“sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarining raqamli transforma t siyasi: tendensiyalar, boshqaruv, strategiyalar” Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman


“DIGITAL TRANSFORMATION OF INDUSTRY AND SERVICES: TRENDS, MANAGEMENT



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/531
Sana13.07.2022
Hajmi5,93 Mb.
#787448
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   531
Bog'liq
13714 1 5503376EFCE8575E605B9B65ADF82BB787B9A90D

“DIGITAL TRANSFORMATION OF INDUSTRY AND SERVICES: TRENDS, MANAGEMENT
STRATEGIES”
146
ulushini 2 baravarga ko‘paytirishni nazarda tutilgan. Iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, tadbirkorda tashabbuskorlikni kuchaytirish,
moliyaviy resurslar bilan ta'minlash kabi omillarga asoslanadi. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobiga 2035 yilga borib, mamlakat yalpi ichki mahsuloti
122 milliard dollarga yetkaziladi. O‘sish sur'atining bunday ko‘lamini belgilashda
YaIMning nominal o‘sishi, iqtisodiyot samaradorligi, aholi jon boshiga daromadlar oshishi 
hisobga olingan. 
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda mehnat bozori hisobiga inson kapitalini
rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarini sifatli xizmat ko‘rsatish bilan qamrab olish,
ushbu sohada ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish orqali aholiga xizmat ko‘rsatishni 
yaxshilash ko‘rsatkichlarini oshirish, ilg‘or fikrlaydigan yangi avlodni shakllantirish,
mamlakatning milliy turizm va xizmat ko‘rsatish brendini xalqaro miqyosda ommalashtirish 
kabi maqsadlar bayon etiladi.
O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi Harakatlar strategiyasining 
mantiqiy davomi bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotida yangi sahifa ochishi bilan ahamiyatlidir. 
Strategiya loyihasida belgilangan marralarga erishish xizmat ko‘rsatish sohasida islohotlarni
bosqichma-bosqich, aniq muddatlarda ro`yobga chiqarish prognozlari ishlab chiqilishi zarur.
Harakatlar strategiyasini 2035 yillarda amalga oshirishda raqamli iqtisodiyot muhim rol 
o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida ta'kidlaganidek: “...raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli 
infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq,
qanchalik qiyin bo‘lma-sin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda
kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor
vazifalarimizdan biri bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini 
oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi”[3].
O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi 2019 yil 29 
oktyabrdagi 576-sonli qonuniga asosan ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning 
ustuvor yo‘nalishlari milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda samaradorligiga erishish,
mehnat unumdorligini oshirish, yangi tarmoqlarni yaratish, aholi turmush darajasi, ilm-fan
va ta'lim tizimlarini sifat jihatidan yuksaltirib borish bilan bog‘liq muammolarning ilmiy 
yechimini ta'minlash maqsadida ishlab chiqiladi[1].
Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsiya, zamonaviy texnika va texnologiyalar qo‘llashni 
amalga oshirish uchun raqamlm iqtisodiyotdan keng foydalanish zarur. Xizmat ko‘rsatish 
sohasidagi iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish nafaqat bevosita axborot-kommunikatsiya
tarmog‘ini, balki mamlakat xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini ham qamrab oladigan 
keng qamrovli tendensiyaga aylanib bormoqda.
Xizmat ko‘rsatish sohasida internet-savdo, raqamli turizmlar, «aqlli» elektr-tarmoq 
tizimlari, uchuvchisiz transport, shaxsiylashtirilgan xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli 
iqtisodiyot inqilobi kuchli his qilinmoqda.
Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 noyabrda qabul 
qilingan qarorida ta'kidlanishicha: «Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani qo‘llash muhim ahamiyatga ega»[2] 
deb ko‘rsatilishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish infratuzilmasini amalga oshirish ko‘zda 
tutilgan. 
Xizmat ko‘rsatish sohasida biznes-jarayonni raqamli o‘zgartirishning mazmuni 
vazifalarni jarayon ko‘rsatkichlari o‘rtasida uzatish jarayonini avtomatlashtirishdan iborat
bo‘lib, buni allaqchonlar BPMC (Business Process Management Suite) sinfidagi tizimlar
yordamida bajarish mumkin bo‘lgan. Raqamli o‘zgartirishning ikkinchi bosqichi alohida
operatsiyalarni bajarishni avtomatlashtirish hisoblanadi. Masalan, mijozning ishonchliligini
baholash, xuddi o‘quv kursi tinglovchilari orasida test sinovi o‘tkazish kabi, avtomatik



Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   531




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish