Abdulla Qahhorni Tojikistonning Asht qishlog‘ida tug'ilgan,
deydi.
* * *
Asarlari davr sinovidan o ‘tib,
xalqimiz tom onidan nodir
m a’naviy boylik sifatida qadrlangan Abdulla Qahhor 1907-yil
17-sentabrda Qo‘qon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi.
D avr qiyinchiliklari, og‘ir hayot m ashaqqatlarini boshidan
kechirgan adib oilasi sargardon b o iib , qishloqm a-qishloq
ко ‘chib yurgan.
Qahhor 1919-1924-yillarda boshlang‘ich
maktabda, so‘ng
Q o ‘qon pedagogika texnikum ida t a ’lim oladi. 1925-yilda
Toshkentga kelib, «Qizil 0 ‘zbekiston» gazetasi va «Mushtum»
jurnalida adabiy xodim b o iib ishlaydi. 1926-1929-yillarda
0 ‘rta Osiyo D avlat u n iv e rsitetin in g ish ch ilar fak u lte ti
(rabfak)da o ‘qiydi. 1930-yilda SAGU (hozirgi 0 ‘zbekiston
Milliy universiteti)ning pedagogika fakultetiga kiradi. So‘ng
0 ‘zR FA Til va adabiyot institutining aspiranturasida ikki yil
tahsil oladi.
Abdulla Qahhor 1934- 1937-yillarda «Sovet adabiyoti» (hozirgi
«Sharq yulduzi») jurnalida m as’ul kotib, 1938-yildan to 50-
yillargacha 0 ‘zbekiston Davlat nashriyotida muharrir va taijimon
b o iib ishlaydi. 1954-1956-yiJJarda 0 ‘zbekiston Yozuvchilar
tashkilotining raisi vazifasini bajaradi. Davlat va jamoat ishlarini
ijod bilan qo‘shib olib borgan adib har ikki sohada ham yutuqlarga
erishdi.
Abdulla Qahhor matbuotda 1927-yildan ko‘rina boshlaydi.
20-yillarda «Qizil 0 ‘zbekiston», «Yangi Farg‘ona» gazetalarida,
«M ushtum » ju rn alid a «Nish», «N orin shilpiq», «M avlon
Kufur», «Yalangoyoq» taxalluslari bilan hajviy she’rlar («Salla-
tun», «Om in», «Eshonim iz», «Eshagim », «E shonim ning
boshidan o ‘tganlari» kabi), felyetonlar ( « 0 ‘zing shifo ber»,
«D uoga shak y o ‘q», «D om la
M ah m ud jo n m axdum ning
quvlanishi», «Bildirish» singari) e’lon qildirdi.
Abdulla Qahhor hikoya janrida juda katta muvaffaqiyatga
erishdi. 30-yillarda о ‘zbek realistik hikoyachiligi ustalaridan
221
biri sifatida tanilgan adib bu janrda qariyb 40-yil ijod qildi. A.
Q ahhor bir m aqolasida: «Men hikoyachilikni ju d a yaxshi
k o ‘ram an va shu bilan birga,
ham m a vaqt qalam im ning
qayrog‘i, deb qaraganman»64, — deb yozgan edi.
T o ‘g‘ri, A.Qahhorning ilk hikoyalarida nuqsonlar, badiiy
zaifliklar mavjud. Ularga ritorika va bayonchilikka moyillik
(«Ikki qonun», «Yana oy qachon kuyadi»), jo ‘nlik va oshkora
tarafkashlik («Raqib»), asar g‘oyasini
hikoyaning umumiy
ruhidan keltirib chiqara bilmaslik («Olam yasharadi»), tilning
obrazliligini, sujetning ixcham liligini t a ’m inlay olm aslik
(«Tangrining kulgisi») kabi kamchiliklar misol bo‘la oladi.
A b d u lla Q a h h o r o ‘z ijod ig a o ‘ta ta la b c h a n lik bilan
ta n q id iy y o n d a sh ib , d a s tla b k i a s a rla rid a y o ‘l q o ‘ygan
kamchiliklarini o ‘z
ustida qunt bilan ishlash, ustozlar ijodini,
xususan, badiiy m ahorat «sir»larini sinchiklab o ‘rganish orqali
y o ‘q o ta b o ra d i. B osh qacha qilib ay tg an d a, ad ib h ay o t
haqiqatini, odam lar xarakterini, ruhiyatini chuqur o ‘rganish,
A. Chexov va A. Qodiriy kabi buyuk
yozuvchilar mahoratini
ijodiy o ‘zlashtirish bilan yetuk, g o ‘zal hikoyalar yaratish
san ’atini egalladi. Adib: «Uslubda menga hech kim domla
Chexovchalik ta ’sir ko'rsatgan emas. Agar men uslubda biron
d a ra ja d a k a m o lo tg a erish g an b o 'ls a m , b u n in g u ch u n ,
shubhasiz, ustod A nton Pavlovichga qulluq qilaman»65, —
deb qayd etgandi.
A bdulla Q ahhor 30-yillardayoq
kichik hikoyachilikning
k atta ustasi sifatida mashhur edi. Uning bu davrda yozgan
hikoyalarini mavzu jih atid an o ‘tmish haqidagi («Bemor»,
«Anor», « 0 ‘g ‘ri», «T om oshabog4», «M illatchilar»), yangi
voqelik t o ‘g ‘risidag i («M asto n », « Q an o tsiz c h ittak » ,
«San’atkor», «Jonfig‘on», «Yillar», «Adabiyot muallimi») kabi
ikki guruhga b o ‘lish mumkin.
Abdulla Q ahhor hikoyalari, mavzusidan q a t’i nazar, bir
maqsadga — kishilarni ezgulik ruhida tarbiyalash, ularga estetik
zavq berishga qaratilgan. Muhimi shundaki,
adib hikoyalarida
Do'stlaringiz bilan baham: