59 A dabiyotim iz a v to b io g ra fiy a si.— Т.: 1973, 149-bet.
201
T urli m avzularda k o ‘plab ajoyib she’rlar ( « 0 ‘zbekiston»,
«N a’matak», «Kanalda», «Kanal boshida», «M ashrab») va
she’riy turkum lar («Chimyon daftari») yaratdi. Bu asarlarda
hayot haqiqati, o ‘lkamizning benazir chiroyi, o‘zbek xalqining
fazilatlari, orzu-istaklari obrazli ravishda ochib berilgan.
« 0 ‘zbekiston» she’rida zahm atkash xalqimiz va serquyosh
diyorimizning yaxlit obrazi mahorat bilan tasvirlangan:
Yaratildi bir shoh asar, go ‘zal bir doston,
G ‘adir-budur mehnat qo ‘li bitgandir buni.
Kelajakning bahoridan olingan kuyi,
Xayollarga sig'maydi hech buning mazmuni.
O ybek 3 0 -y illard a sh e ’riy a tn in g xilm a-xil ja n r va
mavzularida ijod etdi. M uhabbat lirikasi, mehnat lirikasi, peyzaj
lirikasi, harbiy va siyosiy lirikaning go‘zal namunalarini yaratdi.
Oybekning 30-yillardagi ijodida doston janri salmoqli o ‘rin
egallaydi. Bu d avrda shoir o ‘zbek o ‘tm ish adabiyotidagi
dostonchilikning ilg‘or an’analaridan, xususan, jahon adabiyoti
tajribalaridan ijodiy foydalanib, «Dilbar — davr qizi», « 0 ‘ch»
(1932), « 0 ‘rozning baxti», «Cho‘pon qo‘shig‘i», «Baxtigul va
Sog‘indiq», «Temirchi Jo ‘ra» (1933), «Qahramon qiz» (1936),
«Gulnoz», «Kamonchi», «Navoiy» (1937) kabi rang-barang
dostonlar yaratdi. Bu asarlarda xalq va mamlakat hayotining
turli lavhalari aks etgan. « 0 ‘ch», «Baxtigul va Sog‘indiq»
dostonlarida inson erki va sevgisining zolimlar oyog‘i ostida
toptalganligi ta ’sirli k o ‘rsatilgan.
«Olch» dostonida tasvirlanishicha, — Xolxo‘ja bilan La’lixon
bir-birini sevadi. Lekin bu ikki yoshning sof sevgisiga
Hoshimboyvachcha g‘ov bo‘ladi. U hech bir asossiz Xolxo‘jani
qamatadi, La’lixonni xotin qilib olmoqchi bo‘ladi. L a’lixon esa
boyvachchaning xohishini qat’iy rad qiladi va sevgilisiga xiyonat
qilmasdan, zahar ichib o‘ladi. Asar oxirida Xolxo‘ja qamoqdan
qochib, o‘z qishlog‘iga keladi va Hoshimboyvachchani oidirib,
undan L a’lixonning o ‘chini oladi. Asar sujeti — sodda, tabiiy.
D ostondagi h a r uchala
obraz
(X olxo‘ja,
L a ’lixon,
Hoshimboyvachcha) ham o‘z xarakteriga, o‘z ma’naviy qiyofasiga
202
ega. Shoir Xolxo'ja va La’lixon obrazlari orqali mehnatkash, mard,
halol va sevgiga sodiq kishilarni aks ettirgan b o ‘lsa,
Hoshimboyvachcha obrazi vositasida olchoq shaxslaming ma’naviy
dunyosini fosh etadi. Shoir obrazlar xarakterini ochishda rang-
barang tasviriy vositalardan o‘rinli foydalangan. Oybek La’lixon
obrazini, uning husn-jamolini, sho‘xligini, mehnatsevarligini, epchil-
chaqqonligini muhabbat bilan aks ettirgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |