Sohadagi yangiliklar
Raqamli iqtisodiyot (ingliz tili. – digital economy) - elektron va raqamli
texnologiyalarga yo'naltirilgan iqtisodiy faoliyat turi.
Bunga elektron biznes va
tijorat kiradi.
Raqamli iqtisodni raqamli texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sifatida
ham ko'rish mumkin. Ayni paytda, dunyo aholisining taxminan 50% o'rganish yoki
biznes yuritish maqsadida har kuni Internet foydalanadi. Prognozlariga ko'ra,
tarmoq orqali sotish soni tez orada savdo munosabatlarining boshqa turlarini ortda
qoldiradi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi tufayli deyarli har bir faoliyat sohasida yangi
imkoniyatlar ochilmoqda. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan, iste'molchi
onlayn buyurtma orqali mahsulotni ancha tez va qulay sharoitda oladi, shuningdek
pulini ham tejashi mumkin. Chunki ko'p hollarda onlayn savdoda mahsulot odatiy
bozordagidan ko'ra ancha arzon bo'ladi.
Bizning hayotimizga raqamli texnologiyalar kirib kelishi bilan iqtisodiyotda ijobiy
o'zgarishlar yuz berishni boshladi:
sotuvchilar orasida raqobat oshdi
mehnat unumdorligi oshdi
mahsulot va xizmatlarga bo'lgan talab oshdi
mahsulot ishlab chiqarishda bo'lgan xarajatlar kamaydi
Misol uchun, Uber – dunyodagi eng yirik, yagona
transport vositasiga ega
bo'lmagan kompaniya.Uber o'z elektron dasturi orqali mijozlar bilan
munosabatlarini quradigan texnologik kompaniyalardan biri. Bu esa hattoki
ko'chaga chiqib taksi kutishni ham raqamlashtirish orqali inson uchun qulaylik
yaratish va vaqtini tejash mumkinligining yaqqol isbotidir.
Ayniqsa pandemiya vaqtida va undan keyingi davrda raqamli texnologiyalarga
bo'lgan talab maksimum nuqtasiga chiqdi. Chunki insonlarda ko'chaga chiqish,
jonli kontaktda bo'lish imkoniyati yo'q edi. Shu bois onlayn savdoga, onlayn
formatdagi ta' limga bo'lgan ehtiyoj, raqamli texnologiyalar yordamida qondirildi.
Qisqa qilib aytganda pandemiya bizga insoniyat uchun naqadar zarur ekanligini
namoyon etib berdi.
Ushbu sohadagi yangiliklarga to'xtaladigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyot yuqori sur'
atlarda rivojlanmoqda va o'smoqda. Chunki yuqorida aytib o'tilganidek
pandemiyadan so'ng sohaga bo'lgan talab va qiziqish ortdi. Endilikda dunyoning
ko'pgina rivojlangan davlatlari aksariyat kasblarni onlayn ya' ni masofaviy shaklga
o'tkazish fikrini o'rganib chiqishmoqda. Chunki ofislarda yuzlab ishchilarni to'plab
ishlash kompaniyalarga ham, ishchilarga ham noqulaylik tug'dirardi. Endilikda
ko'p kompaniyalarda ishchilarining bir qismi masofadan turib, o'z uyidan yoki
bo'lmasa sevimli qahvaxonasidan o'tirgan holda o'z ishini bajarmoqda. Bu
shuningdek fikrimcha, yo'llardagi har kunlik tirbandliklarni ham bir qadar
kamaytiradi va odamlarning vaqtini tejashda yordam beradi. Shu bilan birga ta' lim
sohasida ham katta o'zgarishlar yuz bermoqda. Endilikda talabalar o'z uylaridan
turib chet elning oliy ta' lim muassasalarida o'qiy olishadi. Xususan O'zbekistonda
ham oliy ta' lim mussasalarida sirtqi, kechki ta' lim shakllari bilan bir qatorda
yangi: masofaviy ta' lim ham shakllantirilishi kutilmoqda.
Nima bo'lganda ham raqamli iqtisodiyot juda tez sur' atlar bilan rivojlanayotgan
sohadir. Va bugungi zamonaviy jamiyatni usiz tasavvur etib bo'lmaydi.