Say d u lla m irzayev



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

ABDULLA QAHHOR
(1 9 0 7 -1 9 6 8 )
Abdulla Qahhor ijodi XX asr o ‘zbek adabiyotining yorqin 
va sermazmun sahifalaridan birini tashkil etadi. K o‘p qirrali 
bu iste’dod sohibi turli janrlarda rang-barang badiiy asarlar 
yaratib, o ‘zbek adabiyoti xazinasini durdonalar bilan boyitdi.
A b du lla Q ah h o r ijodiga xos k o 'p g in a fazilatlar 
adabiyotshunoslar tomonidan ilmiy tahlil asosida ochib berilgan. 
Bular sirasiga I. B orolinaning «A bdulla Q ahhor» (1957), 
H. A b d u sam atov nin g 
«A bdulla 
Q ahhor» 
(1960), 
M. S u lto no vaning «A bdulla Q ah h o r uslubi» (1967), 
M. Qo‘shjonov va U. Normatovning «M ahorat sirlari» (1968), 
M. Qo‘shjonovning «Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor» 
(1973), O. S h arafid d in ov nin g «A bdulla Q ahhor» (1988), 
M. Q o ‘shjonovning «A bdulla Q ah h o r m a h o ra ti» (1988) 
m o n o g rafiy alarin i, shuningdek, I. S ulton, H. Y oqubov, 
P. Q odirov, L. Q ayum ov, N. K arim ov, X. D oniyorov, 
Sh. Yusupov, R. Qo‘chqorov, X. Hamroqulova, I. Haqqul va 
boshqa olimlarning qahhorshunoslikka oid maqolalari kiradi. 
Ularda A. Qahhor ijodining asosiy xususiyatlari, g‘oyaviy-badiiy 
jihatlari, adibning so‘z san’atiga qo‘shgan beqiyos hissasi va uning 
adabiyotimiz tarixida tutgan o ‘rni ko‘rsatilgan.
Biroq Qahhor ijodini tadqiq etish silliq kechgan emas. Shaxsga 
sig‘inish va tu rg ‘unlik yillarida ayrim mualliflar tom onidan 
adibning «Sarob», «Qo‘shchinor», «Tobutdan tovush» kabi 
asarlari teskari talqin etilib, asossiz qoralangan. Vaqt o‘tishi bilan 
bu «xato»lar tuzatilib, adib shaxsi, sermahsul ijodi yon bosishu 
qoralash kabi tuyg‘ularga berilmagan holda tekshirila boshladi. 
Ijodkor tavalludining 80-yilligiga b ag ‘ishlangan «A bdulla 
Qahhor» (O. Sharafiddinov), «Abdulla Qahhor mahorati» (M. 
Q o ‘shjonov) nom li m on o grafiyalar bu jih a td a n alohida
219


ahamiyatga ega. Har ikkala kitobda ham asosiy e’tibor asarlar 
badiiyatiga qaratilgan. Mualliflar yozuvchining mahoratini tahlil 
etishar ekan, masalaga shakl va mazmun uyg‘unligi, mukammalligi 
nuqtai nazaridan yondashadilar. Mavzuni xolis va teran yoritadilar.
Ozod Sharafiddinov asarini qahhorshunoslik rivojining 
o ‘ziga xos yakuni, deyish mumkin. Risola olimning «salkam 
chorak asrlik mushohada-mulohazalari, tadqiqotlari asosida 
tug‘ilgan» bo‘lib, u puxta reja, chuqur tayyorgarlik, katta mehr 
bilan qiziqarli yozilgan. U «Bolalik so ‘qm oqlarida», «Ilk 
izlanishlar», «Ikkinchi cho‘qqi», «Kichik janrning katta olami», 
«Qalam yolqini», «Adib saboqlari», «U lg‘ayish y o ‘lida», 
«Sinchalak», «So‘nggi sahifalar» nomli to ‘qqiz lavhadan tashkil 
topgan. H ar bir lavhada k o ‘p qirrali katta mavzuning muhim 
bir jihati yoritiladi. Bu lavhalar mazmun va mantiq e’tibori 
bilan ichki aloqaga ega, biri ikkinchisini to ‘ldirib, boyitib 
keladi. Shu tariqa kitobda umumiy bir butunlik va tugallik 
hosil bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, irmoqlar azim daryoni 
hosil etganlaridek, O. Sharafiddinov kitobidagi katta-kichik 
lavhalar birlashib, yirik ilmiy asarni yuzaga keltirgan.
A. Qahhor shaxsi va ijodiga oid ilmiy asarlar teran tahlilga 
tortilgan m azkur m onografiyada adib asarlarining o ‘ziga 
xosliklari, badiiyati, yozilish tarixi, mavjud variantlari haqida 
muhim, qiziqarli fikrlar bildirilgan. M uallif tanqidchilikda 
«Sarob», «Q o‘shchinor», «Sinchalak», «Tobutdan tovush» 
asarlarini baholashda yo‘l qo‘yilgan jiddiy xatolarni dadillik 
bilan ochib tashlagan63.
Shu bilan birga monografiyada ba’zi noaniqliklar, isbot talab 
faktlar ham mavjud. Bitta dalil: barcha Abdulla Q ahhorni 
Qo‘qonda tug‘ilgan, deb hisoblar edi. Keng tarqalgan, mustahkam 
o ‘rnashgan bu fikrni A. Qahhorning o ‘zi ham «Ozgina o‘zim 
haqimda» nomli maqolasida bildirgan: «Men 1907-yil kuzda 
chorshanba kuni — 17 sentabrda Q o‘qonning K o‘mir bozori 
mahallasida tug‘ilganman». Ozod Sharafiddinov esa o‘z kitobining 
«Bolalik so‘qmoqlari» qismida birovlarning esdaliklariga suyanib,

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish