik o`rin holi, “qayerga?” savol javob beruvchi o`rin holini esa 动力状语 dongle zhuangyu – dinamik o`rin holi deyiladi.

  3. O`rin holi o`rin-joy nomlari, o`rin ravishi, olmosh, makonda ob’yektning joyini aniqlashtiruvchi maxsus ibora (在 (zài) + ot + joyni aniqlashtiruvchi (so’ng) ko’makchi) bilan ifodalanadi.

  4. Xitoy tilidagi predlog o’zicha gapning tarkibiy qismi bo’la olmaydi, albatta ob’yekt bilan birikib predlog-ob’yektli so’z birikmasi hosil qilsagina hol, aniqlovchi va qo’shimcha fe’l bo’la oladi. Predlog funksional va ifoda etuvchi ma’nosi jihatidan har xil turlarga bo’linadi.

  5. zai, cong, zi, you, da – bu guruh predloglari ish-harakat sodir bo’lgan joy yoki boshlang’ich punktini ko’rsatadi. 打 da bir oz og’zakilashgan bo’lib, kuchliroq mahalliy koloritga ega.

  6. chao, xiang,wang, chong – bu guruh predloglari ish-harakatning yo’nalishini olib chiqadi. Ortidan ko’pincha “上 shang,下 xia,左 zuo,右 you,前 qian,后 hou,里 li,外 wai,东 dong,南 nan,西 xi,北 bei” singari so’zlar bilan ishlatiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR:

  • 程明安,郝文华。应用汉语。– 武汉:湖北人民出版社,2005。

  • 朱庆明。现代汉语使用语法分析(下册)。- 北京:清华大学出版社,2005年。

  • 现代汉语词典。– 北京:商务印书馆,2005年。

  • Hojiev A. Lingvistik terminlarning izohli lug’ati. – T.: O’qituvchi, 1985.

  • Hoshimova S., Nosirova S. Xitoy tili grammatikasi. –T.: Sharq, 2012.

  • O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. – T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2003.

  • Шутова Е.И. Синтаксис современного китайского языка. Москва, 1979.

  • http//:www.baike.baidu.com



1 O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. – T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. 11-jild, - B.371



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa