to'qim a obrazlarning ham o ‘ziga munosib o ‘rni bor. Oybek
bu obrazlar orqali o‘sha davrdagi m a’lum ijtimoiy guruhlar
hayotini um um lashtirib k o ‘rsatib bergan.
Shuningdek, bu
obrazlar vositasida bosh qahramon Navoiy xarakterini, uning
fazilatlarini yanada yorqinroq ochgan.
«Navoiy» rom anida XV asr hayoti uchun tipik b o ‘lgan
xilma-xil voqea-hodisalar aks ettirilgan, rang-barang obrazlar
yaratilgan. H ayot haqiqati ustalik bilan badiiy haqiqatga
aylantirilgan. Bunda yozuvchi obraz yaratishda psixologik
tahlildan,
til imkoniyatlaridan, jumladan, har bir personajning
о ‘ziga xos fe’l-atvorini va individual tilini berish san’atidan
unumli foydalangan. Shunga k o ‘ra romandagi barcha obrazlar
o‘z xarakteri va individual tili e’tibori bilan bir-biridan ajralib,
o ‘zaro farqlanib turadi.
M a’lumki, badiiy asarda personaj nutqi singari muallif nutqi
ham aniq va obrazli b o ‘lishi, milliy tarovat bilan bezangan,
davr ruhi bilan sug‘orilgan b o ‘lishi shart. Asarda qaysi davr
hayoti tasvirlangan b o ‘lsa, o ‘sha davr kishilari nutqidagi til
xususiyatlari ham aks etishi kerak. Bu jih atd a n «Navoiy»
romanining tili ibratlidir. Oybekshunos olim Homil Yoqubov
to ‘g ‘ri qayd qilganidek: «N avoiy» rom ani o ‘zbek tarixiy
romanchiligi tilining shakllanishida muhim rol o ‘ynaydi. Asar
tili о ‘tmish davrning jonli tilini yaratish
nam unalaridan biri
b o ‘lib q o ld i, u n d a besh yuz yil avval y ash ag an tarix iy
qahram onlarning tili hozirgi kitobxonlarga tushunarli qilib
qayta tiriltirildi. Oybek roman tili oldida turgan bu murakkab
vazifani to ‘g‘ri hal qildi. Yozuvchining muvaffaqiyati shunda
b o ‘ldiki, u qahram onlar nutqi bilan m uallif nutqi o ‘rtasiga
keskin chegara qo‘ymadi va tarixiy hamda zamonaviy nutqni
bir-biriga uyg‘unlashtirdi. U shaxslarning so‘zlashuvida Navoiy
asridagi
adabiy til koloritini saqlash, ayrim gram m atik va
morfologik formalarni stillashtirish bilan birga, ularni o ‘zbek
adabiy tilining hozirgi taraqqiy bosqichiga xos asosiy qoidalarga
b o ‘ysundirdi, mumkin qadar hozirgi zam on kitobxonining
tushunishiga yaqinlashtirdi. Ammo shunisi borki, m uallif
tilining personajlar tilidan tamoman uzilib qolishi va hozirgi
kunning lug‘at tarkibidagi yangiliklar
bilan boyitilishi mumkin
213
emas edi. Shuning uchun yozuvchi avtor tili bilan personajlar
tili o ‘rtasidagi stilistik birlikni saqlashga harakat qildi, arabcha,
tojikcha va hozirgi kunda iste’moldan chiqib ketgan arxaik
so‘zlarni o ‘rinli ishlatdi»62.
X u lo sa qilib a y tg a n d a , «N avoiy» ro m an i o ‘zbek
romanchiligining ajoyib nam unasi va ju d a k atta yutug‘idir.
Bu roman jahondagi rus, ingliz, ukrain, nemis, belorus, qozoq,
turkm an, ozarbayjon, tojik, arab, fors, eston, latish va xitoy
tillariga tarjim a qilingan va ham m a jo y d a k itobxonlarga
manzur b o ‘lgan.
O ybekning « Q u tlu g 4 qon», «N avoiy», « U lu g ‘ y o ‘l»
romanlarida xalqimizning o ‘tmish hayoti tasvirlangan bo‘lsa,
«Oltin vodiydan shabadalar» (1950), «Quyosh qoraymas» (1959)
romanlarida zamonaviy voqelik aks ettirilgan.
Konfliktsizlik nazariyasi ta ’sirida yaratilgan «Oltin vodiydan
sh a b a d a la r» ro m a n id a d av r voqeligi b o ‘yab, u nd ag i
m uam m olar yumshatilib tasvirlangan.
Shuning uchun ham
asardagi k o ‘plab o b razlar tirik odam lardan k o ‘ra badiiy
sxemalarga o ‘xshab qolgan. Romanda 0 ‘ktam, Komila, Sobir,
Tansiq, Anor, Mirhaydar ota, 0 ‘sar, Akaskin, Sakson ota singari
obrazlar orqali adib zamonning ilg‘or kuchlarini ko'rsatishga
uringan. Yozuvchi ularda alohida shaxsni emas, balki muayyan
ijtimoiy kuchning vakilini tasvirlashga uringani uchun ham bu
obrazlar jonli odam lar qiyofasiga ega b o ‘lolmagan. Ammo
iste’dodli adib b a’zi timsollarni katta mahorat bilan tasvirlagan.
Jum ladan, rom andagi A shirm at obrazi sa n ’atk orlik bilan
yaratilgan timsollardandir. Asarda Ashirmat sarguzashti, uning
ichki-tashqi dunyosi mahorat bilan tasvirlangan.
« O ltin v o d iy d an sh a b a d a la r» ro m an i til, sujet va
k o m p o z itsiy a jih a tid a n ham b ir q a to r fa z ila tla rg a ega.
R om anda yorqin chizilgan yoqim li lirik tasvirlar va lirik
chekinishlar ham bor. Biroq
asard a m avzuni yoritishda,
zamondoshlarimiz obrazini yaratishda b a ’zan yuzakichilikka
yo‘l qo ‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: